www.ziyouz.com
кутубхонаси
43
U sidq va safo bilan tavof qilar ekan, barcha shatrlarni bajo keltiradi. Do‘st (Alloh) uyida mehmon
bo‘lib turar ekan, unga nima kerak bo‘lsa, mezbon xozir qildi. (Aslda) bu mehmonni o‘zi olib kelgan,
boradigan uyigacha unga hamroh bo‘lib, yetkazib kelgan edi. Bir odamni saodatga bunchalik sarafroz
etgan narsa fano va niyoz edi.
Kimki foniy bo‘lib, yolborsa, Tangri uni sirlarni kashf etuvchiga aylantiradi. Cho‘lni kezish boylik
egalariga farog‘at bag‘ishlaydi, Fano ahllarining cho‘lni bosib o‘tishida boshqa bir (sirli) xol mavjud.
Unisi nozu ne’matlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, undan ortiqrog‘iga bu rnuxtojlik bilan erishdi.
XXV
Ibrohim Adhamning Ka’baga namoz o‘qish bilan borgani va Robiyai Adviyaga esa Ka’baning
o‘zi unga muhtoj bo‘lib kelgani
Qachonki Ibrohim Adham
77
o‘rinbosarlikdek yuqori mansabini tark etar ekan, Alloh fano tojini
uning boshiga kiydirdi. Uning podshohligi va dabdabalarini fano yeli uchirib (Ka’baga olib boradigan)
dashtni bosib o‘tish uchun qadam qo‘ydi. Masjidni qo‘yib o‘z xolicha namoz o‘qir, har qadamda ikki
rak’at namozini o‘qishni qo‘ymasdi. Shu tarzda u o‘n to‘rt yil yo‘l yurdi. Uni madx etish uchun har bir
tikan va giyohlar tilga kirdi.
Makkani tavof etish uchun u kirib kelar ekan, Baytul-haram (Ka’ba ziyoratgohi) o‘z o‘rnida yo‘q
edi. «Bu ne xol, ey Xudo!» - deb fig‘on solar ekan, g‘oyibdan ovoz keldi: «Ey yo‘lovchilarning piri! Bir
qariya ayol cho‘lni bosib o‘tar ekan, (Allohga bo‘lgan) shavqu muhabbat yuki og‘irligidan qaddi
bukilibdi. Zaiflikdan u shunday kuchsizlanibdiki, (endi) Ka’ba o‘zi uni ziyorat qilishga ketdi!»
Bu voqea Adhamni hayron qoldirdi. U qarab turar ekan, Robia kelayotganini ko‘rdi. U dedi:
«Ey sayrgohing Arsh bo‘lgan zot! Ka’ba o‘zi seni tavof etish uchun yo‘lga chiqibdi! Qaraki (o‘z
ishlaring bilan) sen dunyoga qanday ovoza solibsan!» Robia unga javob berib dedi:
-
Oshirib yuborma! Butun olamga ovoza solgan sen bo‘lasan! Dashtni bosib o‘tishuchun o‘n to‘rt
yil yuribsan! Ibrohim dedi:
-
Ey pok qadam, sen farishtalardek, Osmonni ham kezib chiqishga qodirsen! Ammo ayt-chi, nima
uchun men shuncha yo‘l yurib azob chekdim, azobni men chekdimu xazina senga tegdi?
Robia unga dedi:
-
Tushun! Bir necha yil cho‘lda barcha yo‘llarni bosib o‘tar ekansen, sening ishing namoz o‘qimoq
bo‘ldi, xolos! Men esa Unga istagimni aytdim, ishva, noz qildim, yalinib-yolbordim! Namoz o‘qib, riyo
qilib, erishgan xosiling shudir. Menga esa yalinib-yolborishim va o‘zligimdan kechganligim shu mevani
berdi.
Ey Navoiy, noz ahliga boqma! (Alloh oldida) o‘zini muhtoj tutganlarga arzi niyoz qil! Ey soqiy, ko‘p
noz qilma, qadahni olib kel! Boq - senga muhtojlar naqadar tashna! To‘latib ber, - uni har bir ulfat,
xususan, ulardan eng zaifi - men ham ichaylik!
Do'stlaringiz bilan baham: |