XXX BESHINChI MAQOLAT
Karam - xayru ehson vasfidakim, teskarisi diram margi
87
dir, balki rahmat daraxtining bargidir;
baxillik saxiylik yuragidan uzoq bir narsa bo‘lib, inson uchun cheksiz balodir;
saxiylik ko‘rsatmaslik muruvvatdan bexad xoli bo‘lishlikdir, har tomondan qaraganda cheksiz
ofat bo‘lgan isrofni rad etish va ko‘p harfli «lof»ni bildiruvchi itlofni
88
xajv qilish
Ey egniga xayru karam kiyimini yopingan kishi, sening qo‘lingda pulning qiymati yo‘q. Oltin-
kumush sochish uchun ochilgan panjang Sharqdan qaraganda ham, Gʻarbdan qaraganda ham xuddi
quyoshga o‘xshaydi. Pul bilan qo‘ling o‘rtasida adovat bo‘lib, pulning umri qisqa, qo‘ling esa saxovat
orqasida barhayot. Kafting oltinlarni chaqmoqday sochganda, chaqmoq ham hayodan terga g‘arq
bo‘ladi. Boshingga kiyganing ehson va saxovat tojidir, tojning ustidagi esa xayru karam gavharidir.
Saxiylikdan zotning gavhari shuncha sharaf topdiki, yetti osmondagi eng qimmatbaho toshlar unga sadaf
bo‘ldi. Natijada sening jamiyatdagi qadring osmon ko‘kining qadriday yuksaklashdi, sochgan durru
gavharlaring yulduzlarga tenglashdi. Boshingda baxt yulduzi porlab, «farq» so‘zi
89
boshida yozilgan «f»
harfi ustidagi nuqtadek jilva qilib turibdi. Sharofatli boshing ustida karam bayrog‘i «bosh so‘zidagi
90
alif
harfidek bayroqdir». Ikki qo‘ling saxiy Qulzum va saxiy Ummon
91
ning o‘zi; ikkisi ham imkoni boricha
saxiylik qiladi. Kaftlaringning odati birovga bir narsa berish bo‘lib, Hotam ham, Barmak
92
ham unga
quldir.
Senga Tangri ato qilgan bu narsa ikki qism - karam va saxiylikka bo‘linadi. Tanangdagi har bir tuk
bir til bo‘lib, Xudoga shukr va minnatdorchilik bildirganda ham hammasini ayta olmaydi. Yehson va
saxovat ko‘rsatish vaqtida baxillik qilma, Xudoga shukr bildirish chog‘ida ham tanti bo‘l. Baxillik
insonda bor sifatlarning eng pasti, lekin saxovat javhari esa eng nafisi. Saxiylik pnga odat bo‘lib, boshing
shu saxiylik duri bilan porlab turadi. Shuning uchun bu mo‘l-ko‘l durni xor qilma, uni baxillik bilan
almashtirma.
Lekin saxiylik qanday maqtovga loyiq sharafli xususiyat bo‘lmasin, uni orttirib yuborsang, bu -
isrofga aylanadi. Aql insonga xos sifatlarni ta’riflab kelib, isrofgarchilikni baxillik bilan teng deb
qaraydi. Ko‘ngulni juda ham keng tutib, nega endi durni eshakmunchoq bilan barobar qilib yuborish
kerak? Yehson va karamning o‘z qoidalari bor; har xil sharoitga mos shakllari ham bor.
Ey odam, Tangri senga yuksak amal nasib ettirib, karam qilishing uchun kerakli boylikka ega qilgan.
Shuni bilki, kim saxiylik qilishga haqli ekan, kim pul ulashishga munosib ekan, nom chiqarish uchun
gavharni xovuchlab sochish, maqtanish uchun etaklab pul berish aqlli ish, deb hisoblanishdan iuda uzoa
87
«Кaрaм» сўзи тeрс ўқилсa «мaрг» (ўлим) бўлaди.
88
Итлoф - бoйликни бaрбoд этиш, исрoф қилиш.
89
«Фaрқ» сўзи aрaбчa шaклдa ёзилгaн. Фaрқ - «бoш», «кaллa» дeгaн мaънoни ҳaм билдирaди.
90
«Бoш» сўзи aрaбчa шaклдa ёзилгaнки, ўртaсидa «aлиф» ҳaрфи бoр.
91
Қулзум вa Уммoн - дaрё вa дeнгиз нoми.
92
Ҳoтaм-Тoйи вa Бaрмaк - сaxийлик билaн нoм қoзoнгaн кишилaр нoми.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |