www.ziyouz.com
кутубхонаси
68
Uning devsifat oti qayoqqa qadam qo‘ymasin, odamlargina emas, malaklar ham bezovta. Uning
ustidagi chavandoz qotil mahbubi esa odamlarni devonavor o‘ldirishdan tinmaydi. Bu yerda agar Shibliy
bo‘lsa ham, Zunnun bo‘lsa ham
108
, ular nam parishonxol bir telbaga o‘xshab qolardilar. Din ularning
motamida oh-voh chekkan bo‘lardi; aql piri yosh boladek og‘zini ochib qolardi. Har qanday irodali ruh
unga boqqanda, og‘zidan so‘lakayi oqib turib qolardi.
Bu vaqtda aql ketib, xalq ham ibodatni unutadi. «Taqvo va aql degani o‘zi nima?» - deydi hamma.
U go‘zalni ko‘rmagan odamlargina bu o‘tdan omon qoladi, lekin uni ko‘rib, kul bo‘lish ham yomon
emas. Nimaiki iflos bo‘lsa, o‘tga tushib toza bo‘ladi, poklar esa bu o‘tda yana ham pokroq bo‘ladilar.
Bunday kuyishni kim odat qilgan bo‘lsa, u dunyo, bu dunyo saodat unga yordir.
XXXIX
Shayxi Iroqiy Shomda husn gulining sham’ini ko‘rgach, parvonadek tutagani va (bu ishq)
shu’lasi inkor tikanlarini kuydirib, inkor etuvchilar boshidan oshib ketgani
Fano ko‘yida boqiy turgan odam zamon faxri - Shayxi Iroqiy edi. Uning ko‘ngli ishq sirlarining
xazinasi bo‘lib, uning gaplari ishqning (yomg‘ir o‘rniga) gavhar yog‘diradigan bulutlarini eslatardi.
Uning (insonning) tabiati ishq o‘ti bilan yo‘g‘rilgan, «ishq» so‘zining harflari esa uning, peshonasiga
yozib qo‘yilgandek edi. Lekin bu ishq o‘tining davosi unda bo‘lsa ham (kishilar ko‘ziga) taqvo pardasi
bilan yopib yurardi.
Bir necha vaqt u Misrni o‘ziga makon qildi. (Kunlarning birida esa) ertalab o‘rnidan turib, Shomga
yo‘l oldi. Bu vaqtda Shomda bir odam taxtrii egallab, xokim bo‘lib turar ekan, u tun mamlakatida to‘lin
oydek edi.
Hokim Shayxning bu tomonga kelayotganining (ma’nosini) tushundi va buni o‘z ahvoli, mavqei
uchun sharaf deb bildi. U mamlakatdagi yaxshiyu yomon - hamma kelayotganini eshitgan zamon uni
qarshilash uchun chiqsin! - deb buyruq berdi. O‘zi ham mamlakat xokimi soyaboni sifatida chiqar ekan,
qo‘shinining oyog‘idan ko‘tarilgan chang osmonni to‘sib qo‘ygandek bo‘ldi.
U to‘da Shayxga yaqinlasha boshlar ekan, barchalari otlaridan tushishdi. Ular u kelayotgan yo‘lga
boshlarini qo‘yar ekanlar, ko‘z yoshlari bilan esa ko‘tarilgan changni yopmoqchi bo‘lgan edilar.
Hokimning bir o‘g‘li ham bo‘lib, u shunday chiroyli ediki, unga yuzta Misr shohlari qul bo‘lib xizmat
qilishga tayyor edi. U lutfu malohatda jahomofati, jahon ofati ham emas -jon ofati edi.
U Shorn mamlakati qorong‘ilikda qolganda uni yoritib turuvchi nurli Oy bo‘lib, Misr xalqi (Yoqub)
payg‘ambarning (o‘g‘li) - Yusufdek edi. Arab mamlakatlari ichida ajoyibning ajoyibi bo‘lib, unga ajam
ham, arab ham shaydo edi. Misr diyori uchun misli qo‘g‘irchoa bo‘lsa, Shomda qorong‘ilikda
qolganlarga obi hayotdek edi.
U go‘zal Shayx ko‘ziga ko‘rinishi bilan yuzini uning oyog‘iga qo‘yib, oh cheka boshladi.
Irshodlik xirqasini chok-chok etib duo tasbehini uzib tashladi.
Shoh va uning qo‘shinlari Shayxga tuproqdek bo‘lib, u esa shoh o‘g‘li yo‘lidagi tuproqdek edi.
Ishqda Shayx shunday bir xolga tushgan ediki, hayratdan kelgan odamlarning hammasi lol edi.
Ammo bu ishq har qanday nuqson-dan pok bo‘lib, u nima qilsa, ajablanadigan yeri yo‘q edi. Shayxni
ishq o‘ti xalok qilar ekan, uning shu’lasi o‘sha to‘dani o‘rtantirib yubordi.
108
Шиблий, Зуннун - мaшхур тaсaввуф шaйxлaри вa oлимлaрининг нoмлaри. Шиблийнинг тўлa нoми - Aбубaкр Жaъфaр
бинни Юнусдир (862-947).
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |