www.ziyouz.com
кутубхонаси
76
xunar egalari esa menga o‘xshab, nima yiqqan bo‘lsa, o‘zi bilan olib kiradi, vassalom. Sultonlikdan
senga u kuni ko‘p foyda yo‘q, lekin menga ilmim tufayli yaxshilik ko‘p bo‘ladi.
Ey Navoiy, ilm, bilki, sening maqsadingdir. Endi ilmni yiqqan ekansan, unga amal qil.
Ey soqiy, doim menga shunday bodadan tutki, imom uni ko‘rib, darxol sajdaga bosh qo‘ysin. Undan
kimki ichsa, Xorazmgina emas, Xorazmshoh ham uning oyog‘i ostidagi tuprog‘ bo‘ladi.
XLIV O‘N IKKINChI MAQOLAT
Qalam uchidagi tilikning rang-barang harakatlari
118
va qalam ahllaridan iborat to‘daning
turlanuvchanligi haqida; u (qalam) qaysi bir xatni ko‘chirishga boshlasa, bu uning
nomai a’molining qora bo‘lishiga sababdir, kotibga esa baxtsizlik belgisidir; u kaysi bir harfni
tuzatib, qayta yozmoqchi bo‘lsa, bu uning yuz sahifasining ham, roqim qog‘ozlarining ham
oq bo‘lishiga sababdir
Bu qanday bichimi kelishgan, yoqimli narsaki, ovozi ham yaxshi, diqqat bilan quloq solsang arziydi.
Uchi ma’noli gaplarga naqshu nigor beradi, mistarining qashlog‘ich iplari uning tirnoqlaridir. Uning
tuzilishi qushga o‘xshab ko‘rinadi; tumshug‘idan har tomonga ma’noli so‘zlarni sochadi. U o‘zi nur
ustidan vatan qilgan bo‘lsa-da, yemishi - qorong‘ilik
119
; oq qog‘ozning ustiga mushk sochadi. Uning
harakatlari tez va bir me’yorda, lekin uchish uchun unga qanot yetishmaydi, xolos.
Yo‘q, uni qush dema, u xushbo‘y bir ilon, xushbo‘y dema, fusungar ilon. Uning (sahifadan sahifaga)
go‘zal uchib o‘tishlari, qo‘l-oyog‘ining yashirinligi bunga dalildir. U har tilini chiqargahda, bitta sehr
ko‘rsatadi. Bunaqa sehrni qaysi bir ilon ko‘rsatgan?!
U ilon ham emas, tilla xazina ustidagi ajdardir. Uning qornida yuz xil ajoyib boylik yashiringan.
Og‘zidan tutun chiqaradi. Tutuni orasidan chiqqan har bir munchoq bir gavharga o‘xshaydi.
U ajdar ham emas, chunki u egri; uni yaxshisi Muso (payg‘ambar)ning (sehrli) hassasi deb atay qol.
Bo‘lmasa, qanday qilib u butun jahon sehrini, hatto uning ma’nosini va ifodalash sehrini ichiga yuta
oldi? Tanasining og‘irligi ham yo‘q darajada; u bu zaxmatlarni chekkanda qiynalmaydi! Uni hassa ham
dema, balki qalam deb atay qol; uning uchini xatga naqsh bituvchi de.
U dunyoda hamma narsadan oldin yaratilgan. Uning maqtovi - «Qur’on»da ham ketma-ket uchraydi.
U Arshning ustidagi Kursidan joy olgan. Kursining ustiga xat yozish uchun taxtacha ham qo‘yilgan edi.
Taxtachada qanday naqshlar bo‘lsa, uni qalam chizgan edi. Uni qalamdan boshqa narsa yozmagan-
chizmagan.
Qalam (o‘z ishi bilan) shuncha sharafga sazovor bo‘lgan ekan, (bu bilan ish qiluvchi) kotiblar ikki
xil bo‘ladi: maqbul kotiblar va nomaqbul kotiblar. Maqbul va nomaqbulining o‘zi ham bir necha xil
bo‘lib, hammasi xat ko‘chirishga istak bildiradi. Ularning biri qozixona kotibidir. Uning ishi
g‘ayriqonuniy bo‘lgan narsalarni qo‘llab-quvvatlashdir. Odil guvohni yolg‘onchi guvoh deb hisoblab,
unga pora olgan deb tuxmat qiladi. Uning mutlaq xoinligi ko‘rinib turadi; uning barcha nohaqligi haqiqat
kabi ravshan. U qalamning uchini o‘tkir qilib chiqaradi; to‘g‘rilik va insof yuzini yumdalaydi. Yolg‘onni
isbotlash uchun uzundan-uzoq aybnomalar yozadi; sahifani o‘z yuzidek qora qiladi. Barcha xiyonatni
diyonat deb biladi, har qanday diyonatga xiyonat etadi. Fisq-fasod, ig‘vo qilib, sarvday to‘g‘ri, savsanday
ozod odamlarni ham o‘z yo‘liga yurgizadi. Pul bermasa, bo‘ydoq o‘tgan Iso (payg‘ambar) ustidan ham
118
Нaвoий «қaлaм» дeгaндa қaмиш қaлaмни кўздa тутaдики, унинг учи хoзирги ручкaлaрники сингaри иккигa тилингaн
бўлaди.
119
Қoрoнғилик- муaллиф мaтнидa «зулмaт». Бундa қoрa сиёҳ, туш кўздa тутилaди.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |