www.ziyouz.com
кутубхонаси
69
O‘ti boshqa ko‘ngullarga xabar bergan bo‘lsa, ohi bag‘irlarga ta’sir ko‘rsatdi. Titrashidan,
o‘rtanishidan uning pokligi Quyosh singari fosh bo‘ldi. Hokimning ichidan o‘t alanga ko‘rsatib, o‘zi va
uning o‘g‘li Shayxga murid bo‘ldilar.
Kim ishqda bu xilda pok bo‘lsa, bu sifat oqibatda xosiyatli bo‘ladi. Haqiqiy husnni agar
ro‘parangda ko‘rsang, xoh uni ko‘zguda ko‘r, xoh suvda - maqsad uni ko‘rish bo‘lganidan keyin
ko‘zgu va suvda vujud yo‘q-ku! Bunda odam qayerdayu hayosizlik qayerda? Ishqda poklikdan
boshqasi mumkin emas.
Ey Navoiy, agar ishq seni xalok etsa, agar bu ishq pok bo‘lsa, o‘limdan nega qo‘rqish kerak?
Soqiy, men o‘libmen, sen menga jon suvini tut. U shunday sof va pok, xuddi tiriklik suvidek bo‘lsin,
toki men uni yoqam va ko‘ksimni chok qilib, qancha bo‘lsa, pokligicha to‘latib ichay!
XL
O‘NINChI MAQOLAT
Rostlik ta’rifidakim, borliq uyi shu to‘g‘ri ustun bilan tik, ul uyning yotoqxonasi burchagida bu
nur (rostlik) sham’i majlisni bezatadi; egrilikni esa rad etish haqidakim, agar egri odam kumush
badan go‘zallar yuzidan zulfdek joy olsa xam (baribir oxirida) boshi kesiladi; egri odam agar xazina
ustida ajdahodek xalqa bo‘lib yotgan bo‘lsa xam uni o‘ldirish zarur
Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan uning nima ishi
bor?! O‘qning
109
uchishi to‘g‘ri bo‘lgandan so‘ng, yerning egriligining unga nima ziyoni bor?!
Yo‘l qancha to‘g‘ri bo‘lsa, maqsad shuncha yaqin, yo‘l egri bo‘lsa, maqsad uzoqlashganiga
ajablanish o‘rinsiz. Nay to‘g‘ri bo‘lgani uchun so‘fiylar uni yaxshi ko‘rishadi; chang to‘g‘ri bo‘lmagani
uchun qulog‘i buraladi. Nayza to‘g‘ri bo‘lganidan doim boshi yuqori; arqon esa chirmashligi tufayli
bog‘lash uchun ishlatiladi.
Ayvonda yonayotgan shamming bo‘yi to‘g‘ri bo‘lgani sababli u kechasi qorong‘ida bazmning
mahbubasisa avlandi Yegri uchish qilib parvona ko‘p aylangani uchun oxiri sham’ o‘tiga urilib yonib
ketdi. Sarvning qomati to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan ofat ko‘rmay, doim ko‘m-ko‘k. Bog‘dagi
toza sunbul har narsaga chirmashib o‘sgani uchun egrilik uning yuzini qora qildi. Changning qili to‘g‘ri
bo‘ladi; egri bo‘ldimi, sozlanmagani.
Mistarning
125
chizig‘iga yozuv to‘g‘ri kela bergach, qalam boshini ko‘tarmasdan yozgani yozgan.
Unda bitta chizig‘ egri bo‘lsa, xatga bitta dog‘ tushadi; ko‘chirilayotgan nusxada esa har sahifada qiyshiq
xat bo‘ladi. Hum parilar xizmatida bo‘lgan biron hur naslli pari paykarning gulrang yuzi o‘t bo‘lib, bu
bilan dunyoga o‘t qo‘yishni o‘ziga maqsad qilib, gul yuzidagi har bir ter toza gavhar bo‘lib, bu terdan
ko‘p-ko‘p gullar ochilib, sochlarining har tomonidan mushk isini beruvchi chiziqlar bo‘lib, ter namidan
o‘tdan tutun ko‘tarilib tursa, uning mijozining latifligi el ko‘nglini olish uchun (bir-biriga zid bo‘lgan)
o‘t bilan suvni parvarish qilsa, uning latofati qancha desa shuncha bo‘lsa, husnu jamol ham imkoni
boricha mavjud bo‘lsa-yu, lekin uning qaddi-qomati sarfaroz bo‘lmasa, gulzorida u sarv kabi noz qilib
yurmasa, sarvi xiromon bo‘lib, to‘g‘ri qadam bosa olmasa, mijgon o‘qlarini ham to‘g‘ri mo‘ljallab ota
olmasa, zor oshiqlar unga jonini bermaydi; odamlarning birontasining ko‘ngli ham unga giriftor
bo‘lmaydi. Namozxonlar mehrobni to‘g‘ri qurmasa, ko‘z qiyshiq boqib, namoz ham to‘g‘ri o‘qilmaydi.
109
Ёйнинг Ўқи кўздa тутилaди.
125
Мистaр - чизғич, линeйкa.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |