www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
zolimlarni ham, mazlumlarni ham savolga tutadi. Shunda unga bu dunyoda chekkan zulmi uchun
mukofot, senga esa sharmandalik boiadi. U buyuklikka, sen tubanlikka sazovor boiasan. Uning tili poiat
xanjardek uzun boiadi, savsandek tik ochiladi. Sen esa gunafshadek qaddingnii bukib turasan, uyatdan
bosn ko‘tara olmay, mag‘lub xolda qolasan. U xursandchilikda, sen esa g‘am-anduxda; sen xozir qanday
boisang, u o‘sha vaqt senday boiadi. Qilgan xatolaring hisoblab chiqilgandan keyin, har bittasiga yuz
azob tortasan. U vaqt Tangri bu dardingga davo qilmaydi. Agar birovdan tortib olganing siniq igna boisa
ham u yerda olmos xanjar bo‘lib bag‘ringga qadaladi. Agar mazlumning o‘zi gunohingdan o‘tmasa,
sening joying doim do‘zaxning ichi bo‘lib qoladi. Agar sen uning kechirishiga umid tutmasang, bilki,
abadiy do‘zax o‘tidasan. Kimgaki bu dunyoda bir tikan kirgizibsan, u sening ko‘ksingga yuzta o‘tkir tig‘
uradi. Kimgaki bir uchqunni tekizgan boisang, buning badaliga butun bir do‘zax o‘tini olasan. Kimga
bir qilcha ziyon yetkazgan boisang, u ipni o‘z oiiming uchun ilon deb bil.
Evohki, baxt sening qoiingni quvvatli qilgan edi, lekin sen esa undan zulm yo‘lida foydalanding.
Sening xaloyiqqa qilgan zulming kamaymas ekan, bu bilan sen o‘zingga ham zulm qilgan bo lasan. Zulm
qilish o‘zing uchun ham buzuqlik-ku, ey xushyor odam, agar xushing joyida boisa, uni yo‘q qil.
Sen xursandchilik bazmiga yoi olar ekansan, ayshu farpg‘at yoiida bazm qilarkansan, bazming uchun
tayyorlangan qasr jannat monand qilib jixozlangan. Lekin uning pardalarining iplari xalqning jonidan,
qizil toshlari va qizil. bo‘yoqlari odamlarning qonidan, shipi xalq molini talash hisobiga oltinlangan,
xalqning dur vaiailari bilan naqshlangan. Gʻishtlari masjidlarni buzib keltirilgan, toshlari odamlarning
qabrlaridan tashilgan.
Sen shunday joyda taxtda oitirib, shaxanshohlik qilasan, xursandchilik qadahi uchun ishtaxang
joyida. Bazmda soqiylar kulib, jilvada; sozandalar turli-tuman soz chalib, qo‘shiq aytmoqdalar. Unda
ko‘ngul nimani xohlasa, bir emas, minglab topiladi. Og‘izlaridan chiqqan gaplar gapiradigan gaplar
emas; shunday ishlarga ko‘z tushadiki, qarash mumkin emas. Quloq shovqin-surondan boshqa narsani
eshitmaydi. Maqsadlari qo‘lga qadahdan boshqa narsani olmaslik.
Bunday xursandchilik kuning, hay-xuning ko‘pligidan hech kim so‘fining azonini eshita olmay
qoladi. Gʻazalxonlik, gap-so‘z, kuy bilan bo‘lib, hamma o‘sha kungi namozdan qoladi. O‘sha
oitirishdagi bor-yo‘q taqvodorlar: beli bukik chang - ruku’da, shisha esa sajdaga bosh qo‘ygan edi. Ular
ham bu xil «toat-ibodat»lari bilan rasvo bo‘lib, tasbeh donalarini meva o‘rnida gazak qilishdi. Quyosh
gardishidan nurlar sochila boshlagunga qadar ayshing xilvatida shu xil tirikchilik.
Shorn jahon sahifasini qora qilib, zulmat pardasini xalq ustiga yopganidan, naq yarim kechagacha
shu ahvolda boiasan. Sening ham, odamlaringning ham ahvoli shu. Bunday ahvolingga may qadahi qon
yig‘laydi, sham’ kuyub, ko‘zidan yoshlar to‘kadi. Sanj
78
chapaklar chaladi, nog‘ora na’ra tortadi, xo‘roz
osmonga qarab nola va afg‘on chekadi. Kayfing oshib, xilvatga o‘zingni olganingda esa ko‘nglingga
kelgan ishlarni qilasan.
Bazmda qolganlar, xoh qari bo‘lsin, xoh yigit, ichkilikdan har bittasi bir telba itga aylanadi. Jahlda
ular qoplondan ortiq bo‘lsalar ham, lekin nafs itining qo‘lida mag‘lub bo‘lganlar. Ularning har biri yuzlab
xomtama’ bo‘lib, butun islom mamlakatiga yoyilishgan. Har tomonda ular mast ahvolda orom izlashadi,
bir gulyuz go‘zaldan maqsadlarini xosil qilmoqqa intiladilar. Mastlik uyqusi hujum qilganda esa bu shum
to‘dadagilarning barchasi o‘lukdek yotadi.
Tong o‘z nurlarini zohir qilib, har tornonga o‘z porloq yuzini ochganda, kun yoyilib, choshgoh
bo‘lganda esa sulton va uning odamlari, askarlarihamon uyquda. Ko‘zlaridanuyqu ketgandanso‘ng
ularning har biri bir zulm bilan mashg‘ul bo‘la boshlaydi. Ular xalqqa zulm qilish eshigini ochib,
78
Сaнж - чaлинaдигaн икки мис ликoпчa (литaвр).
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |