Hamda mudofaa vazirligi buxoro davlat universiteti


Harbiylashmagan fuqaro muhofazasining shakllanishi, ularning tayinlanishi va ta’minlanishi



Download 3,35 Mb.
bet39/55
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#287190
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
ЧКБТ маруза

Harbiylashmagan fuqaro muhofazasining shakllanishi, ularning tayinlanishi va ta’minlanishi.

Xabar qilish va aloqa guruhi. Aloqa tarmoqlari bazasida ularning boshliqlari tomonidan tuziladi. Ularning asosiy vazifasi favqulodda holatlardan xabardor qilish, fuqaro muhofazasi signallari va xabarlarini uzatishdir.

Jamoat tartibini saqlash komandalari (guruhlari) mahkama qo‘riqchilari qismlari bazasida boshliqlari tomonidan tuziladi. Ularning zimmasiga ob’yektlarni ishonchli qo‘riqlashni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlash, qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borish, niqoblash ishlarini kuzatish yuklatiladi.

Uy joy – kommunal xo‘jaligi va kapital qurilish bo‘limlari bazasida panalanish va bekinish zvenolarini tashkillash. Bu zveno himoya qurilmalarida ishchi va xizmatchilarni joylashtirish rejasini tuzish panalanish joylarini tayyorligini ta’minlash va ulardan foydalanishni to‘g‘ri ta’minlash bilan shug‘ullanadi va qutqaruv ishlarida qatnashadi.

Radiatsiyadan himoyalanish va kimyoviy himoyalanish otryadlari (komanda, guruh, zveno) kimyoviy va markaziy zavod laborotoriyalari bazasida tuziladi. U ishchi va xizmatchilarini himoya qilish, suv ta’minoti, oziq – ovqat, omborlarni radioaktiv va zaharli moddalardan himoya qilish tadbirlarini amalga oshiradi. Yakka va jamoa himoya vositalari texnikalarini yaroqliligini kimyoviy radiatsion kuzatuv postlarida ishni tashkillash va kimyoviy radiatsion oqibatlarini tugatish tadbirlarini o‘tkazish uchun javobgardir.

Yong‘inga qarshi kurashish komandalari yong‘indan saqlanish idora qismlari bazasida tuziladi. U yong‘inga qarshi tadbirni ishlab chiqadi va ularni olib borish uchun nazoratni amalga oshiradi, yong‘inning oldini oladi va o‘chiradi.

Avariya – texnik xizmat komandasi ishlab chiqarish va texnik bo‘limlari bazasida tashkil etiladi. U asosiy qurilmalarda, maxsus muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, avariya oqibatlari va oldini olish bo‘yicha kechiktirilmaydigan ishlar, buzilgan joylarni tozalash va odamlarni qutqarish bo‘yicha barqarorlikni oshirish tadbirlarini olib boradi.

Otryad (tibbiy drujina, tibbiy postlar) poliklinika, tibbiy bo‘linmalar va tibbiy punktlar miqiyosida tashkil etiladi. Sanitar – gigienik va profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Zararlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni davolanish muassasalariga ko‘chirish, ishchilarning oilalarini ko‘chirishda tibbiy xizmat bilan ta’minlashdan iboratdir.

Transport xizmati komandasi – garajlar va transport bo‘limlari miqiyosida tuziladi. U tashish ta’minoti bo‘yicha tadbirlarni, ishchi va xizmatchilarni ko‘chirish va ularni ish joylariga eltish bilan bog‘lik, zararlanish o‘choqlariga kuch va vositalarni tashishni tashkillash, zararlanganlarni ko‘chirish va fuqaro muhofazasining boshqa maqsadlari uchun ishlab chiqariladi va amalga oshiradi.

Moddiy – texnik ta’minoti guruhi – joylarda moddiy texnik ta’minoti bo‘limlari miqiyosida tashkil etiladi. Ularning vazifasi: moddiy – texnik ta’minot rejasini ishlab chiqish, barcha zarur jihoz turlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, barcha buyum va texnikalarni ta’mirlash, ularni ish joylariga tashish, saqlash va hisobi, ishchi – xizmatchilarni joylarda va ko‘chirish o‘rinlarida oziq – ovqat va birinchi zarur buyumlar bilan ta’minlashdan iboratdir.

Elektr ta’minoti va yorug‘likni to‘sish guruhlari – asosiy energetik bo‘limlari miqiyosida tuziladi. Guruh boshlig‘i bosh energetik hisoblanadi. Kuchli bosimli gaz bilan, joylarda yoqilgi va elektr bilan ta’minlaydi. Elektr tarmoqlari turli tizimlari va himoya vositalari, kechiktirilmaydigan avariya – tiklash ishlari, yorug‘likni to‘sish va birinchi navbatdagi tiklash ishlari tadbirlarini rejalashtiriladi.

O‘zbekistonda fuqaro muhofazasini tuzishni tashkillash, vazifasi va roli; favqulotda vaziyatlar bo‘yicha Vazirlik – tabiiy ofat, falokat, halokat oqibatlarini tugatish va ogohlantirish bo‘yicha fuqoro muhofazasini boshkarishga rahbarlik qiluvchi davlat organidir.

Fuqoro muhofazasi qishloq xo‘jaligi joylarda (o‘quv muassasalarida) tashkiliy tizimi. Fuqaro muhofazasi harbiylashmagan, ularning tayinlanishi va jihozlanishi.

O‘zbekiston Respublikasi "Fuqoro muhofazasi to‘g‘risidagi" qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qarori bilan 2000 yil 26 mayda 5-asosiy bobdan va 23 ta moddadan iborat ishlab chiqilgan.

Umumiy koidalar.


  1. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.

  2. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.

  3. Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari.

  4. Fuqaro muhofazasini moliyaviy ta’minlash

  5. Fuqaro muhofazasi ob’yektlari va mol-mulki.

1 – modda: Asosiy tushunchalar;

2 – modda: Fuqaro muhofazasi vazifalari;

3 – modda: Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari;

4 – modda: Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;

5 – modda: Fuqarolar muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik

6 – modda: Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;

7 – modda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari;

8 – modda: Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatlari davlat boshqaruv organi;

9 – modda: Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari;

10 – modda: Mahalliy davlat hokimiyati organlarining (tegishli) fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari.

11 – modda: Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari;

12 – modda: Fuqaro o‘zini – o‘zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi ishtiroki;

13 – modda: Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari;

14 – modda: Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari;

15 – modda: Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.

16 – modda: Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash;

17 – modda: Fuqaro muhofazasi xizmatlari;

18 – modda: Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi;

19 – modda: Fuqaro muhofazasi kushinlari;

20 – modda: Fuqaro muhofazasi tuzilmalari;

21 – modda: Fuqaro muhofazasini moliyalash;

22 – modda: Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlari;

23 – modda: Fuqaro muhofazasi ob’yektlari va mol-mulki.



Tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishida xavfli geologik jarayon va hodisalar muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlar aholini va xalq xo‘jaligi ob’yektlarini muhofaza qilish; xavfli geologik hodisalarning yuzaga kelish sabablari fazoviy tarqalish qonuniyatlari o‘rganiladi, baholanadi bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni qanday amalga oshirilishi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi» qonunning 21, 22, moddalarida bayon etilgan va bunday holatlardagi kerakligi hujjatlar qonunning 3 moddasida aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofazasining majburiyatlari 16 moddada qayd etilgan va mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro muhofazasi borasidagi majburiyatlari 10 moddada bayon etilgan. Er yuzasida sodir bo‘ladigan xavfli geologik jarayon asosan erning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillari ta’sirida bo‘ladi. Bundan tashqari ilmiy-texnik va maxsus adabiyotlarda bayon etilgan ma’lumotlarga ko‘ra geologik muhitga insonning xo‘jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlari ham ta’sir etadi, natijada ko‘lami katta yoki kichik bo‘lgan turli xilda ofatlar vujudga keladi.

Shahar qurilishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me’yorlar va qoidalarga rioya zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga etarli baho berish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1990 yillar oralig‘ida tabiiy favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hatarni kamaytirish xalqaro 10 yilligi deb e’lon qilib, shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari tender asosida xalqaro «RADIUS» loyihasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldilar. «RADIUS» ni dastur bo‘yicha to‘la joriy etish imkoniyati berilgan beshta Addis- Abeba (Efiopiya), Guayakilem (Ekvador), Tixuana (Meksika) Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent ham kiritilgan.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish