Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
bo‘lsinki, odamlar uning uchun jonlarini qurbon qildilar. Amaldan, o‘z nasabidan kishilar sharaf
topmagan. Lekin haqiqiy sharaf hayo va adabdan keldi. Yomg‘irning ham manbai hayodir; uning bir
qatrasi tuprog‘ni kimiyo qiladi. Adabsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydilar.
Doim baland
osmon (taqdir) bunday odamlarni pastlatib yuradi.
Adabsizlikning biri kulgidir. Kulgi adabsizlikning belgisidir. Kaklik qaxqaxa solib kulgani uchun bu
kulgi tufayli uning boshiga balo keladi (ya’ni ovchilar ovozidan bilib, ovlab oladi). Gʻuncha kulib,
ochilib ketgandan keyin o‘z-o‘zidan sochilib ham ketadi. Chaqmoqni’ o‘z kulgisi tog‘ning ichiga
qulatadi,
hatto yerga pastlatib, tuproqqa kiritib yuboradi. Tong ham shunaqa odatni yaxshi ko‘radi.
Shuning uchun quyosh o‘ti uning durlarini isiriqqa aylantiradi.
Kulgi o‘z me’yoridan oshib ketdimi, bundan yig‘lagan ancha yaxshiroqdir. Sham har kecha
yig‘lagani
uchun tobora ravshan yonadi; g‘unchani esa kulgani uchun shamol uchirib ketadi. Bulut
yigiab, ko‘z yoshi to‘kishi bilan dur sochuvchi bo‘ldi; chaqmoq esa kula-kula pastlashdi, yerga kirdi.
Mast ham yig‘lab-yig‘lab, o‘zini bilmay qoldi, lekin kechirim so‘rab yig‘lagani gunohdan pok etdi.
Adabli odam kuxsh uchun og‘iz ochmaydi, lekin hayo buluti tomchisiz emas. Qaxqaxa bilan xazil bir-
biriga do‘st; ikkisi ham qurbaqaning tovushi va yurishiga o‘xshash kulgili narsalardir.
Kimki hindu
(masxarabozi) bo‘lib, kuldirish uchun xazil qilsa, avvalo o‘shaning yuziga qora surtish kerak.
Ko‘zbo‘yamachining so‘zlagan so‘zlari yolg‘on bo‘lgani uchun, qara, o‘z tilini o‘zi kesmoqda
109
.
Engagiga yolg‘ondakam soqol bog‘lab,
birov odamlarni kuldirar ekan, bunda soqol tufayli odamlar
uning o‘zining ustidan kuladi. O‘zining ko‘rkini orttirib ko‘rsatish uchun maymun boshiga bo‘rk qo‘yib
olar ekan, odamlar uning tepasiga kulish uchun kelarkan, ular faqat
uning boshigagina kulmaydilar,
uning o‘zidan ham kuladilar. Odamlarni kuldirib tirikchilik o‘tkazishga o‘rgangan masxaraboz ulardan
bir pul olguncha ikki shapaloq yeydi. Boyqushning qiyofasi masxaraboznikiga o‘xshaydi, shuning uchun
barcha qushlar uni talagani talagan. Lo‘li xazil qilib qo‘lini yerga tirab, oyog‘ini osmonga qilib turganda,
u boshini yerga qilib, o‘zini o‘zi sharmanda qilgan bo‘ladi.
Bu xil pastliklar biri biridan qiziq bo‘lib, hayo va adab yo‘li bilan daf bo‘ladi. Quyosh bayrog‘i jilva
sochib, kecha qorong‘iligi yer ostiga kirgach, masxaraboz mast xolda baqirgan, chaqirgan; aqlli odamlar
esa gapni shoshmasdan gapiradi. Tulkii va it (har xil qiliqlari bilan odamlarga) kulgi eshigini ochadi; u
odamlar sherni ko‘rsa, uyidan qochadi.
Bu aytganlarimizning oti tavozu’dir, tavozu’ning sifati esa adabdir. Aql uning haqida maqtovdan
boshqa so‘z aytmaydi, lekin u hammada bir xil mavjud emas. Tavozu’ni har kishining ahvoliga loyiq
ko‘rsatish kerak; ko‘rsatgan tavozu’ing uning ahvolining ko‘rinishiga muvofiq bo‘lsin. Qulga bek
ortiqcha tavozu’ ko‘rsatsa, o‘ziga azob-uqubat iplarini orttirgan bo‘ladi. Gadoning oldida sajda qilish
marhamat emas, unga bir tanga bersang, bu unga nisbatan marhamat ko‘rsatishdir. O‘rindan turib, bolaga
joy berish ham adabdan emas; keksalar bu ishni adab hisoblashmaydi. Bunday ahvolda u mutakabbir
hisoblanib, sen yengiltaklik qilgan bo‘lasan. Ayt, bu ikki ishni odamlar nega qilishi kerak?
Garchi adablilik shartlarini saqlash juda zarur bo‘lsa ham, ammo buni har bir odamning darajasiga
qarab bajarish kerak. Bir kishi sendan martabada past bo‘lsa, uni sen o‘zingga tobe’ xolda ko‘rsang,
garchi u o‘zi senga tobe’, bog‘liq bo‘lsa ham, ko‘nglung uning qayg‘ulariga sherik bo‘lsin.
Farz va
sunnat qoidalari shunday ma’qulki, ularni hammaga o‘rgatish majburiydir. Senga tobe’ kishilardan biri
bunga xilof ish qilsa, uiarxi tekshirib turish sen uchun farzdir. Qiyomat kuni seni chaqirganlarida, nima
savol bo‘lsa, sen javob berasan. Ularga g‘amxo‘rlik qilish sening bo‘yningdadir; tirikchilik yozuqlari
ham sening qo‘yningda. Barchasiga do‘stlik qilish senga vojibdir. Yaxshi-yomon ishidan xabardor bo‘lib
turish ham.
Tavozu’ sifatiga ega bo‘lish umidi bilan u dunyo xavfidan qo‘rqib, shul qo‘l ostingdagi jamoatga
shuncha ta’zim qilding. Agar bolalaring va xotining bo‘lsa, ularga ham shu ishni qilishing kerak. Yosh