Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
76 
http://ziyonet.uz/ 
boʻldimi? Birovga birov butun bir jannat gulshanining rang va boʻyiga ega boʻlgan 
hamda yangi ochilgan gul sovgʻa qilsa, buning evaziga u tikandan boshqa narsa 
bermayotir. Berganda ham bir emas, yuzta tikan bermoqda. 
Xalq shu taqlidda ish tutar ekan, bir odamni topish ishi juda qiyinlashadi. U odam qanday 
odam desangiz, u odam shunday odam boʻlsaki/u bilan doʻstlik ishini tuzish mumkin 
boʻlsa, taqdirdan bir kishiga sitam_etib, dard tikanlari qadalsa, xaligi odamga bu bir nafas 
oʻz dardlarini izhor qila olsa, bir odam zamon xanjaridan yarador boʻlsa, xasratlashib, 
xaligi odamdan bir chora tilay olsa; hayotdan bir kishi biron malollik koʻrsa, xaligi odam 
bilan gaplashib, koʻnglini boʻshata olsa! 
Har qanday odamning boshiga taqdir bir gʻam solsa-yu, lekin uning bir hamdard doʻsti 
boʻlmasa, sirini saqlash uchun tikib qoʻygan lablarining ipini soʻka olmasa, koʻnglida bor 
gaplarini birovga toʻka olmasa, dard uning tanasidan chiqqan shu’lani alangalatib, 
tutunini osmonning naryogʻiga oʻtkazib yuboradi. Balo tigʻi koʻksini yorib, dard uni bir 
nafasda xalok qiladi. Osmon gʻam shamoli bilan joniga urib, umrining xirmonini koʻkka 
sovuradi. 
Bas, shunday ekan, insonga yaxshi umr yor bilan; umr degani yori vafodor deganidir. 
Vafo rasmini qilmagan yor ziyosi yoʻq shamga oʻxshab ketadi. Shamda yonish ozigʻi 
boʻlmasa, muz sumalagi kabi yonmasdan tura beradi. Haqiqiy yor boʻlsa, unga vafo ham 
yor deb bil; umrni ham yori vafodor deb bil. Kimki olamda yorsiz boʻlsa, u shunday bir 
sadafki, yaxshi duri yoʻq. Kishi yolgʻiz oʻzi boʻlsa uning xunari ham yoʻq; yolgʻiz odam 
- odam qatorida sanalmaydi ham. Soʻqqabosh odam orzusiga yetolmaydi; axir, bir qoidan 
ovoz chiqqanini kim eshitgan?! 
Yorsiz kishilarning ohlari gʻam bilan qoplangan. Oʻtun ham bir dona boʻlsa, yonmay 
tutagani tutagan. Toq odamning maishat uyi ham, bilki, doim qiyshaygan; axir, bitta 
ustun butun uyni qachon koʻtarib tura olgan? Burgutning egnidagi bir qanoti sinsa
qancha tez uchsa ham, bir dam ucha oladi, xolos. Nard taxtasining tosida toʻpiq-suyak 
bitta boʻlsa, oʻyinchi oʻyin boshlay olmaydi. Tosh bilan chaqmoqtosh bir-biriga urilmasa, 
bir-biridan uzoq tutilsa, ularning orasidagi masofa - firoq ularning ikkalasini ham 
qorongʻida tutadi. Ular bir-biri bilan bir lahza koʻrishsa ham, ulardan chiqqan oʻtdan 
butun olam ravshan boʻladi. Qalamning ikkiga boʻlingan uchidan bir tomoni sinsa ham, 
kotib xat yoza olmay qoladi. Yo boʻlmasa, jayron bir oʻzi tinch bir joyni koʻzlab 
ketayotgan boʻlsa, kamonkash ovchi, bilki, uning payiga tushadi. Dur aybdan qancha 
uzoq (yagona) boʻlsa ham, lekin yonida la’l ham boʻlsa yomon boʻlmaydi. Kimki gadoy 
boʻlsa, yonida bitta yori boʻlsa, u dunyoga shoh boʻlishdan or qiladi. Lekin shoh 
boʻlsayu, yonida yoru hamdami boʻlmasa, uning ichidagi dard yuki ogʻir boʻladi. Birov 
birovga hamnafas boʻlib, doʻstlik qilsa, kishi har qancha gʻamni ham yengil oʻtkazadi. 
Yor shunday bebaho bir gavharki, unga shoh ham muhtoj, gado ham. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish