Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
68 
http://ziyonet.uz/ 
Oʻz xolicha bir yoqqa otlanganini bilsang - sen haqiqiy er boʻlsang - uning otini atama! 
Doʻstlar oldiga ham yuborma, dushmanlar oldiga ham. Yasantirib koʻ chaga ham 
chiqarma, bozorga ham. U uydan chiqib ketib, yana qoʻyningga kiradigan boʻlsa, sen 
taajjublanadigan bir ishni boʻyningga olgan boʻlasan. 
Upa-elik surtib, yuzini qizartirdimi, u, bilsang yuz qarolik fikriga berilgan boʻladi. U 
sochbogʻini yeshib, sochini oʻra boshlar ekan, bu - nafs va havoyilik uning boʻyniga oʻz 
tuzogʻini solganidir. U oʻsma qoʻyishga berildimi, bu uning fitna bilan oʻralishganidir. 
Muncha qabohatni koʻrib turib, uning otga minishiga ijozat bersang - gʻayrat va erkaklik, 
rashk va or-nomus shumi? Oʻsha kuni u ketsa, uni oʻz xoliga qoʻy, unga zoʻrlik qilma - 
uydan chiqib ketdimi - vatani goʻr boʻlmaydimi! 
U shariatdan chekinib nima qilmasin, uni (yana) qabul qilishing odobdan emas. 
Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiyatdir. 
Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq boʻlsa ham, kam deb bil. Otang 
oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! 
Ikki dunyong obod boʻlishini istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga 
nur berib turganning birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning soʻzlaridan 
tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. 
Hamma xizmatni sen adab bilan bajar, «adab» soʻzidagi «dol» kabi qomatingni xam qil. 
Bundan soʻng rahm in’omini oʻzingga qarz deb bil; oʻsha toifadagi odamlarga rahm 
qilishni farz hisobla. Yurgan odamlar ichidagi kattadan-kichigigacha, yoki oraliqdagi 
oʻrta martabalikka ham, kimki katta boʻlsa, uning xizmatini qilish kerak, kimki kichik 
boʻlsa, unga shafqat koʻrsatish kerak. 
Kimni oʻrta yosh deb xayol qilgan boʻlsang, uning hurmatini ham me’yorida asra. 
Xizmatini qilib, uni ortiqcha ulugʻlab ham yuborma, yomon munosabatda boʻlib, taxqir 
ham qilma. Uni hurmat qilib, «hamma ishning oʻrtachasi yaxshi» degan ma’noli qoidaga 
amal qilishing zarur. Uning izzati me’yordan kam boʻlsa ham, xaddidan ortib ketsa ham 
yaxshi emas. 
Yoki seni baland osmonning aylanishi (taqdir) shoh xizmatini bajarishga loyiq koʻrib 
qolsa, garchi shoh tomonidan tashkil etilgan bazmlar yoqimli boʻlsa ham, unga borishdan 
tortinish zarur. Yoqimli boʻlib koʻringan bu marhamning ichida yuqadigan yaralari bor, 
boli ichida qadaladigan nayzalari bor. Gul koʻrinsa, yonida yuz tikani boʻladi, bir maishat 
boʻlsa, orqasidan ming ozori boʻladi. Telba odamlar oʻtnixg yonish shaklini koʻrib 
guliston deb oʻylaydi. Lekin uning ichiga tushib ketsa, qachon qutulish imkoni bor? Bola 
ilondagi naqshdor chiziqlarni koʻrib, unga mahliyo boʻlib qoladi, lekin uning zahari 
odamni oʻldirishini bilmaydi. Dengizda quyosh rangida katta dur koʻrinsa, bu nahangning 
ogʻzi boʻlib, gʻarq boʻlish belgisidir. Shohga xizmat qilishni shu qonunlardan kelib chiqib 
tushun; buning maishatidan koʻra gʻam va mehnati ortiq. Bu xizmatdan qancha uzoq 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish