www.ziyouz.com
кутубхонаси
52
Bunday saxovatdan baxillik yaxshiroqdir. Bunday ishni yo mast odam qiladi, yoki jinni. Mast va jinnini
esa qanday qilib odam deyish mumkin?
Kimki ketma-ket qadah ko‘tarsa, u mast bo‘ladi, may ham tugaydi. Agar dev yoqimli maydan ichib
olsa, Sulaymon davlatini sochqi qilib yuborishni istaydi. Agar jinnilarga oltindan band qilib, uni la’l va
asl durlar bilan bezalsa ham, harakat qilib u bandni oyog‘idan yechadida, uni Qorun
93
chaqirsa ham,
tashlab qochadi. Kumush tovushidan vaxshiy va yirtqich hayvonlar ham hurkar ekan, shunga ham
saxiylik yoki karam deb ot qo‘yamizmi? Kuchli shamol lola va gullarni sovurarkan, unga ham saxiy deb
ot qo‘ya olamizmi? Xudo «Qur’on»da dedi: «Englar, ichinglar!» Yonida yana dedi: «Lekin isrof
qilmanglar!» Demak, ma’lum bo‘ldiki, bu - saxovat emas, saxiylar ham buni saxovat deb atamaydi.
Shunday kishilar ham borki, hech isrofga yo‘l qo‘ymasalar ham, bunday odamlarni saxiy deb
bo‘lmaydi, birovga ehson berishda ular me’yorga e’tibor qiladilar-u, lekin ehson berilayotgan odamning
ehsonga qanchalik muhtoj ekanligiga qaramaydilar. To‘q odamning oldiga dasturxon yozadilar, egni but
odamga esa to‘n kiygizadilar. Yuzta yilqisi bor odamga ot tortiq qiladilar, yuz yillik boyligi bor odamga
kumush beradilar. La’l chiqadigan Badaxshonga la’l yuboradilar, ziraning koni bo‘lgan Kirmonga zira
keltiradilar, Xizrni
94
uchratib qolsalar, obi hayot tutadilar, Misr shakarchilariga novvot bo‘laklarini
yuboradilar. Shamni kuni bilan yoqib qo‘yadilar; bu bilan quyosh yorug‘iga qo‘shimcha yorug‘
bermoqchi bo‘ladilar. Har kun kechasi o‘rinsiz mushk sepadilar; bu bilan tun sochini yana ham
qoraytirmoqchi va xushbo‘y qilmoqchi bo‘ladilar. Och, muhtoj yuzlarcha odamlar non so‘rab turadilar,
lekin ularga bir burda ham bermaydilar, to‘qni qidiradilar. Ular qaqrab yotgan bog‘ning ustidan yog‘may
o‘tib, yomg‘irni toqqa to‘kkan bulutga o‘xshaydilar. Mayning tagidagi loyqasini ichadigan odam uning
bir qultumiga jonini bermoqchi, may sotuvchi esa idishning tagini yana kupga
95
ag‘daradi. Vaboga
uchraganlar ajal qadahini ichib, qirilib ketmoqda, ular esa yoqut, javharning koniga yoqut, javhar
bekitish bilan ovora. Bu ikkalasi ham saxovatning bir turidir; ularning o‘rtasida kichkinagina tafovut bor.
Gʻoyat tama’gir kishilarni ham saxiylikka muhtoj deb hisoblama. Ular xalqning narsa va ashyolariga
ko‘z olaytirib, nimani ko‘rsa, o‘shani tama’ qila beradi. Ular xoh zulm, xoh zo‘rlik, xoh bir bahona yo‘li
bilan, xoh va’da, xoh tilxat, xoh yolg‘on dalil bilan, nima qilib bo‘lsa ham, asosiy maqsadi odamlardan
narsa olish, shu sochgani ham tashlandiq narsalar, olgani ham; olishi ham yolg‘ondakam, berishi ham.
U yillar davomida qiynalib chuqur qaziydi; shu tuprog‘ni solish uchun yana bir chuqur qaziydi. Birovga
bir narsa berish uchun boshqadan bir narsani tortib oladi. Bu ham oldingi aytib o‘tilgan ikki narsaga
o‘xshash bir kasallik. Chunki tortib olishi ziyondan boshqa narsa emas; qizig‘i shuki, berishi ham
foydasizdir.
Birov o‘zi so‘ramaguncha unga hech narsa bermaydigan odamlar ham bor. Bunday odamlarni ham
saxiy deb bo‘lmaydi. U odam o‘sha narsaga qancha muhtoj boimasin, o‘zi so‘ramaguncha unga bir chaqa
ham bermaydi.
Ey birodar, kimni saxiy deb chaqirishsa, bilki, bunday odam saxiy bo‘lib axiy
96
qatoriga qo‘shilib
qolmaydi. Qara, ko‘zbo‘yamachi avrash bilan ilonning kuchini ketkazib, og‘zidan zaharini ola biladi.
Kimki tilini metin qilib cho‘zib, o‘t yoqsa, xarsang toshdan olmos va yoqut olishi mumkin. Sham tilini
chiqarib, yona boshlashi bilan tun mamlakati ustiga o‘z bayrog‘ini tikkan bo‘ladi. O‘tning tili nimaligi
hammaga ma’lum; temir, tosh ham uning nafasidan mumdek eriydi. Tong o‘zini maqtab qancha
gapirmasin, baribir, u quyoshning oltin nurlaridan ko‘zini yoritadi.
93
Қaдимдa бoйлиги билaн тaнилгaн, бaни исрoил қaбилaсигa мaнсуб кишининг нoми.
94
Xизр - oби ҳaёт сувини тoпгaн пaйғaмбaр.
95
Куп - куб, мaй сaқлaнaдигaн кaттa сoпoл идиш, xум.
96
Axий - сaxий, яxши oдaм, бирoдaр. Мaтндaн aнглaшилишичa, ўртa aсрлaрдa axий жaмиятлaри ҳaм бўлгaн.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |