Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
58
XXXIV
YeTTINChI MAQOLAT
Qanoat haqidakim, «jo‘»(ochlik) so‘zidan so‘nggi harf «ayn»
97
ajratilsa, «jo‘» (ariq) qolib,
najot bulog‘i, hatto hayot chashmasi sari uchish qanoti bo‘lib xizmat qiladi, «tama’»
so‘zi har qanday shaklda yozilganda ham undagi xorlik zahrining ta’mini totishga olib boradi; qanoati
odamning ochlikdan ko‘zida qon mavj ursa ham, izzati bor; tamagir odam oltin taxtdan joy olgan bo‘lsa-
da, xorlikka uchraydi
Kimki qanoatni o‘ziga kasb qilgan bo‘lsa, bilki, qanoat uni boy qiladi. Oltin, kumush bilan zebu
ziynatlarni
boylik deb bilma, balki haqiqiy boylik qanoat xazinasidir. Qanoat oltini hech qachon
yo‘qolmaydi. Ana shu oltinni qo‘lga kiritib, shu orqali boyishga harakat qil.
Kulbada qanoat qilib
o‘ltirgan darvesh tamagir podshohdan afzaldir. Chunki tama’ qilish gadoylarning ishidur. Bilki, tama’
etgan kishi gadodir.
Shoh tamagirlik qilsa, u luqmaxo‘r bo‘ladi; qanoat qilgan darvesh esa podshohdir. Boshiga toj kiygan
odam shoh bo‘la bermaydi. Hech narsaga extiyoj bildirmagan odamni shoh deb bil. Qushlarning ichida
anqo shoh hisoblanadi. Bunda malum bir ma’no bor. Agar fikr bilan voqif bo‘lishni istasang, «qone’»
va «anqo» so‘zlarining yozilishida harflar bir-biriga muvofiqdir
98
. Hudxud
99
ovqatga o‘ch bo‘lgani
uchun garchi boshida toji bo‘lsa ham elchi bo‘lib qoldi. Boshiga toj kiygan hind o‘yinchisining xoliga
boq, tama’uni chaqa pulga zor qilib qo‘ygan. Arzimagan bir odamning qo‘lidan ozgina pul chiqadigan
bo‘lsa, toj deb atagan narsasini osmonga otadi. Shoh boshining
sharofati tojdan emas; kimki muhtoj
bo‘lmasa, o‘shani shoh deb tushun. Muhtojni ham shoh deb atash mumkin bo‘lsa, harf nuqtai nazaridan
«muhtoj» so‘zida ham «toj» bor-ku! Kimning toj kiyganini ko‘rib, shoh deydigan bo‘lsak, u vaqtda, shu
sababga ko‘ra, muhtojni ham shoh deyishga to‘g‘ri keladi.
Boshiga oddiy qalpoq kiygan odamni shoh deb bilki, u xayr-ehson vaqtida butun jahonni berishga
tayyor. Bir narsasi bo‘lmasa ham u shukr deb, qanoat qiladi; xayr-ehson qilish bilan o‘z nafsini tiyadi.
Kimning qanoatdan xujjati bo‘lsa, uni yaxshi-yomon deb o‘ltirishning xojati yo‘q, u bunga muhtoj emas.
Kimki qanoat sari yo‘l topgan bo‘lsa, xuddi shu taqdir bilan o‘sha shoh bo‘ladi.
Boylik bilan o‘zingni katta deb bilma; qanoat boyligi bilan boshingni ko‘tarib yur. Butun bir osmon
bitta non
100
bilan kun kechiradi; oyning gardishini esa ko‘ksiga tosh qilib boylab olgan. Shuning uchun
Xudo uning tuzilishini
nodir qilib yaratdi, nima qilay desa, shunga qodir qildi. O‘z yog‘i
bilan
qovurilgan sham atrofida osmon ham fonusdek aylanadi. Ko‘z doim shuning uchun ravshanki, u
mehrob
101
ostida turib, ikkita bodom bilan oziqlanadi. Og‘izning ishi ovqat yeyish bo‘lgani
sababli
chaynash uchun Xudo ikki qator tish ham yaratdi. Zebu ziynat va tama’dan yiroq turgan kishining
tinchligi yaxshiroq bo‘ladi.
Bilki, durru gavhar quloqqa ozor beradi; quloq uchun eng yaxshi dur deb so‘zni bil. Isirg‘a oltindan
bo‘lsa, quloqni og‘ritadi; zarxal etik esa oyoqni og‘ritadi. Yaxshi gapni quloqning bezagi bil; etik keng
bo‘lsa, oyoq osoyish topadi. Kishi cho‘lda
tiniq buloqni topib olsa, oltin qadah qidirib o‘ltirmasdan,
97
«Aйн» - бу ўриндa «oлтин» мaънoсидa.
98
«Қoнeъ» вa «aнқo» сўзлaрининг aрaб ҳaрфлaри билaн ёзилиши кўздa тутилaди. «aлиф», «нун» вa «aйн» ҳaрфлaри ҳaр
икки сўздa ҳaм бoр.
99
Ҳудхуд - сaссиқпoпишaк.
100
Қуёш кўздa тутилaди.
101
Мeҳрoб - қoш кўздa тутилaди; икки бoдoм - бoдoмгa ўxшaгaн кўз