Sanoat korxonalaridagi yong`inga qarshi oraliqlardagi binolarning o`tga chidamlilik darajasiga nisbati
Bir binoning
o`tga chidamlilik
darajasi
|
O`tga chidamlilik toifasi asosida binolar o`rtasidagi yong`inga qarshi oraliq (m)
|
I va II
|
III
|
IV va V
|
I va II
III
IV va V
|
G va D darajali korxona binolari uchun me’yorlanmaydi
|
9
12
15
|
12
15
18
|
Ba’zi yong`in xavfi deyarli yo`q bo`lgan binolar uchun yong`inga qarshi oraliqlar belgilanmaydi. G va D darajadagi sanoat korxonalari, ularning o`tga chidamlilik toifasi I va II darajali hamda tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan bo`lsa, shuningdek, tashqi devorlari yong`inga qarshi to`siq sifatida qurilgan bo`lsa, yong`inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkin.
Har bir sanoat korxonasi uchun mo`ljallangan bino loyihalanayotgan vaqtda kishilarni u yerdan o`z vaqtida chiqarib yuborish uchun — evakuatsiya yo`llari ham loyihalanadi. Evakuatsiya yo`llari har qanday sanoat korxonasi uchun, albatta, eng kamida ikkita bo`lishi kerak. Yong`in bo`lgan taqdirda ishchi va xodimlar bu hududdan eng qisqa yo`l orqali zudlik bilan chiqib ketishlari zarur.
Evakuatsiya yo`llari binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan bo`lishi shart. Lift va boshqa odamlarni chiqarib tushirishga mo`ljallangan mexanizatsiyalashtirilgan vositalar evakuatsiya yo`llari sifatida hisobga olinmaydi. Evakuatsiya yo`llarining eni 1 m dan, eshiklarining eni 0,8 m, bo`yi 2 m dan kam bo`lmasligi kerak. Yo`lka va zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda odamlarni evakuatsiya qilishga mo`ljallangan zinapoyalar me’yorlar asosida o`rnatiladi. Zinapoya o`rnatilgan kataklar tutun to`planmaydigan bo`lishi, ya’ni, tutunni chiqarib yuborishni ta’minlovchi texnika vositalariga ega bo`lishi lozim. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong`inga qarshi maxsus narvonlar o`rnatilishi kerak. Evakuatsiya yo`llarining hisobi, shu yerdagi umumiy joylarning chiqib ketishi uchun kerak bo`ladigan vaqtni belgilash bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, yong`in sodir bo`lgan vaqtda hosil bo`ladigan tutun nihoyatda katta hajmni tashkil qiladi. Uning tarqalishi va bo`g`uvchi ta’siri natijasida binodagi odamlarni Evakuatsiya qilish qiyinlashadi va alangalanayotgan yerga yetib borishda, o`tni o`chirishda qiyinchiliklar tug`diradi.
Tutun va gazlar eshik, derazalar orqali, shuningdek, aeratsiya fonarlari orqali chiqarib yuboriladi. Tutunni chiqarib yuborish oraliqlari hosil bo`lgan tutunni atrofdagi xonalarga o`tmasligini ta’minlash, shuningdek, yong`inni kerakli tomonga yo`naltirish imkoniyatini berish kerak. Tutunni chiqarib yuborish teshiklari fonarsiz sanoat binolari va omborlarda qo`llanilishi mumkin. Yengil devor konstruksiyalari oldindan hisoblab o`rnatilgan bo`ladi va yong`in natijasida hosil bo`lgan gazlar bosimi xavfli vaziyatni vujudga keltirsa, bu ular qulab, binoning asosiy konstruksiyalariga zarar yetmasligini ta’minlaydi. Yengil konstruksiyalar, asosan, binoning tashqariga chiqib turgan devorlariga yoki to`siqlariga o`rnatilib bosim ma’lum miqdordan oshib ketganda, yig`ilib qolgan gazlarni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |