www.ziyouz.com
кутубхонаси
39
Undagi hurlar rasmda chizilgan arvohlarga o‘xshasa, ularning qaddi va lablari (chiroyli) tubi daraxti
va kavsar suvi kabidir. (Nimanidir kutib) tinch o‘ltirganlar baqo jomiga umidda, baqo ham emas, balki
(Alloh) jamolini ko‘rish umididadirlar.
Oltinchisi qismat haqligi haqidagi so‘zdir. Bilginkim, azaliy yoziq - qanday yaxshi va yomon narsa
bo‘lsa, o‘shalarning hammasidir.
Azaliyat jomi sof va to‘la bo‘lishligi uchun, u maydan abadiyat ahli ichib mast bo‘lishlari uchun bu
majlisda paydo boigan usullarni va undan kelib chiqadigan shoxobchalarni tushunish kerak. Biron mast
yoqimsiz tovush chiqarsa, sozanda esa dilkash navo chalsa, birov Ka’ba sari yo‘lolsa, ba’zisi mayxona
ichida o‘ltirib, bazm tuzsa; birov cho‘lda yuz qiyinchilikni ko‘rib azobda bo‘lsa, boshqasiga fano
mayxonasi maskan bo‘ldi.
Mayparast mug‘bacna mast bo‘lib chiqib, yaxshi odamlarni nam mast qilib, rasvo etdi. May
quyqasini ichib yuradigan ketib, nima bo‘lgani bo‘lgan bo‘lsa, xirqapo‘sh darvish kelib, fosiqqa aylandi.
Ularning barchalari Haq ilmidan ma’lum, lavhayi maxfuzda (faoliyatlari) yozib qo‘yilgan edi. Lekin
ular o‘zlarining yaxshi amallari orqasida na bexistga erishdilar, yomon fe’llari ularni do‘zaxga ham
solgani yoq.
Bir odam ming yil Tangriga sajda qilsa-da, doim baxtsiz bo‘lib qolsa, bundan qanday foyda bor!
Dayrda mug‘bachalar xalok etgan abadiy baxtiyor bo‘lsa - buning xavfli tomoni qayda?
Kimdaki bu olti narsaga e’tiqod bo‘lar ekan, ham shu ravishda bu haqda yozar ekanman, uning
yozig‘i qancha qora bo‘lmasin, u gunoh daryosiga qancha g‘arq bo‘lmasin, ajab emas, agar unda afv
umidi paydo bo‘lib, abadiylik rahmati uning qo‘lidan tutsa!
Lekin bu dardning o‘tlari jonni qiynovchi bo‘lib, ushbu azoblar ichida sir egalari kuyibyonishlari
mumkin. Unday paytda bu birisi o‘z xoliga motam tutsa, unisi butun olamni tark etish yo‘lini tutgan
bo‘ladi. Men bunday buyuk martabani bayon qilar ekanman, bunday martaba kimga yetib-yetmasi ayon
emas. Biror kimsaga yetishi ham aniq cheklanmagan, yelmasligi ham qat’iy va barhaq emas. Yo kofirmi,
yo mo‘minni umidvor etay desang, na unisi umidvoru, na bunisining ko‘ngli tinch.
Toki kim o‘zining baxtsiz yoki baxtli ekanini bilgunga qadar odamiarni bunday xavf ham, umidvorlik
ham kuydirgani kuydirgan. Najot topish barchaning niyati bo‘lib, lekin unga erishish irodaga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |