Hamda mudofaa vazirligi buxoro davlat universiteti


Ko‘chkilar. Ko‘chkilararo umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari



Download 3,35 Mb.
bet42/55
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#287190
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
ЧКБТ маруза

Ko‘chkilar. Ko‘chkilararo umumiy tushunchalar, kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. Tabiiy favqulodda vaziyat turlaridan yana biri ko‘chki bo‘lib, o‘rganish, baholash, bashorat qilish va undan aholini va xo‘jalik ob’yektlarini muhofaza qilish mamlakat iqtisodini ko‘tarishda muhim hisoblanadi.

Dengiz, soylar va tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan bo‘sh tog‘ jinslari ustki qismining er ustki va ostki suvlari hamda o‘zlari og‘irlik kuchi ta’sirida pastga qarab harakat qilish hodisasi ko‘chki deyiladi.

Ko‘chkilar Qrim, Kavkaz, Volga bo‘yida, Markaziy Osiyoning tog‘lik rayonlarida tez-tez bo‘lib keyingi 15 yil ichida O‘zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bog‘iston, Xo‘jaken Chibarg‘ota va boshqa qishlokdarda, Surxondaryo, Qashqadaryo Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog‘li hududlarida ko‘plab ko‘chki hodisalari ro‘y bermokda.

1911 yilda g‘arbiy Pomirda 9 balli zilzila natijasida Usoy ko‘chkisi hosil bo‘lgan. Mug‘rob daryosi vodiysiga 2,2 m keladigan tog‘ jinsi bo‘lagi ko‘chib, 2,5 km masofani bosib o‘gib daryo o‘zanini 450-500 m qalinlikda, 2 km uzunlikda 1 km kenglikda qumtosh, ohaktosh, gips va boshqa jins tashkil topgan tog‘ to‘sib qo‘ygan. Talafot natijasida qishloqlar ko‘chki ostida qolib 54 kishi nobud bo‘lgan.

1973-1975 yillarda respublikamizning Ohangaron vodiysida asrimizning eng katta ko‘chkisi «Atchi ko‘chkisi» sodir bo‘lgan. Ko‘chkining hajmi 700 mln. m3, satxi 12m qalinligi 80-170 m bo‘lib, 1975 yildan beri ko‘chayotir. Hosil bo‘lish sababi - Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘idagi 130 m chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlaridagi o‘zgarish natijasida ko‘mir yonib gazga aylangan va bo‘shliq paydo bo‘lgan, uning oqibatida ko‘chki vujudga kelgan.

Tojikistonning Hisor rayonining Sharora qishlog‘ida 25 yanvarda katta ko‘chish ro‘y bergan. Ko‘chkining kengligi 400 m, uzunligi 4,5 km, qalinligi 7- 8 metrni tashkil qilgan. Natijada 50 ta uy ko‘milib qolgan, 207 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘chkilar xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. shuningdek, imorat va inshoot, yo‘l, er osti kommunikatsiyasi, kon, tunnel va ko‘priklar mustahkamligining susayishiga yoki butunlay buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 1963 yil 9 oktyabrda Shimoliy Italiyada ro‘y bergan ko‘chkining balandligi 265,5 m bo‘lgan. Vayont to‘g‘onini vayron qilgan. Natijada 3000 ta odam halok bo‘lgan va katta miqdorda moddiy zarar ko‘rilgan.

Tojikistonning Ayniy qishlog‘ida 1964 yil aprel oyida sodir bo‘lgan tog‘ o‘pirilish hodisasi natijasida Zarafshon daryosi butunlay to‘silib qolgan. Faqat olimlarning o‘z vaqtida ko‘rgan chora-tadbirlari tufayligina qishloq va shaharlarning unumli erlari suv bosishdan saqlab qolindi.Tog‘ ko‘chkisi hodisasi ma’lum bir sharoitlarda sodir bo‘ladi, ya’ni jins o‘z joyidan siljishi uchun yonbag‘ir usti tikroq, jins qatlamlari qalin bo‘lishi, atmosfera yorig‘ining mavsumiy yoki yillik miqdori ko‘p bo‘lishi, suv o‘tkazuvchan yoki o‘tkazmaydigan qatlamlar qat-qat bo‘lishi lozim. Yomg‘ir va qor suvlari yonbag‘irlikdagi soz tuproq, qum, ohaktosh kabi jinslarga shimilib, ularni yumshatadi va og‘irlashtiradi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamda grunt suvlari nishabligi bo‘yicha pastga qarab harakat qila boshlaydi va jinslarning tabiiy yopishqoqligini susaytiradi, natijada jinslarni yonbag‘irlikda ushlab turuvchi kuch qiymati uni pastga siljitadigan kuchga nisbatan keskin kamayadi va pastga qarab ko‘chish hodisasi sodir bo‘ladi.

Har qanday ko‘chkining tanasi, tili, markazi, supasi, yorilish yoriqlari va yuzasi deb ataladigan elementlari , ko‘chki tanasi suriladigan massani tashkil qilib, ustki qismining relefi past-balandlikdan iborat . Ko‘chki tanasining bosh qismi yonbag‘irlikdagi uzilish bilan chegaralanadi, uning hajmi asosan ko‘chuvchan qalinligiga va tarqalgan maydoniga borliq bo‘lib, ba’zan bir necha million kub metrni tashkil etadi. Ko‘chki tanasining eng quyi qismi ko‘chki tili deb ayrim hollarda ko‘chki tilining old qismida surilish massasi, ko‘chki hodisasining takrorlanishi natijasida pog‘onasimon maydonlar - ko‘chki supalari hosil bo‘ladi. Suriladigan massaning yuqori qismida yoriqlar paydo bo‘ladi, u yillar o‘tishi bilan kengayib, chuqurlashib ko‘payib boradi va ko‘chki tanasi shu erdan boshlanadi. Ba’zi bir olimlar uni uzilish devori deb ham ataydilar. Uni balandligi bir necha metrdan bir necha o‘n metrgacha, uzunligi yuz metrgacha borishi mumkin.

Yonbag‘irlikdan jinslarning pastga siljishidan hosil bo‘lgan yuza ko‘chki yuzasi deb ataladi. Ko‘chki yuzasinning relefi asosan to‘lqinsimon, yoysimon, tekis, o‘nqir-cho‘nqir bo‘ladi. Ko‘chki jarayonining kuchayishiga odamlarning faoliyati ham katta ta’sir etadi. Masalan, yonbag‘ir erlarni haydash, daraxtlarni qirqish, oqava suvlar oqizish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridan chiqishi natijasida jinslarning ivishi, og‘ir imorat inshootlar, kotlovanlar qurilishi va h.k.

Ko‘chish jarayonini tezlanishiga bulardan tashqari zilzilalar va harakatdagi transport ta’sirida sodir bo‘ladigan er qimirlashlar ham sababchi bo‘ladi.

Ko‘chkilar katta-kichikligi va paydo bo‘lishi harakter qarab oplivinlar, ko‘chish va ko‘chish-ag‘darilmalarga bo‘linadi. Oplivin ko‘chkining biri hisoblanadi. Uning maydoni kichik va chuqurligi 1,0 m dan oshmaydi. Oplivin uzoq vaqt yomg‘ir yog‘ishi, er osti suvining siljishi qorlarning erishi natijasida er yuzasi ustki qismini loyqa yoki suyuq holga kelib, yonbag‘irdan pastga qarab ko‘chki oqib tushishidan hosil bo‘ladi.

Ko‘chkilar katta-katta maydonlarni ishg‘ol qilib qalinligi 5-20 m bo‘lgan jinslarni qiyalik bo‘yicha pastga qarab siljishidan yuzaga keladi. Ko‘chish ag‘darilmalar tog‘li rayonlarda rivojlangan bo‘lib, yonbag‘irlikn nishabligi katta bo‘lganda yuzaga keladi. Tog‘ jinslari pastga qarab siljishi bilan nishablikning tikligi hisobi ma’lum bir qismi ag‘darilmalar ham hosil bo‘ladi.

Ko‘chkiga qarab ko‘riladigan chora-tadbirlar. Ko‘chkiga qarab kurashish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Uning ko‘chki olish va muhofaza tadbirlarini ko‘rish ko‘chishni keltirib chiqaradigan geologik jarayonlarga bog‘liqdir. Unga ko‘ra harakatdagi va harakatdan to‘xtagan ko‘chkilarga bo‘linadi. Agar ko‘chishdan keyin ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, yangi elementlari yaqqol sezilib tursa harakatdagi, agar uning aksi bo‘lsa harakat to‘xtagan ko‘chish deb ataladi.

Ko‘chkiga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar passiv va aktiv xillarga bo‘linadi.

Passiv choralar profilaktik ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘chki yonbag‘rida va zonasida quyidagi ishlar bajarilishini man etadi:

1) yonbag‘irlikni qirqish va tekislash;

2) imorat va inshootlar qurish;

3) portlatish ishlari;

4) kon qazish;

5) og‘ir yukli transportning katta tezlikda harakat qilishi;

6) daraxtlarni rejasiz qirqish;

7) erlarni sug‘orish;

8) oqava, buloq suvlarini oqizish va h.k.

Yuqorida qayd qilingan chora-tadbirlarning mustahkamligini oshirish hamda ko‘chki hodisasini ma’lum bir davrga to‘xtatib turish uchun bajariladi.

Aktiv choralarga yonbag‘irlardagi ko‘chkiga moyil bo‘lgan tog‘ jinslarining harakatini to‘xtatish maqsadida inshootlar qurish tog‘ jinslarining mustahkamligini oshirish uchun maxsus chora-tadbirlar ko‘rish kiradi. Bunday chora-tadbirlar ko‘rish to‘rt guruhga bo‘linadi:

- ko‘chkini keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yo‘q qilish;

- ko‘chkiga moyil bo‘lgan jinslarni ushlab turadigan inshootlar qurish;

- jinslarning ko‘chishga qarshiligini kuchaytirish uchun ularning mustahkamligini sun’iy yo‘l bilan oshirish;

- ko‘chuvchan massani yonbag‘irlikdan butunlay olib tashlash.

Birinchi guruhga taalluqli chora-tadbirlarga dengiz va daryo qirg‘oqlarning namlanishi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning uchun ko‘chish ehtimoli bor bo‘lgan beton plitalar yotqiziladi, to‘lqinlarni qaytaradigan va so‘ndiradigan qurilmalar o‘rnatiladi.

Yer usti suvlarining ko‘chuvchan jinslarga singishi oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni bir yo‘nalishda oqizish, yer yuzasidan filtratsiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gil-beton, shlak, bitum, asfalt, yotqizish lozim bo‘ladi.

Ko‘chuvchan massaning og‘irligini kamaytirish, yer suvlari sathini pasaytirish, erroziya hodisasining rivojlanishini kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish maqsadida yopiq yoki ochiq zovurlar qaziladi, ulardan er osti va usti suvlarini yig‘ish hamda ularni relefni pastki qismlariga oqizish uchun foydalaniladi.

Ikkinchi guruhga kiradigan chora - tadbirlarga tirgak devorlar, ustun qoziqlar va kontrbanketlar qurish kiradi. Ko‘chadigan massani tutib turish uchun ko‘chki tekisligiga nisbatan chuqurroq qilib tirgovuch devor o‘rnatiladi. Yer osti suvlari chiqib ketishi uchun devor tagidan zovur qaziladi. Ustun qoziqlar temirbeton, temir va yog‘ochlardan tayyorlangan bo‘lib, oldindan qazilgan burg‘u quduqlariga tushiriladi, qoziklarning pastki yonbag‘irning turg‘un qismigacha tushiriladi va u ko‘chadigan massani ushlab turadi.

Kontrbanketlar yonbag‘irning nishabligi kichik bo‘lgan taqdirda ko‘chadigan massani ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning uchun yonbag‘irlikdagi do‘ng joylar tekislash chiqqan gruntlar uning etak qismiga yotqiziladi va ko‘chadigan massani ushlab turadigan devor hosil qilinadi.

Uchinchi guruhga taalluqli chora-tadbirlarga ko‘chadigan jinslarning mustahkamligini va yopishqoqligini shu yo‘l bilan oshirish kiradi. Buning uchun tog‘ jinslari silikatlanadi, sementlanadi, bitumlanadi va kimyoviy ishlov beriladi. Bunday ishlar zarur bo‘lgan hollarda ko‘chadigan massaning ayrim uchastkasida bajariladi. Uchastka ko‘chish qiyaligida suv o‘tkazmaydigan ekranlar tirgovuch devor vazifasini ham o‘tashi mumkin.

To‘rtinchi guruhga kiruvchi tadbirlar - ko‘chadigan massani yonbag‘irdan butunlay olib tashlashdan iborat suriladigan massaning qalinligi va katta - kichchik qoyasi qazib olib tashlash mumkin, bu ishni bajarishda buldozerlardan foydalaniladi. Bunday tadbirlar katta kuch va mablag‘ talab qilishiga qaramay GES qurilishida keng va gidrometeorologik favqulodda vaziyatlar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Keyingi vaqtlarga kelib Respublikamiz hududining ko‘pchilik qismida gidrosfera holati o‘zgarishi tufayli aholining hayot faoliyati sharoitiga ta’sir etuvchi vaziyatlar vujudga kelmokda. Bunda umumiy tabiiy geologik sharoitlarni hisobga olmaslik, yangi erlarni o‘zlashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, sug‘orish tizimida zamonaviy samarador texnologik usullarni keng joriy etilmagani sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi paytda yuqorida qayd etilgandek sel, suv toshqinlari, qor ko‘chkilari, kuchli shamollar kabi gidrometeorologik favqulodda vaziyatlar respublika xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar keltirmokda, odamlarning turmush sharoiti yomonlashishiga olib kelmoqda, ayrim hollarda esa aholi nobud bo‘lmoqda. Hanuzgacha viloyat, shahar, tuman hokimliklari tegishli xizmatlarining ruxsatlarisiz xavfli zonalarda tartibsiz ravishda uy-joylar qurilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.

Misol tariqasida agar 1998 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra respublikamiz hududida 600 ga yaqin ko‘chki, sel va suv toshqinlari bo‘lgan bo‘lsa, ularning zararli oqibatlari natijasida 16 ming aholi jabrlangan, moddiy zarar esa 100 mlrd. so‘mdan ortgan. Gidrometeorologiya sohasi mutaxasislarining xulosasiga ko‘ra Respublikada 238 ta xavfli ko‘llar, 46 ming kv, km hududlar suv va sel toshqinlari ro‘y beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bo‘lishiga olib keluvchi daryo va soylar aniqlangan.

Favqulodda vaziyatlardan jabrlangan aholi hosildor, o‘t-o‘simlikka boy, kuchli o‘zlashtirishga qo‘shgan erlarni bo‘sh tashlab qo‘yolmaydi. Shuning uchun falokat qaytalana boradi. Aholi erlarni qaytadan o‘zlashtiraveradi. Uy-joy, chorvachilik korxonalari, ba’zan sanoat korxonalari ham qurila boradi. Natijada aholi orasida halokatga uchraganlar ham uchrab turadi.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish