103
Sinxrosignal bilan
boshqariluvchi sinxron
JK-
triggerni asinxron trigger
asosida sinxrosignal beriladigan kirish yo‘lini qo‘shish
bilan olish mumkin
(5.3.11. rasm.). Bu sxemaning ishlash prinsipi sinxron triggernikidan unchalik farq
qilmaydi. Farqi shuki, sinxron triggerga axborot faqat sinxrosignal berilgandagina
kiritiladi. 5.3.11. rasmda “0” va “1” simvollar orqali triggerning sanoq rejimida
ishlashidagi sinxrosignal berilgunga qadar (qavssiz), ta’siri vaqtida (kichik qavs
ichidagi), ta’siri tugagandan so‘ngi (o‘rta qavs ichidagi) kirish va chiqish yÿllari
signallarining qiymati aks ettirilgan.
Sinxron
JK-
trigger 5.3.11., "b" rasmdagidek shartli belgilanadi.
Nazorat savollari:
1.
Triggerlar qanday tasniflanadi?
2.
RS-trigger tuzilishi va ishlash pritsipi qanday?
3.
T-trigger tuzilishi va ishlash pritsipi qanday?
4.
JK-trigger tuzilishi va ishlash pritsipi qanday?
5.3.11. rasm. Sinxron
JK-
trigger sxemasi (а) vа shartli belgilfnishi (b).
104
VI-BOB. HOTIRALI RAQAMLI QURILMALAR
6.1. Qaydlagichlar
Qaydlagich deb u yoki bu turdagi triggerlarda tayyorlangan va ahborotlarni
saqlash hamda uzatish uchun mo‘ljallangan qurilmalarga aytiladi.
Ahborot
qaydlagichda “0” va “1” kombinatsiyalaridan tashkil topgan ikkilik son
ko‘rinishda saqlanadi. Triggerlar soni saqlanayotgan
sonlarning razryadlarini
aniqlaydi, bunda har bir triggerga mos ravishda vazn koeffitsienti (vazn), ya’ni
qaydlagich razryadi qo‘yiladi.
Qaydlagichda ahborotni qabul qilish (kiritish) operatsiyasi yozish
operatsiyasi yoki yozish deb nomlanadi. Qaydlagichdan
ahborotni boshqa
qurilmalarga uzatish o‘qish operatsiyasi yoki o‘qish deb nomlanadi. Ba’zi hollarda
ahborotni qaydlagichga yozishdan avval uni barcha razryadlarini qoida bo‘yicha
nolga o‘rnatish talab etiladi. Bunday operatsiya qaydlagichni tozalash operatsiyasi
deb nomlanadi.
Ahborotni yozish va o‘qish parallel yoki ketma – ket amalga oshishi
mumkin. Parallel yozishda (o‘qishda) yozilayotgan (o‘qilayotgan) kodning barcha
razryadlari triggerlarda bir vaqtni o‘zida qayd etiladi.
Ketma-ket yozishda va
o‘qishda vaqt bo‘yicha kod razryadma razryad yoziladi va o‘qiladi.
Qaydlagich deb ko‘p xonali ikkili kod ko‘rinishida ifodalangan axborotni
yozish, saqlash va (yoki) siljitishga mo‘ljallangan
tadrijiy uzelga aytiladi
("qaydlagich" so‘zi inglizcha
register
- qaydlash so‘zidan olingan). Ta’rifdan
ko‘rinib
turibdiki, qaydlagichlarda xotirlovchi elementlar bo‘lishi lozim, demak
ular triggerlarda quriladi. Undan tashqari qaydlagichlarda
triggerlar ishlashini
boshqaruvchi yordamchi kombinatsion sxemalar mavjud.
Qaydlagichlarda quyidagi amallar bajariladi:
saqlanuvchi axborotni kiritish va chiqarish;
axborotni saqlash;
saqlanuvchi axborotni o‘ngga va chapga belgilangan xonalar soniga siljitish;
ketma-ket son kodini parallel kodga o‘zgartirish va aksincha.
105
Qaydlagichlar sonlarni ishlashni tashkil etuvchi, ular ustida turli o‘zgartirish
bajaruvchi qurilmalarda ham ishlatilishi mumkin.
Qaydlagichning asosiy vazifasi – ikkili sanoq tizimida ifodalangan ko‘p
xonali sonlarni saqlash. Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: