Evakuatsiya - evakuatsiya chiqish yo`llari orqali amalga oshiriladi. Odamlarga yong`inning xavfli omillari ta’sir etganda yoki, shunday ta’sir xavfi bevosita taxdid solganda majburiy harakatlanishi qutqarishga kiradi. Qutqarish ishlari ham yong`in o`chirish bo`linmalari yordamida yoki maxsus o`rgatilgan xodimlar tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan holda evakuatsiya va avariya chiqishlari orqali mustaqil amalga oshiriladi. Odamlarni evakuatsiya yo`llarida himoya qilish hajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi. Xona miqyosida evakuatsiya yo`llari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yo`llari orqali, ularda yong`in o`chirish va tutunga qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilinishini ta’minlashi lozim. Xonalar tashqarisida evakuatsiya yo`llarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib, evakuatsiya yo`liga chiqadigan xonalarning funksional yong`in xavfi evakuatsiya qilinuvchilar soni, binoning yong`in bardoshlik darajasi va konstruktiv yong`in xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak.
Xonalarda va evakuatsiya yo`lida osma shiftlar sirti yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi kerak. Umumiy yo`laklarda, ShNQ 2.01.02-04ning 5.9-bandida ko`rsatilgani bo`yicha, me’yorlarda maxsus eslab o`tilgan hollar bundan mustasno, 2 metrdan past balandlikda devorlar sathida gaz quvurlari va yonuvchi suyuqliklar quvur o`tgazgichlari, shuningdek biriktirma shkaflar, kommunikatsiya va yong`in jumraklari uchun shkaflardan tashqari, jihozlar joylashtirishga yo`l qo`yilmaydi.
Zina maydonlari eni, zinapoya enidan kam bo`lmasligi, kengaytirilgan eshikli liftlarga chiqish oldida – zinapoya eni va lift eshigi enining yarmi yig`indisidan, ammo 1,6 m dan kam bo`lmasligi shart. To`g`ri zinapoyalarda ora maydonchalar eni 1m dan kam bo`lmasligi lozim. Zina katagiga chiquvchi eshiklar ochiq holda zina maydonlarini va zina poyalarni enini kamaytirmasligi kerak. Zina kataklarida gaz quvurlari va yonuvchi suyuqliklar quvur o`tgazgichlarini, tirkash shkaflarni, kommunikatsiya va yong`in jumraklari uchun shkaflardan tashqari, elektr kabellari va simlari (yo`laklar zina kataklarni yoritish uchun elektr o`tkazgichlar bundan mustasno) istalgan xonalarni jipslashtirib qurish, yuk liftlari va yuk ko`targichlaridan chiqish joylarini nazarda tutish, hamda devor sathida pog`ona va zina maydonchasi yuzasidan 2,2 m gacha balandlikda, bo`rtib chiqib turuvchi jihozlar joylashtirishga yo`l qo`yilmaydi. Balandligi 28 metr bo`lgan binolarda odatiy zina kataklarida axlat to`plagichlar va xonalarini yoritish uchun elektr o`tkazgichlar nazarda tutishga yo`l qo`yiladi. Oddiy zina kataklarning hajmida faqat saqlash xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Birinchi yoki yerto`la qavatning zina katagining ostida isitish, suv o`lchagich, elektr asboblarni tekshirish uchun xonalarni joylashtirish lozim. Zina kataklari bevosita tashqariga bino atrofidagi hududga chiqishi kerak. Qavat ikkitadan kam bo`lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo`lishi kerak, agar qavatda 2-ta dan kam bo`lmagan evakuatsiya chiqish yo`liga ega bo`luvchi xona joylashgan bo`lsa. Binodan evakuatsiya chiqish joylari va yo`llarning soni, binoning istalgan qavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam bo`lmasligi kerak. Ikki va undan ortiq evakuatsiya chiqish yo`llari mavjud bo`lsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak. Ikki evakuatsiya chiqish joylari o`rnatilgan bo`lsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda yoki binoda mavjud bo`lgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’minlash lozim. Balandligi 15 m dan ortiq binolarda xonalardan tashqari bu eshiklar ochilmagan yoki qalin oynadan bo`lishi kerak.
Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joylari 1,8 m dan kam bo`lishi mumkin emas. Bu chiqish joylarini texnik yerto`lalarda, binodan chiqish joylaridan alohida bo`lishi va bevosita tashqariga olib chiqishi lozim.
Ushbu talablarga muvofiq evakuatsiya chiqish joyi hisoblanadi, agar ular olib chiqsa:
a) yerto`la va sokol qavatlardan bevosita tashqariga olib chiqsa;
b) birinchi qavat xonasidan bevosita tashqariga yoki zina katagi, koridor, vestibyul orqali olib chiqsa;
v) birinchi qavatdan tashqari istalgan qavatning xonasidan koridor, zina katagiga olib boruvchi yoki to`g`ridan to`g`ri zina katagiga olib chiqsa. Bunda zina katagida tashqariga chiqish joy bo`lish kerak yoki vestibyul orqali alohida koridorga tutash joyida to`siqli eshik bo`lishi lozim.
Me’yor talablariga asosan tambur orqali tashqariga chiqish joyini o`rnatishga ruxsat etiladi. Evakuatsiya yo`llari va chiqish joylariga qo`yiladigan talablar qurilish me’yorlari va qoidalari tomonidan belgilanadi. Evakuatsiya yo`llariga koridor, o`tish joyi, foye, zina kataklari va vestibyullar kiradi. Lift va eskalatorlar evakuatsiya yo`llari hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |