Halokatlar 4 xil bo‘ladi:
-Lokal (cheklangan).
-Mahalliy.
-Respublika.
-Transchegaraviy.
1. Mintaqa suv boyligining miqdoriy ko‘rsatgichlari ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, suv bilan bog‘liq bo‘lgan ofat suv oqimlari boshqarilmagan daryo o‘zanlarida sodir bo‘ladi. Suv omborlari emirilgan yoki kanallarining qirg‘oqlari emirilganda ham sodir bo‘ladi. Shuning uchun suv omborlari ko‘p bo‘lgan joylarda (O‘zbekistonda 53 ta suv ombori mavjud) ham sodir bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan Qaynoqqum, Karkidon, Ragun, Nurek bahorlari xavf tug‘diruvchi ob’yektlar hisoblanadi, ayniqsa g‘arbiy vaziyat og‘irlashgan vaqtda. Shu boisdan Chorvoq suv omborining Chirchiq va Toshkent shaharlariga xavfli ekanligini zinhor unutmaslik kerak.
Endi shu hududimizda qancha suv boyligi borligi haqida ma’lumot keltiramiz. Hududimizda suv serobmi yoki etyshmaydimi?Jumladan matbuotda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra:
Amudaryoda - 72,8 km3 (Suv muammolari instituti);
Sirdaryoda - 36,7 km3 (Suv muammolari instituti);
qayta ishlatiladigan suvlar suv boyligining uchdan bir qismini tashkil qiladi, taxminan 30 km3.
Mutaxassislarning ko‘p yillik kuzatashiga ko‘ra, Markaziy osiyoda yil davomida o‘rta hisobda 126,1 km suv hosil bo‘ladi.
Agar suv omborlari qurilib, suv oqimi boshqarib turilmaganda suv toshqini doim bo‘lib turar edi. Faoliyat ko‘rsatib kelayotgan suv omborlari oqim kuchini jilovlab turadi. Lekin, insonlarning hayot faoliyati yomonlashishiga omil bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar vujudga kelgan:
Suv tanqisliganing natijasi - Orol fojiasi birinchi fojia bo‘lsa, oqava suvlar ta’siri ostida daryolarning suv sifatining pasayishi, ichimlik suv zahiralarini linzalarning ishdan chiqishi ikkinchi fojiadir. Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston aholisining talab darajasiga javob bermaydigan suv iste’mol qilishi nihoyatda achinarli hisoblanadi. Buni bartaraf qilishning asosiy omili ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, markazlashgan suv tarmoq va kanalizatsiyani tashkil qilishdir.
2. Ichimlik suv tansiqligi fojiasi. Toza ichimlik holati faqat tog‘lik joylardagina o‘z sifatini saqlab qolgan, qolgan joylarda ichimlik suv etishmaydi va borlari standart talabiga javob bermaydi. Natijada, Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon, CHhrchiq quyi oqimida, katta viloyat markazlarining suv ta’minoti tizimlarida ham suvning sifati yomonlashib bormoqda. Bu esa, kanalizatsiya tizimlarining etishmovchiligi bilan birgalikda asosiy kasalliklar manbai bo‘lib bormoqda. Halokatdan holi bo‘lishning birdan-bir yo‘li suvni qishloq xo‘jaligida ishlatish kerakmi yoki sanoatdami, qaysi biri foydali, ana shuni tushunib etishdadir.
3. Agrometeorologiya (shamol) jarayoni bilan fojialar. Jamiyatimiz rivojlangan sari qishloq tarmog‘i ham takomillashib, dehqonchilik usullari o‘zgarib uning tabiatga salbiy ta’siri ham ortib bormoqda. Tabiat va u orqali insoniyatga ko‘p zarar keltiruvchi omillar bu tuproqning zaharlanishi, erroziyaga (emirilishga) uchrashi sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida 70 xilga yaqin kimyoviy moddalar ishlatilmoqda. Ulardan tayyorlangan zararkunandalarga qarshi zaharlar, barg tushiruvchi defoliantlarni ehtiyot qilib saqlamaslik, me’yoridan ortiqcha sifatsiz foydalanish katta zarar keltiradi. Ma’lumotlarga qaraganda Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida o‘rtacha bir gektar erga 113,7 kg mineral o‘g‘itga, 2 kg zaharli modda ishlatiladi. Ular tuproqqa yig‘ilib shudgor tagiga suv,havo o‘tkazishni, moda almashinuvini, mikroorganizmlarnining rivojlanishini yomonlashtiruvchi zichlashgan qavat hosil qiladi.Ayrim inson organizmi uchun zararli moddalarni Orol bo‘yi xalqlarining qoni va sutida ham uchrayotgani sir emas.O‘zbekistonning 37,9% hududi shamol ta’sirida emirilish jarayoniga uchramoqda. Emirilish tekis shamol yo‘nalishi bo‘ylab shudgorlangan maydonlarda ayniqsa kuchli bo‘ladi. Shamol kuchi 15 m/s dan ortganda, ba’zan shudgorlangan er qavatining 25 sm dan ortig‘i uchirilib ketadi: 3-5sm li qavatlarni uchirib ketish nihoyatda keng tarqalgan.
4. Selning kelib chiqish sabablari va halokatli oqibatlari.Tog‘ hududlarida kuchli yomg‘irlarning yog‘ishi, muzlik va qorliklarning tez erishi natijasida hosil bo‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yon bag‘irlarida nuragan, tog‘ jinsi bo‘laklarini suv oqimi bilan tekislikka qarab oqizib tushirilishiga sel hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan 50-60-%i turli kattalikka ega bo‘lgan tog jinsi bo‘laklaridan, o‘simlik va daraxt; bo‘laklaridan iborat bo‘ladi. Sel oqimining davomiyligi 0,5-2 soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s ga etishi mumkin, sel massasining zichligi esa 1,2-1,9 t\m3 ni tashkil etadi.
Bunday fizik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan oqim juda kata kuchga ega bo‘lib, uning kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin:
V2
R = m
2
R - sel oqimi kuchi, t - sel oqimi massasi, V - sel oqimi tezligi.
Sel jarayoni xalq xo‘jaligaga juda katta zarar keltiradi, oqim yo‘lida uchragan suv inshootlarini, yo‘llarni, qishloq va shaharlarni, bog‘-rog‘larni, ko‘priklarni vayron qilib ketadi, katta maydonlarni loy, qum, tosh qatlamlari bilan ko‘mib tashlaydi.
Sel - arabcha so‘z bo‘lib, tog‘lik hududlardagi suv toshqini ma’nosini anglatadi.
Sel oqimlari o‘zi bilan olib ketayotgan qattiq zarrachalari o‘lchamiga qarab
3 guruhga bo‘linadi:
suv-toshli sellar;
loyqa sellar;
aralash sellar.
Do'stlaringiz bilan baham: |