Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
Shu aytilgan gap bo‘yicha kelishdilar, islom qozisining xuzuriga bordilar. Ular birbiriga yonma-yon
o‘ltirishdi; atrofdagi odamlar xayajon bilan turardilar. Ikkisi go‘yo katta ma’rakada Zol bilan Rustam
80
turganday edi, ularning boshida esa butun olam to‘plangandek.
Qariya dedi:
-
Shoh qazoqlik qilib ko‘chib yurarkan, tig‘ solib, har yoqqa askar tortardi. Men tulning birgina
jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshog‘i edi. U bog‘imda bitgan qomati raso sarv, yana
to‘g‘rirog‘i, qurigan shoxirnning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko‘ksimni yorib, jigarporamni xalok etdi.
U tig‘i bilan jigarimni kesib, jigarim qonini yerga oqizdi.
Qozi aytdi:
-
Hukmimga shubha bo‘lmasligi uchun ikkita guvoh olib kel. U javob berdi:
-
Agar ikki guvoh kerak bo‘lsa: bular - shohning o‘z adolati va insofidir.
Shunday qilib, yaxshi niyatli podshoh aybiga iqror bo‘ldi. Adolat dargohining odami bo‘lgan qozi
xun puli to‘lash kerakligi yoki qasos olish haqida hukm chiqardi. Shoh dedi;
-
Shariat shunday hukm qilgan ekan, payg‘ambar shariatining hukmiga jonimni fido qilaman.
U qiyiq bilan bo‘ynini maxkam bog‘ladi; katta hamyonning esa og‘zini bo‘shatdi.
Kampirning
qo‘liga qo‘rqmasdan tig‘ berdi, bu tomonga esa oltin, kumushlarni to‘kib qo‘ydi. So‘ng, u dedi:
-
Qasos
olaman desang, mana, boshim; maqsading tirikchilikka pul olish bo‘lsa, mana, pul.
O‘g‘lingni o‘ldirish haqida buyruq berganimda, boshqa ilojim qolmagan edi. Mana, nima qilsang qil,
ixtiyor senda!
Shohning adolat va zo‘r insof ko‘rsatishi tig‘ni g‘amgin kampirning tishlaridek o‘tmaslashtirdi. U
uzr so‘rab shohning oyog‘iga yiqildi va dedi:
-
Ey yulduzlarcha askarga ega bo‘lgan podshoh! Agar bolam sening yo‘lingda qurbon bo‘lgan
bo‘lsa, men qariya ham senga jonimni berishga tayyorman. Agar seni iztirobga solgan bo‘lsam,
yaxshilikcha kechir, men yengildim.
Vax, bu odamni qanday xijolatga solish bo‘ldi? Bunisi qanday lutfu adolat o‘zi?! Kampir o‘zining
da’voyu
dostonidan kechib, hatto o‘g‘lining qonidan, o‘zining jonidan ham o‘tdi. Qizig‘i shuki, odil
podshoh uni o‘sha vaqtda boy ham qildi. Yulduzlardek ko‘plab oltin-kumushlar uni ko‘hna falakdek
yashartirib yubordi. Kumushning kuchidan u kumushdek boidi. Xalq unga «Tilla kampir»
deb laqab
qo‘ydi.
Falak shum kampiridan qancha alam ko‘rsang ham, shoh adolat qilsa, ey Navoiy, nima g‘am.
Ey gulyuz soqiy, adolat jomini keltir, qara, adolatning orqasidan qanday gullar ochilishi mumkin.
Adolat qadahini tutki, shodlik bilan ichay, zamonning odil kishisini yod tutib ichay.
Do'stlaringiz bilan baham: