www.ziyouz.com
кутубхонаси
49
turib, o‘zi ham qo‘shilib, ashula ayta boshlaydi. Oyoqlari bilan yerni depsib, fildek bo‘kirib, nafs
changagi oldida xoru zor bo‘ladi. Unga ergashgan «xudojo‘ylar» ham shu xilda harakat qilib, uning
atrofida doira bo‘lib aylanib, bema’ni xayollar bilan o‘zlarini so‘fiylik kayfiyatiga soladilar; shayx
atrofida fonus atrofida aylangandek aylanadilar. Jazavasi tutganda muridlarining har biri piridan
qolishmaydi: bemazalikda hammasi birdek. Bexuda so‘zlarni so‘zlashda biri chirildoqqa
95
o‘hshasa,
ko‘p aylanishda boshqa biri pirildoqqa o‘xshaydi. Biri o‘zini yo‘qotib, tilsiz qolsa, boshqa birovi nola
qila berib, xolsiz yiqiladi. Bunisi unisini ko‘z qiri bilan kuzatib tursa, unisi shunisi ham kamoli o‘zini
yo‘qotishga qiyos etadi. Munofiqlik o‘tidan har biri do‘zaxga o‘xshaydi, lekin asl tabiatlari
sovug‘lig‘idan esa yaxga. Har biri o‘zini shuncha ko‘p urintiradiki, natijada yiqilsa, tura olmaydigan
xolga keladi.
Ularning hammasining maqsadi - katta amaldorlar shayxning va xonaqohning bu ahvolini ko‘rsa,
shayxning pirlarga xos namozxonligini, uning muridlarining ham zikrini, o‘z vazifasiga amal qilishini
bilib, ularning faqirlik va qanoat orqali bu martabaga erishib, Xudo ishqi va mutasavviflik xolatidan
bahramand bo‘lganlarini kuzatsa. Shundan keyin ularning hammasini avliyo deb hisoblab, ularning
so‘fiylik xoliga kirib, o‘zidan ketishlarini ham chin deb o‘ylab, shayx oldida yalinib-yolborib,
kamchiliklarining chorasini ko‘rsalar. Ish oxir shunga borsaki, mamlakat podshosi va lashkarboshisi ham
xabar topib, ko‘p duolar qilib, iltimos bilan unga murid bo‘lsa, martabasini doim ko‘tarib tursa. Unga
xadyalar, tuhfalar tortsa, mol ham bersa, g‘allakor yer, kent
84
va suyurg‘ol
85
bag‘ishlasa. Shunday
narsalar bilan bahramand bo‘lsa, shundagina ularning nafsi orom, shodlik topadi.
Yo Xudo, bu qanday pastkash nafs o‘zi?! Bu nafs emas, o‘zi uchun ham katta azob-ku! Kun o‘tkazish
uchun shuncha nayrang! Mansab uchun shuncha yolg‘onbozlik!
Shunday ekan, bu toifa odamlari yomonlarning yomonidir; dunyoda ulardan o‘tadigan yomonni
topish qiyin. Ularning tashqarisi yaxshi, lekin ichlari fasod bilan to‘la; ularning tashi joynamozu ichida
odam yoziladigan joy. Ular nafs oldida ruhni qulga aylantirganlar, toza ipakni esa dajjolning ustiga
yopganlar. Ularning ichida dev bilan shayton qaynaydi, tani esa maloyiklardan to‘kilgan pat bilan
pardalangan. Ko‘ylagidan mushku anbar hidi keladi, ichida esa yuzta it o‘lib badbo‘ylik bilan to‘lgan.
Usti oltinlangan soxta pullar bo‘lsa ham, o‘tga solib, bulg‘onchdan oltinni ayirib olish mumkin. Lekin
bu bulg‘onchlarga do‘zax ham hayf, chunki bu yaramas to‘da odamlariga o‘tni havo ravo ko‘rib
bo‘lmaydi. Hamma odam odatda o‘tdan azob ko‘rgan bo‘lsa, bulardan o‘t azob tortadi.
Mana, qara, odam bilan odam orasida qancha tafovut bor: bunisi Tangri deb butni tanlagan, unisi
qiblani. Birontasi «jannat» so‘zini og‘ziga ham olmaydi, shuning uchun ularning birontasi kuyishga ham
noloyiq.
Ey, ko‘ngul, shunday odamlarga jahonlar fido bo‘lsinki, ularga jahonlar emas, jonlar ham fido
bo‘lsinki, bunday odamlar ikki dunyoni ham tark qilib, ikki jahonnigina emas, jonini ham tark etib, firib
daftarini yelga uchirib, nomus xirqasini o‘tga yoqib, masjidu mayxonani ham yoqtirmay, mayxonaga
ham, Ka’baga ham boqmasdan, elning yaxshi-yomoniga yeng silkib, odamlarning boru yo‘g‘ini birdek
ko‘rib, jonni ham, jahonni ham tuproqcha ko‘rib, butun borliq va u joylashgan makonni xashakcha bilib,
dunyodagi hamma narsalarni o‘tkinchi hisoblab, o‘zini esa shu yo‘qlik o‘ti ichidagi kul deb, bu xayollar
bilan o‘zini tamom kuydirib, shu kul bilan tozalangan oina uning yuzini yoritadi! Bunday ko‘zguda
begona hech narsa yo‘q, unda maqsad yuzigina jilva qiladi. Yanada to‘g‘rirog‘i, bu yuksak xayollar,
xayollar emas, zarralar unga har bittasi boshidan-oyoq bir ko‘zgu bo‘lib, uni maqsad ma’shuqasi (Xudo)
ga ro‘para qiladi. Har tarafda ko‘zgu va jononlar ko‘rinadi; ko‘z yomon degan narsaga tushmaydi. U
qayoqqa boqmasin, Xudoni ko‘radi; bularni yaratganni esa mutlaq yaratuvchi deb taniydi. To‘g‘ri yo‘l
84
Кaттa қишлoқ.
85
Пoдшoҳ тoмoнидaн бир умргa бeрилaдигaн ер-сув.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |