Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
XXII BIRINChI MAQOLAT
 
 
(Mazkur bob) imon sharxi(dan iborat) bo‘lib, «Allohga, farishtalariga, kitoblariga va 
payg‘ambarlariga imon keltirgan har bir kishi (dedi): (Har kimning) qilgan yaxshi amali o‘zi 
uchundir va yomon amali ham o‘zining bo‘ynigadir»
83
 deyilishidan maqsad (imon shundangina 
iborat) degan gap emas va agar (masalaga yuzaki qaraydiganlar) imon degani shudir, desa, 
tushungan odamlar (bunday) demaydilar va (shu munosabat bilan) mohiyat daryosida o‘z ojizona 
suzishimni namoyon etmoq va farishtalar uchgan havoda biroz qanot qoqmoq va kitoblarning 
sahifalari yuzasidan bir necha so‘z aytmoq va payg‘ambarlar yurgan ko‘chada bir necha qadam 
chopmoq va qiyomat ko‘tarilganda tik turmoq va taqdir xususida o‘ziga yarasha iqtidor bilan 
kuy kuylamoq 
Kimki dunyodagi insonlar orasida (chin) inson bo‘lsa, buning belgisi uning imonidir. Kimki chegara 
va qoidalarni bilib ish tutsa, bu hayvoniy bilan insoniylikni farq qilganidir. Bu ikkisi torn ma’noda 
insonlar guruhining (o‘ziga xos) yurish-turishini anglatadi. So‘zlash (xususiyatiga ega bo‘lgan) inson 
bilan hayvoniylik ularning so‘zlay bilishi va so‘zlay bilmasligi bilan belgilanadi.
72
Убaйдуллoҳ - Нaқшбaндия тaриқaтининг Бaҳoуддин Нaқшбaнддaн кeйинги энг йирик вaкили Xoжa Aҳрoр (1404-1490). 
83
«Қуръoн», Т., 1992, 35-сaҳ. («Бaқaрa» сурaсидaн.).


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
Sen biron insonni (haqiqiy) inson deb hisobladingmi, bilki, u doim inson bo‘lib, hayvon esa 
hayvonligicha qoladi. Buni inson yaxshi farq qiladi. Tangri kalomi («Qur’on») ham bu haqda xabar 
bergandir. Hayvondan farq qilmagan odam ham odam deb atalsa, yaxshi bilan yomonning o‘rtasidagi 
farq qayerda qoladi?
Qusurli odam bilan komil inson bir-biridan farq etilmas ekan, unda olim bilan johil o‘rtasidagi 
tafovut nima bo‘ladi? Bu sifat insondagi topilmas bir najot yo‘li bo‘lib, odati bo‘yicha takallumli bo‘ldi.
Sen shunday odamni to‘g‘ri, riyosiz deb bilgin, qachonki u sabr bilan, shukru hayo bilan ish ko‘rsa. 
Hoshimiy Payg‘ambarimiz (ummatlariga) shunday buyurdilarki, imonli bo‘lish uchun uch narsa lozim 
bo‘ladi:
Inson deb atalish shunday odamga ravodirkim, uning ishlari qachonki imon bilan maqsadga olib 
borsa.
Ey sen, imonning nimaligini sharx qilib bergan kishi, eshit, endi men senga imonni sharx qilib beray!
Shariatda har bir mo‘minga kerak bo‘lgan, u e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan narsaning soni oltitadir. 
Ularni shu oltitaga olib kelib, ish tutsa, bu bilan u olti tomondan o‘zini qo‘rg‘on bilan o‘ragan bo‘ladi. 
Kim shunday xisordan o‘ziga makon tutsa, uning butun boyligi o‘g‘ridan tinch bo‘ladi. Bu bilan u o‘z 
boyligini yoiini bilmasdan, gumrohlikda qolishdan, bundan boshqa ko‘p qo‘rqinchli yo‘llardan ham 
sog‘-salomat olib o‘tib, bu sohada malomatga qolishdan omon qoladi. Bu bilan asl maqsadga yo‘l olib, 
(Allohga) yaqinlikning xos manzilidan ham o‘rin tutgay. Bularning qisqacha sharxini tushunding. Endi 
buning har birining tafsilotini eshit.
Oltidan birinchisi (bosh) maqsad bilan bog‘liq bo‘lib, bu mavjud Haqni bilmoqdan iboratdir. 
(Shunchaki) bor, deb ham aytma, negaki bu vujud (dunyoda) nimaiki mavjud bo‘lsa, ularga fayz in’omini 
beradi. U vujud zotiga sababchi bo‘lib, (har qanday) nuqs uning kamoli tufayli o‘z nixoyasini topadi.
Tanazzul ham, yuksalish ham U tufayli yuz berib, quyi ketishning ham, balandga ketishning ham 
ixtirochisi Uning o‘zidir. Uning qadimiyligi daryosi ham toshgandan-toshgan, bir yonida azaliylik boisa, 
bir yoni abadiylik (me’yoridan ham) oshib ketgan. Nimaiki tik bo‘lsa, U O‘zi abadiy (tik turuvchi) bo‘lib, 
boshqa hammasi yo‘q bo‘lib ketgan taqdirda ham, U (doim) bo‘lg‘usidir.
Butun dunyo xalqiga Uning Zoti yashirin bo‘lib, Uning ismlari (hammaga) ayon, sifatlari esa bir 
olamdir. (Xohlasa), barchani yo‘q qilib yuboruvchi ham O‘zi, hamma ketib, bor bo‘lib (doim) qoluvchi 
ham O‘zidir. Ikki dunyo Unga tobe’ bo‘lib, boshqa bir dunyo ham bo‘lsa u ham Unga tegishlidir.
Oltitaning ikkinchisi deb farishtalarni bil. Hammasi ularning borligini tasdiqlaydi. Ular (doimiy 
ravishda) falaklarni ziyorat qilish bilan shug‘ullanib, (insonlarga xos) nafs bulg‘onchlaridan pokdirlar. 
Ularga har bir parranda tovus ko‘rinadi, ko‘ngillariga eng yaqin narsa esa tasbeh donalaridir. Muhabbat 
harorati chog‘ida bu qanotlar o‘tni yanada ko‘tarish uchun yelpig‘ich kabidir. Ularning qanotlari bitta 
bilan cheklanib qo‘ya qolmay, birining ustiga ikkitadan, uchtadan, hatto to‘rttadandir.
(Allohning) amrisiz ular na qadam qo‘yadi, na nafas oladi. Borlig‘ining avvalidan boshlab yo‘q 
bo‘lib ketgunlariga qadar ularning barchasi shundaydirlar.
Ularning hammalarining asli shunday pok va yalang‘och bo‘lib, tuproq, suv, yel va o‘tdan xolidirlar. 
(Shuning uchun) ular behisht bog‘laridagi qushlar kabi zavqli, bo‘yinbog‘lari bor. Biroq bularning 
orasidagi bir qush bu zavqni topolmay qumridek bo‘yinbog‘likdir.
«La’n» («la’nat») so‘zida ko‘rinib turganidek, uchta harf yaqqol ko‘zga tashlanar ekan, uning har 
birining etagi xalqasimon bo‘lib, ularning har birining xalqasi tutash. U tuban qush bo‘yinbog‘i 
mal’unlik belgisidir.
Uchinchisi - bu osmondan tushgan kitoblar bo‘lib, ulardagi hamma so‘zlar hech shubhasiz Allohning 
so‘zlaridir. Ularning har bin kitob emas, bepoyon dengiz bo‘lib, uning har bir so‘zi katta bir durdir.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish