Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Shikastlanganlarni qidirish usullari



Download 6,65 Mb.
bet81/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Shikastlanganlarni qidirish usullari:

  1. Shikastlanganlarni mexanizatsiyalashgan vositalar (vertolet, samolyot, maxsus mashinalar) bilan qidirish.

  2. Kuzatish yo`li bilan qidirish.

  3. Qidiruv guruhi bilan qidirish.

  4. Sanitariya patrullari.

  5. Sanitariya-xaskashlash yo`li bilan qidirish.

  6. Yoritish moslamalari bilan kechasi qidirish.

Bino va inshootlar qulaganda insonlar vayronalar ostida qolib ketadi va har xil shikast, jarohatlar oladi. Shuning uchun erkin jamoa qutqaruvchilari o`qitilgan, birinchi tibbiy yordam bera oladigan bo`lishlari kerak.
Qutqaruvchilar quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari kerak:
1. Erkin qutqaruvchilar xavfsizlikka rioya qilishlari lozim.
2. Xavfsizlikning eng muhim choralaridan biri birgalikda ishlashdir. Qutqaruvchilar 2 , 3 , 4 va 5 tadan bo`lib ishlashlari kerak.
3. Qutqaruvchi keraksiz bo`lgan xavfga, ya’ni o`zini ochiqdan-ochiq xavfli vaziyatga solib, muammo keltirib chiqarmasligi kerak. Sherik bilan ishlaganda birinchisi qutqarish ishlari bilan band bo`lganda, ikkinchisi uni kuzatib turadi va xavfsizligini ta’minlaydi.
4. Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash uchun kerak bo`ladigan narsalar: kaska (qalpoq), ko`zoynak, changdan saqlovchi niqob (gaz niqoblar, respiratorlar, paxta dokali bog`lamlar), qo`lqoplar, rezina yoki lateks qo`lqoplar, pishiq oyoq kiyimlar, fonar, arqon, tizzani himoya qilish uchun “nakolennik” va markerlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qarashli qidiruv va qutqaruv xalqaro tashkiloti odamlarni vayronalar ostida qutqarishning 6 ta bosqichini ajratadi:

  1. Vaziyatga baho berish.

  2. Injener tarmoqlarini uzish.

  3. Voqea joyini ko`zdan kechirish.

  4. Buzilgan, qulagan binolar ostini tekshirish.

  5. Vayronalarni qisman tozalangandan so`ng tekshirish.

  6. Hech kim qolmaganligiga ishonch hosil qilib, vayronalarni tozalash.

Yuqoridagi 3 ta bosqich “yengil qidiruv va qutqaruv” ishlarini tashkil qiladi va uni erkin jamoat qutqaruvchilari amalga oshira oladi.
Keyingi 3 ta bosqich professional qutqaruvchilar ishtirokida amalga oshiriladi .
Talofatning birinchi kuni, ya’ni dastlabki 24 soat “oltinga teng soatlar“ hisoblanadi, chunki aynan shu daqiqalarda insonlar tirik qolishga, ularni hayotini saqlab qolishga imkon bo`ladi. Afsuski, bu vaziyatlarda o`sha joyda bo`lgan odamlargina bir-biriga yordam bera oladilar. Ko`pchilik hollarda qutqaruv ishlari qo`shnilar va qarindoshlar tomonidan amalga oshiriladi .
Halokatning ilk daqiqalarida har qanday odam yordam ko`rsatishni bilishi kerak. Odam resurslariga quyidagilar kiradi:

  1. Harbiylar

  2. O`t o`chiruvchilar

  3. Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) xodimlari

  4. Militsionerlar

  5. Vrach, hamshira, sanitarlar

  6. O`rgatilgan erkin qutqaruvchilar

  7. Elektriklar

  8. Tarjimonlar

  9. Injenerlar

  10. Arxitektorlar

Birinchi yordam ko`rsatishda dastavval qilinadigan ish — hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirib, qutqaruvchiga, atrofdagilarga yoki jabrlanuvchilarga nisbatan tahdid tug`diradigan narsa bor-yo`qligini aniqlashdan iborat. Agar qutqaruvchining o`zi ham qurbon bo`lsa, u boshqalarga ko`mak bera olmay qoladi. Jiddiy avariya yoki hodisa sodir bo`lgan joyga juda ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish kerak. Hodisa sodir bo`lgan joyda aniq xavf mavjud bo`lsa, qutqaruvchining imkoniyatlari cheklangan bo`ladi. Joyni ko`zdan kechirish paytida o`ziga va atrofdagilarga nisbatan aniq xavf tug`diruvchi hamma narsaga e’tibor berish lozim. Bular: to`kilgan yoqilg`i, chiqayotgan gaz, uzilgan elektr simi, bosib kelayotgan suv oqimi singari tabiiy omillar va hokazolar bo`lishi mumkin. Bunday holatda birinchi yordam ko`rsatish qoidalari asosida harakat qilish lozim. Tez yordam chaqirganda baxtsiz hodisa turi hamda jabrlanganlar soni to`g`risida imkoni boricha aniq, ma’lumot berish, atrofdagilarning hammasini jabrlanuvchilarga yordam ko`rsatishga jalb qilish kerak.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish