www.ziyouz.com
кутубхонаси
41
Baland osmon uzuk xalqasi kabi bo‘lib, u so‘zlar uning yuziga naqshdek muxrlab qo‘yilgan, yo
bo‘lmasa, bu xatlar uzukka bezak sifatida yozilgan hamda osmon uzugining og‘irligidan bukilgandir.
Inkor ahli o‘zlari biladigan narsalardan boshqalarini hammasini rad etishga harakat qiladilar.
«Illalloh» - buning isboti bo‘lib, ayni shu vujud uning aslini ham anglatgusidir. Muhammadning
Allohga elchi bolganligi natijasida unga abadiy iqbol yuzlandi. (Allohning) buyruqlari va (ma’lum
narsalarni) man’ etishini bayon qilish, Uning (ma’lum sabablar bilan) qaxrga kelganligini ayon etish
uchun payg‘ambarlarning yaxshi bo‘lishi -Tangrining istagi bo‘lib, ular nima-nimani yetkazsalar
hammasi rost gaplardir.
Ustunlarning ikkinchisi namozni qanday ado etish (masalasi) bo‘lib, lekin buning bajarilishida
ma’lum qiyinchilik bor. Buning uchun avval tahorat qilish kerak. Shu bilan birga tahorat qanday
bo‘lishi kerakligini bilish zarur. Tahorat degani suvni yaxshi ko‘rib, bir necha a’zolarni suv bilan
yuvishdan iborat, degani emas. Bunday tahoratni har qanday xafsalasiz qilishi mumkin. Bundan
boshqa latif tahorat ham bor. Buning uchun poklik chashmasidan zavqlanib, avval ko‘ngul
lavhasini (yomon o‘y-fikrlardan) tozalashing zarur. Tanani mahorat bilan yuvish bilan birga ruhni
ham poklash kerak bo‘ladi. Ruxni ham shunday tozalash kerakki, yuzda kichik bir nuqtacha ham
kir qolmasin. Ko‘zni ariqdan tiniq ko‘z yoshlari oqib ketgandek qilib, ko‘ngulni ham yaxshilab
bo‘shatish zarur.
Shundan keyin o‘z yashab turgan uyingni (shar’an) foydalanishga noloyiq deb topib, Xudoning uyi
(masjid) tomon yo‘l olishing kerak. U yerga avval o‘ng oyog‘ingni bosib kirar ekansen, Xudodan
boshqani ichkariga kiritmagaysen. Bu vaqtda uy egasi bo‘lsayu sen bo‘lsang - shu yaxshiroq ham.
Uyning chetroq yeridan o‘rin tutilsa. Ustunga o‘xshab tik tursalaringiz.
rukuaa borar ekansiz, egilish qoidasiga rioya qilinsa.
Sajdada xayajon bilan yerga bosh qo‘yar ekansiz, sizning chehrangiz Quyosh sarg‘aygandek bo‘lsa.
(Namozning) vojib va farz (qoidalariga) rioya qilinsa, sunnat ham to‘laligi bilan ado etilsa.
Shunday yaxshi sajda hamda pok yuz bilan namoz o‘talsa, (o‘lganingizda ham) yerga Quyosh kabi
(pok yuz bilan) kirasiz. Qiyomat tongida qanday zuhur etsangiz, boshdan to oyog‘ingizgacha Quyoshdek
nurga g‘arq bo‘lursiz!
Uchinchisi zakotning bajarilishi majburiy ekanligidir - Alloh senga mol va yer-suv kabi nimaiki
bergan bo‘lsa, shular yuzasidan. Bunda ham ikki xil yo‘1-yo‘riq mayjud bo‘lib, ey do‘stim, uning birisi
eng asosiysi bo‘lsa, yana biri unga tutash qismi yoki shoxidir.
Bunisi shunday qismki, tashqi tomoni Payg‘ambar shariatiga, qanday izohlansa ham qabul qilsang
bo‘laveradi. Zakotni beruvchi o‘z mablag i (boyligi)ning haqiqiy egasi bo‘lsa, har qirq diramdan bir
qismini hisoblab ajratishi kerak. Unga dehqonchilik va do‘kondan, shunga o‘xshaganlardan ham, hatto
xizmatchilari, yuk tashiydigan hayvonlari (ot, eshak va x.z) ham shu hisobga kiradi. (Uyida) qancha
matolari bo‘lsa, shariat yo‘li bilan ish ko‘rilib, hammasiga zakot berarlar. Bunda g‘allaning miqdori ham
aniqlanib, qanchaligi, qanaqaligiga qarab ochiq belgilanadi. Doimiy ravishda sakkiz kishi sarf-xarajatni
shariatdan kelib chiqib, so‘zlab tushuntiradi. «Far’» zakotning, aytib o‘tganimizdek, bir qismi bo‘lib, u
asosiy qismidir va bu narsalarning har qaysi faslda o‘ziga xosligi bor. Asl maqsadga muvo‘fiq ishga
kirishib, nima bo‘lsa ham orqaga qaytmaslik. Borini berib, bunga shukr ham qilish kerak. Berish uchun
so‘ralgan narsa topilsa, bu yana ham yaxshi.
(Uy egasi, xo‘jayin)ning zaxira qilish ko‘nglida bo‘lsa, unga faqirlik va fano ganji o‘zi yetarlidir.
Uning ko‘nglida pulning naqshi o‘z dog‘ini qoldirmagan bo‘lsa, u o‘ziga durning porloq nurini
shamchiroq qilmoqchi bo‘lmasa, bag‘rini la’l g‘ami bilan qon qilmasa, dur tashvishida ko‘zidan yoshlar
oqmasa, mingtani topib, bittasini ham olib qolmasa, nima kamchilik bo‘lsa, o‘z bo‘yniga olsa, boylik
topib, biron vayronaga olib borib berkitmasa, birovga berganini minnat qilmasa, har narsani yetarli berib,
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |