www.ziyouz.com
кутубхонаси
38
Uni baxr dema, u ajoyib bir kon bo‘lib, boshdan-oyoq la’l va gavharlar makonidir. Agar uning bir
uchi uchta sham’dan yorug‘ bo‘lib turgan bo‘isa, lekin ulardan biri Sharq mash’alidir. Uning uchtasi
jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot bo‘lsa, bu yettitasi otalarining ishlarini bajaruvchilardir.
Balki yetti otasi bunga kitoblar onasi bo‘lib, undagi yetti oyat esa buyruq tusini oldi. Yo‘q, yetti
buyruq ham emas, har bir surasi o‘lkani obod etuvchi davlat va dinini chegarasidir.
Boshlanishidan har bir sura oltin harflar bilan yozilgan bo‘lib, ichida bezaklar bilan tartib berilgan.
Har sahifasidagi gulshanga o‘xshash sahifa uning bog‘i, xat chiziqlari atrofida tiniq, toza suvlar mavjud.
Bu oddiy bog‘ emas, balki osmon, osmon ham emas. Satrlari - saf-saf malaklar. Balki uning har o‘n
oyati bir lojuvard samodir.
Allohning so‘zlarining har bo‘lagi varaqdan varaqqa o‘tgan bo‘lib, ulardan barcha haqiqatlar mavjud
va barchasi to‘g‘ridir. Ularga monandi yoki o‘xshagani yo‘q bo‘lib, uning aytuvchisi qadimiylik qancha
bo‘lsa o‘shancha qadimdir.
Bilgilki, yana biri payg‘ambarlar guruhi bo‘lib, ularning har biri safe gavhari to‘la dengizdir.
Ularning barchalari Allohning amri bilan (odamlarni) yaxshi ishga buyurish va yomon ishdan qaytarish
bilan shug‘ullanib, xalqqa Xudoning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatganlar. Tushunmagan kishilar buning uchun
ulardan xujjat talab qilishsa, buning uchun ular mo‘jizalar ko‘rsatishgan. Ularning barchalariga so‘zning
haqiqati zohir bo‘lib, yolg‘on bilan bog‘liq nuqsonlarning yuz berish extimoli bo‘lmagan.
Ularning hammalari garchi payg‘ambar deb atalsalar ham, ammo ko‘rinishlari uch qismga bo‘lingan.
Anbiyolar birinchi guruhga oid bo‘lib, ularga vaxiy kelgan va (g‘aroyib) tushlari tufayli yetakchi
bo‘lganlar. Shundan keyin Allohdan (qanday xabar) bo‘lsa, ularning hammasini xalqqa yetkazib
turganlar, keyinchalik sabot-matonat bilan janglar qilib, kishilarni dinga da’vat etib, (zarur bo‘lsa)
urushga ham buyurganlar. Ularning ichida eng kattasi va fasohatlisi bilki, Abtaxalik
73
payg‘ambar
(Muhammad s.a.v.) bo‘lganlar.
Uning ko‘ngli Alloh yuborgan xabarlarni biladigan bo‘lib, dini esa boshqa payg‘ambarlarning dinini
inkor etishga qaratilgan edi. Lekin kofirlikning qorong‘iligida qolgan har bir payg‘ambar o‘z dini bilan
(hammayoqni) mash’aldek yoritgan edi.
U (Muhammad s.a.v.)ning shariati Quyoshi zuhur qilgach, (oldingi payg‘ambarlar yoqqan)
mash’allarning nuriari so‘nib (Allohga) elchilik udumlari barham topib, din deganda uning Islom dini
tushuniladigan bo‘ldi - vassalom!
Hisob-kitob kuni (ya’ni qiyomat) beshinchi bo‘lib kelgan. Uni hisob-kitob kuni dema -azob tortish
kuni de!
Qiyomat bo‘lishiga, kishilar qilmishlaridan pushaymon bo‘lishlariga sidqidildan ishonmoq.
Shodlikka erishgan do‘stlar(ning nomlari) o‘ng tomonga yozilib, sahifalar yuzida yozishga joylar
yetishmay qoladi. Shimolda yashovchilar orasida esa mojaro ko‘tarilib, (gunohlari yozilgan) xatlar esa
yuzlari singari qora bo‘ladi. To‘g‘ri tortadigan tarozining ikki boshi bo‘lib, bir tomonida gavhar tursa,
ikkinchi tomonida tosh turadi.
Pulsirot ko‘prigi bo‘ylab odamlar xavfda - undan o‘tish biriga qiyin bo‘lsa, boshqa biroviga oson
bo‘lishi mumkin.
Do‘zax o‘ti bergan azobning nixoyasi yoq: u kishilar xalokati uchun ajdaho kabidir. Uning yettita
boshi aylana gumbazni eslatsa, yettita og‘zining har birisi g‘orga o‘xshaydi.
Uni yettita eshigini ochib turgan do‘zax deb o‘ylama, u yetti og‘zidan o‘t (alangasi) sochib turadi.
Jannat gulshanida noz-ne’matlar shunchalik ko‘pki, ularning orasidan yengil shabada o‘tish uchun
yo‘l topolmaydi.
73
Aбтaхa - Пaйғaмбaримиз яшaгaн мaҳaллa нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |