www.ziyouz.com
кутубхонаси
42
uni birovdan berkitmasa, buning ustiga yana suyunchi ham bermoqchi bo‘lib, boshqa narsa topolmasa -
kimki ehson qilsa - shunchalik qilar, boylikka erishsa, tayyorgarlik ko‘rish ham shuncha bo‘lar!
Buning to‘rtinchisi ro‘za bo‘lib, bundan qochmagil. Uni tutginu, inkor etishga og‘iz ham ochmagil.
Oshqozoningni bo‘shliq bilan to‘ldirgil. Unda qancha bo‘shliq bo‘lsa, xursandchilik bilan to‘lat.
Ro‘za bilan bog‘liq hadisda bu haqda lo‘nda qilib Alloh «As-savmu li» («Ro‘zaga») degan, deyiladi.
Nisbat berish yo‘li bilan bu muloqotni o‘zi bilan qildi, yo‘qsa uning o‘ziyoq buni man’ etishi mumkin,
buyruq bo‘lib, Xudo sifatida jazolamoqchi bo‘lib, ro‘za o‘ttiz kun emas, yil-o‘n ikki oy! deyishi ham
mumkin edi. Shuncha (ya’ni o‘n ikki oy) tutsang, bu Unga loyiqdur.
Bilsang jazo senga qarab yo‘naltirilgan edi.
Bu ro‘za emas, u (insonga) mashaqqat ham keltiruvchi, (Ilohiy) xabarda esa «Ana ajzo bixi»
(«Mukofotini o‘zim beraman») - bo‘lib keldi.
Bu ham uch qismga bo‘lingan bo‘lib, uning birinchisi ijrosi quyidagicha rasm bo‘lgandir. Sahar
chog‘ida Quyosh nurlarini namoyon etib, o‘z ruxsorini ko‘rsatmaguncha ro‘za tutgan kishi ovqat va
ichkilik (suv) iste’mol qilmaydi. Lekin ikkinchisini ichmaslikka alohida e’tibor berish zarur.
Bunday ro‘za tartibi bitilar ekan, bunga ham bir qancha qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Boshqa
a’zolarga xalal yetmasligi, shariatga xilof ishlarga qo‘l urmaslik lozim. Har kim o‘z ishiga berilganda,
man’ etilgan narsalarga qarshi jiddi jahd bilan kurashmog‘i kerak. Bormas yerga bormaslik, ko‘rish
kerak bo‘lmagan narsani ko‘rmaslik, ushlash kerak bo‘lmagan narsani ushlamaslik, aytish kerak
bo‘lmagan narsani aytmaslik, eshitish kerak bo‘lmasa eshitmaslik, yurish kerak bo‘lmasa yurmaslik
kerak.
Lekin uchinchisi shundan iboratki, ko‘ngul yuqoridan tushadigan barcha nurlarning makonidir.
Uning havosi pok va rohatbaxsh.bo‘lib, osmoni ham fayz jilvagohidan iboratdir. llohiy sirlar xazinasi
ham uning o‘zi, shohona chehra oynasi ham uning o‘zidir. Kir xayollarni daf etib, bu oynani extiyot qilib
asrash darkordir. Chunku unda do‘stdan boshqasi zuhur etmaydi, uning xotirasidan boshqa bir narsa
ham. Hech bir surat uning naqshiga kuch-quvvat bera olmaydi. Boshqalar esa bu ne’mat yordamida
ro‘zalarini tutaveradilar. Ushbu xol sahardan to shomgacha emas, sahar va shomni ham qo‘y -
davomlidir.
Beshinchisi, har bir musulmon qiblaga qarab qadam qo‘yib, baytul-haram (Ka’ba) ziyoratida
bo‘lmog‘i kerak. Bunday saodatga yetishgan odamlar dashtu cho‘lni ikki tarzda bosib o‘tadilar.
Biri shundayki, u boy odam bo‘lib, unda yuqori amal ham bor, uni suyab turgan boylik ham. Uning
uchun yo‘llar tinch bo‘lib, biron baxtsizlik unga mone’lik qilmasa. Buning uchun yo‘lda kerak
bo‘ladigan barcha asbob muhayyo qilinsa, unga mehribon bir hamroh topishsa. Farzni ado etishni o‘ziga
muqarrar qiladi-da, farzni ado etadiyu orqasiga jo‘nab qoladi.
Ikkinchi xili - bu fano ahliga oid kishilar bo‘lib, ular o‘ziga faqirlikni boylik deb biladi. Vayrona
ko‘ngliga do‘sti (Alloh) tushsa, shavq, talab uning joniga o‘t soladi. Faryod qilib, u darxol fil kabi yo‘lga
chiqar ekan, aqldan ozgan odamlar ahvoliga tushadi. Ming yog‘och masofani yurib o‘tar ekan, birinchi
qadamdayoq xaj kiyimini kiyib oladi. Na uning yonida farzandi bor, na oti, na ulovi, na birga borayotgan
karvoni. Dasht unga gulshan bo‘lsa, oq xushbo‘y gul-tikan. Yonida mug‘ilonzor
75
- bamisoli chaman. U
yerda har xil garmsel esib. rangni qizartirsa, qancha gul va lola bo‘lsa, ularni shamol uchirgani uchirgan.
Shunday garmsel ichida qolsa ham u sog‘lom, go‘yo gulzor orasida shabada esayotgandek.
U yerdagi chamanning daraxtlari tikonli bo‘lib, quyunlari esa - sollanayotgan sarvlar edi. Alloh
bularning hammasiga muruvvatni dalil qilgan, shu’lani esa Xalilning
76
gulzoriga aylantirgan edi. Toki
bunday ahvol unga dalil bo‘lib, asosini Xalil qurgan o‘sha uy (Ka’ba)gacha uni yetkazdi.
75
Муғилoн - тикaнли дaрaxт нoми.
76
Xaлил - Ибрoҳим (a.с.) пaйғaмбaрнинг лaқaби.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |