Portlashga xavfli aralashma miqdorini hisoblashda quyidagi mulohazalarga e'tibor beriladi:
1) apparatlarning biridan avariya natijasida bino xonasiga xavfli moddaning katta miqdori to’kilishi mumkin;
2) apparatdagi hamma modda tashqariga chiqariladi, bir qismi esa avariya tizimi orqali boshqa idishga o`tkazib yuboriladi;
3) ta'minlovchi trubalardan birida modda to`kilishi xavfi yuzaga keldi va bu oqimni to`xtatib qo`yish davrida ma'lum miqdorda to`kilishi mumkin, avtomatik ravishda to`xtatganda 2 min, qo`lda to`xtatganda 15 min;
4) to`kilgan suyuqlik yuzasida bug`lanish hosil bo`lishi mumkin. Bunday hollarda to`kilgan suyuqlik yuzasini hisoblaganda, agar ma'lumotnomalarda shunga tegishli ma'lumot yo`q bo`lsa, 1 m2 yuzaga 1 L suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi;
5) normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi bo`yalgan yuzalardan bug`lanishni e'tiborga olish lozim;
6) suyuqliklar va suyultirilgan gazlarning bug`lanish davrlari, shu suyuqlik va gaz to`la bug`lanishgacha o`tgan vaqt hisoblanadi, ammo bu vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak;
7) muhitda portlashga xavfli aralashma hosil bo`lishi aralashma alangalanishining quyi chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;
8) hamma hollarda sanoat korxonasi xonasining bo`sh hajmi, ya'ni mashina va mexanizmlar o`rnatilmagan hajmi hisobga olinadi yoki xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi.
Mashina va mexanizmlardan to`kilib, bug`lanish natijasida portlashga xavf tug`diradigan miqdor hosil qiladigan gaz aralashmasining alangalanishning quyi chegarasidagi hajmi quyidagi formula ordamida aniqlanadi:
Vsm=1.5G/Cqch
bunda, Cqch—modda alangalanishning quyi konsentratsiya chegarasi, g/m3; G—binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g.
G=Ga+Gt
bunda, Ga—apparatdan to`kilgan modda miqdori, g; Gt—quvurlardan to`kilgan modda miqdori, g;
Agar xona avariya shamollatish tizimiga ega bo`lsa va tizim puxta ishlovchi avtomat yurgizish tizimiga ega bo`lsa, unda xonaning bo`sh hajmini nt+1 marta ko`paytirib qabul qilinadi
Bunda, n - avariya shamollatishi ta'minlayotgan havo almashish darajasi; t - avariya rejimining ishlash davri, soat.
Sanoat korxonalarining gaz va suyuqlik bug`lar bo`yicha portlashga xavflilik toifalarini quyidagi tartibda aniqlanadi:
1. Apparatdan to`kilib bug`lanish natijasida, 1,5 xavfsizlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda alangalanishning quyi zichlik chegarasida portlash uchun xavfli hajmi aniqlanadi;
2. Sanoat korxonasi xonasining mashina-mexanizmlar bilan to`ldirilmagan bo`sh hajmi aniqlanadi;
3. Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi;
4. Hisoblab topilgan portlovchi aralashma hajmini xonaning bo`sh hajmiga nisbatan to`ldirilish foizi aniqlanadi;
5. Agar hisoblab topilgan gaz havo aralashmasi xona hajmining 5 foizidan ko`p miqdorini egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va yong`inga xavfli toifaga kiradi;
6. Sanoat korxonasi xonasining 5 foizdan ortiq hajmini to`ldiradigan portlashga xavfli parning havo bilan aralasiimasini ta'minlaydigan suyuqlikning bug`lanish davrini aniqlaymiz
5%* 24VxCqch (k P m F),
bunda, 24—bug`larning portlashga xavfli xona hajmining 5 % ni ta'minlash darajasini ko`rsatuvchi yig`indi koeflitsiyenti; Vx— xonaning jihozlardan bo`sh bo`lgan hajmi, m3; Cqch—moddaning alangalanish quyi konsentratsiya chegarasi; g/m3; k—suyuqlik yuzasidagi bug`lanishning borishiga ta'sir ko`rsatadigan harorat va havo harakatiga bog`liq bo`lgan koeffitsiyent. P—to`yingan bug`lar bosimi (suyuqlik yuzasidagi issiqlik bilan havo muhitining haroratidan o`rta arifmetik miqdor chiqarib tashlanadi), Pa; m—moddaning molekular og`irligi; F— suyuqlikning bug`lanish yuzasi m2.
Agar portlashga xavfli havoning par bilan aralashmasining xona hajmiga nisbatan 5 % miqdori, shamollatishning ishlashini hisobga olmasdan hisoblansa yoki shamollatish butunlay ishlamasa, unda suyuqlik yuzasining havo harakati yo`q hisoblanib, K=l qabul qilinadi.
Avariya shamollatishi ishlagan holda, u ta'minlagan havo harakati tezligi hisobga olinadi va k miqdori ma'lumotnomadan olinadi.
Bir necha suyuqliklardan tashkil topgan aralashmaning parlanish davrini aniqlaganda aralashma tarkibiga kirgan moddalaming miqdoriy bosimi qo`yiladi, aralashmaning alangalanish quyi chegarasi Sm (g/m3), Le-Shatele formulasi asosida aniqlanadi.
Cm = 100/(q1/C1 + q2/C2+ ... + qi/Ci),
bunda, q1, q2 qi-aralashma moddalari har birining miqdori, hajmiga nisbatan foiz hisobida. C1, ... Ci—aralashmadagi har bir moddaning alangalanish chegaralari, g/m3.
Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona hajmining 5 foizini bir soatdan kam bo`lgan vaqtda to`ldirgan bo`lsa, bunday sanoat korxonasi yong`inga va portlashga xavfli toifaga kiradi.
Agar aralashma miqdori portlashga va yong`inga xavfli bo`lgan xonaning 5 foizdan oitiq hajmini qoplashga yetarli bo`lgan miqdorga yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to`g`ri kelsa, unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga asosan, uning xonani qoplashini hisobga olgan holda, portlash xavfi yo`q hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |