Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019



Download 6,65 Mb.
bet83/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

6-rasm. Xavfsizlik kamari.
3. Mashinada xavfsizlik tasmalari bo`lsa, ularni taqib olish, ayni vaqtda shu ishni yo`lovchilar ham bajarishini kuzatish.(6-rasm). Xavfsizlik tasmasi YTHsodir bo`lgan chog`da shikastlanishni ancha yengillashtiradi.
4. Vazni 18 kgdan kam bo`lgan farzandlar ham tasmani ishonchli ravishda taqib olishlari to`g`risida g`amxo`rlik qilish.
5. Alkogol ichimlik ichgach, rulga o`tirmaslik.
6. Piyodalar ko`chani maxsus belgilangan joylardan yoki DAN xodimi ko`rsatmasi bo`yicha kesib o`tishlari lozim.
7. Yo`lka (trotuar) yo`q yo`ldan yurishga to`g`ri kelsa, yo`l chetidan, qarshidan kelayotgan transportga qarab yurish. Kechqurun birorta yaltiraydigan (ochiq rangli, yarqiragan) kiyim kiyish.
8. Mashinaga joylangan hamma buyumlarni mahkamlab qo`yish.
Ehtiyot choralari ko`rilishiga qaramay, baribir, yo`llarda baxtsiz hodisalar sodir bo`lib turadi.
Agar kimdir shunday vaziyatga tushib qolsa yoki yordam berishga qaror qilgan bo`lsa, quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak.
1. Hodisa sodir bo`lgan joyga ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish.
2. Birorta odamni yaqinlashayotgan avtomobillarni ogohlantirish, sekinlashtirish va aylantirib o`tkazib yuborish uchun jo`natish.
Avariya signalini avtomobildan xavfsiz masofaga o`rnatab qo`ying.
3. O`ziga yoki shu yerdagilardan birontasiga xavf solishi mumkin bo`lgan vaziyatni aniqlash.
4. Hodisa sodir bo`lgan joyda ko`pincha odamlar to`planib olishadi. Shu odamlarning xizmatidan foydalanish, ya’ni:
a) bironta odamni tez yordam chaqirishga jo`natish;
b) agar avtomobil qiyalikda turgan va u joyidan qo`zg`alish xavfi bo`lsa, g`ildiraklariga tosh yoki taxta tirab qo`yishni iltimos qilish;
v) agar dvigatel ishlab turgan bo`lsa, uni o`chirib qo`yishni iltimos qilish va h.z.
Tez yordam yetib kelguniga qadar jabrlanuvchilarni saralash, birinchi yordam aptechkasini yoki birinchi yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan boshqa vositalarni keltirib berishlarini iltimos qilish kerak. Mashinalar odatdagi yo`l hodisalari chog`ida portlamaydi, shuning uchun, agar juda zarur bo`lmasa, u mashina ichidami yoki tashqaridami, bundan qat’iy nazar, jabrlanuvchini joyidan qo`zg`atmaslik kerak. Jabrlanuvchining boshini ikki tomonidan qo`l bilan tutib, qimirlamasligini ta’minlash, agar jabrlanuvchini boshqa joyga ko`chirishga to`g`ri kelsa, jabrlanuvchining boshi, bo`yni va umurtqa pog`onasi qimirlamasligini ta’minlash uchun atrofdagilarni yordamga chaqirish lozim. Avariya tufayli jabrlanuvchilarning hammasini aniqlash uchun hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirib chiqishni bironta odamdan iltimos kilib, avariyada qolganlarning hushi o`zidagilaridan mashina ichida nechta odam bo`lganligini surishtirib bilish lozim. Mashinadagi jabrlanganlarni, ularning avtomobilda qanday joylashganligini hisobga olgan holda, qanday shikast yetganini aniqlash uchun ko`zdan kechirib chiqish kerak. Masalan, haydovchi rul chambaragiga urilib, uning ko`krak qafasi shikastlanishi mumkin, old oynaga urilish natijasida esa boshi, bo`yni yoki umurtqa pog`onasi shikastlanishi mumkin va h.z.
Avtomobilda xavfsizlik tasmasidan foydalanmaydigan haydovchilar va yo`lovchilar avariya chog`ida shikastlanish xavfi ostida ko`proq qoladilar. Alkogol ichimlik ichilganmi-yo`qmi, jabrlanuvchidan alkogol ichimlik hidi kelyaptimi-yo`qmi shuni aniqlashga harakat kilish zarur. Jarohatlarning xususiyatidan kelib chiqib birinchi yordam ko`rsatiladi.
Shikastlanish mexanizmi yetkazilgan shikast xarakterini aniqlashga yordam beradi.
Tez yordam yetib kelgach nima hodisa ro`y berganini va qanday yordam choralari ko`rsatilganligini tushuntirib berish lozim.
Voqea sodir bo`lgan joyda jabrlanuvchiga bevosita xavf tug`ilgan holatdagina uni boshqa joyga ko`chirish kerak. So`ng jabrlanuvchining hushi o`zidaligini aniqlab, shu holatda uning nafas olishini hamda tomir urishini tekshirish lozim. Hayot nishonalari bo`lsa, jabrlanuvchining boshini qo`l bilan qimirlatmay ushlab turiladi. Agar nafas olmayotgan yoki tomiri urmayotgan bo`lsa, jabrlanuvchini avtomobildan chiqarib olish zarur.
Buning uchun jabrlanuvchining qo`ltig`idan qo`lni o`tkazib, bilaklaridan mahkam ushlanadi. Chap qo`l bilan jabrlanuvchining o`ng bilagidan, o`ng qo`l bilan chap bilagidan mahkam ushlanadi. Qo`llarni bunday almashlash bilan bog`liq usul jabrlanuvchining tanasi holatini qimirlatmay tutib turish imkonini beradi.
Jabrlanuvchining boshini anatomik holatda tutib turishga harakat qilinadi. Atrofdagilardan birontasidan uning oyoqlarini ushlab turishni iltimos qilib, asta yerga yotqiziladi.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda har tomonlama va zamonaviy moddiy-texnika ta’minoti asosiy shart hisoblanadi. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida, avvalombor, eng asosiy muhofaza tadbirlarini o`tkazish moddiy va texnik vositalarni ishlatish bilan bog`liq.
Moddiy-texnik ta’minot har tomonlama va o`z vaqtida bajarilgandagina muhofaza inshootlarining jamg`armasini yig`ish, aholini ko`chirish va muhofazalash, favqulodda vaziyat sharoitida xalq xo`jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash, avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar o`tkazish tadbirlarini muvaffaqiyatli bajarish mumkin. Texnik ta’minlash fuqaro muhofazasi vazifalarini hal qilishga jalb etiladigan texnikadan to`g`ri foydalanishni, unga xizmat ko`rsatishni, uni tuzatish, evakuatsiya qilishni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat bo`ladi.
Fuqaro muhofazasi moddiy-texnik ta’minoti xizmatining asosiy vazifalari:

  1. Fuqaro muhofazasi tadbirlari moddiy-texnika ta’minotini rejalashtirish;

  2. Shahardan tashqari zonadagi ta’minot bazalari va omborlari tarmog`ini takomillashtirish va kengaytirish;

  3. Shahardan tashqari zonada moddiy zaxiralar va texnik vositalar tashkil etish;

  4. Mahalliy moddiy resurslarni topish va hisobga olish;

  5. Moddiy vositalarni ommaviy qirg`in qurolidan muhofaza qilish usullarini takomillashtirish;

  6. Shu xizmat shaxsiy tarkibini alohida sharoitdagi xatti-harakatlarga tayyorlash;

  7. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibini shaxsiy muhofaza vositalari, kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari bilan ta’minlash;

  8. Moddiy vositalar zaxiralarini toifalangan shaharlardan tashqari zonaga transportda olib chiqish;

  9. Bazalarning, omborlarning zaharlanganlik darajasini nazorat qilish, hamda ularni zararsizlantirish ishlarini olib borish;

  10. Shu xizmat kuch va vositalarini fuqaro muhofazasi tadbirlarini moddiy ta’minlash vazifalarini hal etishga tayyorlash.

Moddiy-texnik ta’minot xizmatining kuch va vositalari baza, ombor, do`kon va obyektlar tuzilmalaridan iborat. Ular tarkibida quyidagilarni tashkil qilish mumkin:

  1. Mexanizatsiya va yuk ortish-tushirish ishlari bo`limi;

  2. Yuk tashish uchun avtomobil karvonlari.




Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish