Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
69 
http://ziyonet.uz/ 
tursang, shuncha foydalidir; agar bu xizmatga umuman kirmasang, bundan ham ajoyib va 
yaxshi boʻlardi. 
Yoʻqlik (fano) xazinasidan kim ogoh boʻlsa, unga qanoat mamlakatining podshohligi 
nasib boʻladi. Agar bunday xizmat sening boʻyningga majburiy tushib qolsa, senda uni 
bajarmaslikka ixtiyor yoʻq. Qisqacha qilib aytay, loʻndasini eshit, buning qanday 
boʻlishini ochib tushuntiray. Senga shoh xizmatini qilish nasib boʻlsa, toʻrtta ishni 
oʻzingga saylab ol: oldindan niyatingni uning niyati bilan rostla, boshqa niyatlarni 
koʻnglingdan chiqar. Yana biri, xizmat qilishning vaqtini bil, xizmat qil, lekin 
qilmagandek tur. Yana biri, yaxshi-yomon soʻz ogʻzingdan chiqmasin: odamlarning 
yaxshi-yomoniga ham qarama (gapini e’tiborga olma). Yana biri, bu xizmatdan 
qiynalsang ham, azob cheksang ham, adab shartiga koʻra, hamma yaxshi-yomonga chida. 
Bu xizmatdan tashqari tursang, buning ahvoli boshqa; podshoga yaqinlashsang, bu 
yaqinlikning ham turlari bor. Bu ishlarning hammasi senga muyassar boʻlsa, sening 
yulduzing baxt bilan yorigan boʻladi. Lekin bular hammasi, ey ojiz odam, gapning bir 
qismidir. Toʻlasi shuki, agar nogahon sen boylik toʻplash odatidan or qilib, faqirlik uyiga 
yoʻl olsang, ayniqsa shunday ahvolga tushganda tavozu’ koʻrsatishing shart. Xudoning 
naq roʻparasida unga umid bogʻlab tura bilish kerak. Agar senga osmonning kuch-qudrati 
nasib boʻlsa ham, yer yuzida sen kamtarlikni tanla. Gʻam-gʻussa yuki seni togʻdek ezib 
tursa ham, uning ostida sen tuproqdek tura ber. Boshingga toshlar yomgʻirdek yogʻilsa 
ham, binafsha kabi boshingni yuqori tutib tura ber. Tavozu’ vaqtida vafo qilish, adab 
qoidasiga koʻra hayoli boʻlish kerak. Ana shu vositalar bilan ma’qul boʻlib, asl maqsad 
tomon yoʻlga tushgan boʻlasan. 
XXXIII 
Noʻshirvonning hayo bogʻida nargis koʻzidan koʻzining nargisi uyalib, nargis koʻzlik 
gulrux yorini quchoqlashni istamay, oʻzini chetga olishni istagani 
Noʻshirvon valiahdligi chogʻida bir qizning ishqi bilan notavon ahvolga tushib qoldi. 
Koʻngli gʻuncha singari toʻla qon edi, lekin gʻam sirlarini pinxon tutardi. Unga visol 
muyassar boʻlgunga qadar cheksiz azob-uqubat va tashvishlarni boshidan kechirdi. 
Bir kun u chamanzordan xilvat joyni tanlab, gulrux yori bilan suhbat qurdi. Baxtiyor 
shahzoda yorini quchmoqchi boʻlgan edi, gul’uzor ham bunga rozi boʻldi. Dilbar 
hamdami tomon u qoʻlini uzatganda, bir tup nargisga shahzodaning koʻzi tushib qoldi. 
Shunda ahvoli oʻzgarib, u qoʻlini tortib oldi. Sumanbar yori hayron boʻlib, soʻradi: 
— Qoʻlingizni uzatganingiz nimasi-yu, yana tortib olganingiz nimasi? Adabli shoh 
bunga shunday javob berdi: 
— Shunday bir visol damida menga mone’lik qilgan narsa nargisning shahlo koʻzi 
boʻldi. Hayo koʻzi bilan olijartoblik bu ishda unga kuch bermadi. Uning nargisdek 
koʻzlari yoshga toʻlib, oʻrnidan turdi-da, bu ishdan voz kechdi. Oxirida uning bu sof 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish