Harbiy-texnik instituti sh. X. Kamilov raqamli qurilmalar: kombinatsion, ketma-ketli



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/67
Sana02.07.2022
Hajmi3,4 Mb.
#730893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
fayl 1936 20210924

 
 
Ma‟sul muharrir: M.B. Sanginov 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti professori, f-m.f.n., 
dotsent f-m.f.n., professor
 
Taqrizchilar: U. Abduraxmonov 
O‘zMU fizika fakulteti umumiy 
fizika kafedrasi professori, f-m.f.d., professor
T.Z.Nasirov 
ToshDTU «Lazer texnologiyalari va
optoelektronikasi» kafedrasi dotsenti, f-m.f.n., dotsent 
© O’zR MG HTI, 2020
© Kamilov Sherzod Xashimovich, 2020
 
 



KIRISH 
Zamonaviy elektronika analog va impulsli prinsipga ko‘ra tuziladi. Hozirgi 
paytda elektronikada impulsli tizimlarni qurish ustunlik qiladi. Bunda signallarga 
ishlov berishda raqamli ustunligi yuqori. Raqamli prinsip yuqori aniqlik, 
parametrlarni temperatura o‘zgarishlariga kamroq bog‘liqligini, elektroenergiya 
ist’emoli qisqarganida va foydalish ish koeffitsienti oshganida halaqitga yuqori 
bardoshligini ta’minlaydi. Bunda ishlatilgan signallarning shakllari to‘g‘ri 
burchakliga yaqin va kuchlanishning ikkita qayd etilgan darajalariga: past - 
mantiqiy “0” va yuqori – mantiqiy “1” xolati ega. Raqamli signallarga ishlov 
berish qurilmalari ikki sinfga bo‘linadi – bu qurilmaning berilgan funksiyasi uchun 
vaqtning har qanday onida chiqish signallari kirish signallarining kombinatsiyasiga 
bog‘liq bo‘lgan kombinatsion turdagi va ketma-ketli turdagi raqamli qurilmalar. 
Ketma-ketli qurilmada vaqtning har onidagi chiqish signali na faqat kirish 
signallarining kombinatsiyasiga va bajarilayotgan funksiyasiga, shuningdek 
qurilmani avvalgi vaqt onidagi ichki xolatiga bog‘liq. Ketma-ketli turidagi raqamli 
qurilmalar xotirali mantiqiy avtomatlar ham deb nomlanadi. Ularni asosini xotirali 
elementlar – triggerlar va triggerlardagi funksional tugunlar: impuls 
hisoblagichlari, qaydlagichlar, xotirali qurlmalar va analog-raqamli o‘zgartirgichlar 
tashkil etadi. 
Xotirali qurilmalarda ishonchlilikni ta’minlash uchun triggerlarning 
sinxronli va ikkipog‘onali sxemalari qo‘llaniladi. Ketma-ketli qurilmalar 
kombinatsion qurilmalardan ularni ma’lum yo‘l bilan ulash orqali tuziladi. Ketma-
ketli qurilmani sxemali alomati bo‘lib, unda teskari bog‘lanishlar mavjudligi 
xizmat qiladi. Xotirali raqamli funksional qurilma sinxron yoki asinxron prinsipiga 
ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Asinxron turdagi qurilmani asosiy kamchiligi 
turli mantiqiy elementlarda signalni kechikishi hisobiga ishlash qobiliyati buzilish 
mumkinligidir. Masalan, kombinatsion qurilmada butun qurilma kirishidan 
qandaydir mantiqiy element kirishigacha signal o‘tishi uchun ikkita yo‘li mavjud. 
Har bir yo‘l mantiqiy elementlardan tashkil topkan zanjirlardan iborat. Ushbu 
zanjirlarda signalni tarqalishidagi kechikishlar farqlanishi mumkin, bunda 



elementlar xarakteristikalari har-xil bo‘lganligi uchun kechikishlar qiymatlarini 
avvaldan aniqlash qiyin. Birinchi kirish va ikkinchi kirishda signalni paydo bo‘lish 
vaqt intervali orasida element chiqishida yolg‘on signal paydo bo‘lishi mumkin. 
Agar yolg‘on signal ta’sirida elementar avtomatni ulanish-uzilishi paydo bo‘lsa 
qurilmani to‘g‘ri ishlashi buziladi.
Sinxron prinsipiga ko‘ra tuzilgan qurilmalarda avvalgi taktda xosil bo‘lgan 
o‘tish jarayoni tugaganidan so‘ng taktlanuvchi signal ta’sirida elementar 
avtomatlarni ulanish-uzilishi amalga oshadi. Ushbu xolat sinxron turdagi 
funksional qurilmalarni keng tarqalganligini izohlaydi. Agar berilgan funksiyani 
amalga oshirish uchun murakkab kombinatsion sxema kerak bo‘lsa, uni bitta yoki 
bir nechta mikrosxemalar doimiy xotira qurilmasi, qayta yozuvchi xotira qurilmasi 
yoki qayd etuvchi doimiy yozuvchi qurilma bilan tuzish mumkin. 




Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish