Hamda mudofaa vazirligi buxoro davlat universiteti


FVDT o‘z ish faoliyatini 3 ta rejimda olib boradi



Download 3,35 Mb.
bet38/55
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#287190
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
ЧКБТ маруза

FVDT o‘z ish faoliyatini 3 ta rejimda olib boradi.

Kundalik ish faoliyati rejimida barcha tashqilotlar, ob’yektlar hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish amalga oshiriladi, kuch va vositalarni tayyorlashni takomillashtirish, aholini muhofazalanish harakatiga o‘rgatish ishlari olib boriladi. Kuchaytirilgan yoki yuqori tayyorgarlik rejimida faoliyat ko‘rsatish favqulodda vaziyat yuzaga kelish xavfi tug‘ilganda yoki sharoit yomonlashgani to‘g‘risida ma’lumot olingan taqdirda joriy etiladi. Favqulodda vaziyat rejimiga, favqulodda vaziyat sodir bo‘lsa, uning oqibatlarini tugatish maqsadida o‘tiladi. Davlat tizimining bunday faoliyat ko‘rsatish rejimlariga ko‘rsatma berish huquqi Respublika prezidenti Fuqaro muhofazasi boshliqlari (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Vazirlar mahkamasi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari) vakolatiga kiradi. Biz yuqorida keltirgan Vazirlar mahkamasining 558-sonli qarorida ko‘rsatilganidek, Davlat tizimi tarkibiga kiruvchi kuch va vositalar quyidagilardan iborat. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish kuch va vositalari, ularga davlat va tashqilotlarni nazorat qilish, kichik funksional quyi tizimlar tasarrufidagi ogohlantiruvchi kuch va vositalar kiradi. Huddi shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari ham mavjud bo‘lib, ular to‘g‘risida batafsil to‘xtalamiz. Davlat tizimining me’yoriy – huqukiy jihatdan faoliyat ko‘rsatish konstitutsiya, qonunlar, Oliy majliya qarorlari, Respublika Prezidenti farmonlari, ko‘rstmalari, Vazirlar maxkamasining qarorlariga asoslangan. Vatanimizda sekin – asta shakllanib o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan mazkur tizim boshqa davlatlarning bu kabi tizimidan bir oz farq qiladi ya’ni, Davlat tizimining asosiy bo‘g‘ini tezkor bo‘ysunuvchi yirik bo‘limdan iboratdir. Bunda turli xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyat sodir bo‘lgudek bo‘lsa, har bir funksional darajadagi vazirlik, idora va muassasalarda shakllangan tezkor bo‘limlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga o‘tib harakat qiladilar. Mazkur holatning afzalligi shundan iboratki, kundalik faoliyatda ular o‘z ishlab chiqarish tarmoqlarida sohasi bo‘yicha ish yuritadilar (Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofa vazirliklari, O‘z ximiya, O‘zbekiston havo yo‘llari. O‘zbekiston temir yo‘llari va boshqalar).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, favqulodda vaziyat sodir bo‘lib, uni bartaraf etishda mazkur tarmoq tashkilotlarining bo‘limlariga ehtiyoj sezilganda ularni jalb qilish maqsadga muvofiqdir.

Ayniqsa, Davlat tizimiga kiruvchi kundalik faoliyati favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish, bashoratlash ishlariga yo‘naltirilgan tashkilotlarning (Boshgidrometereologiya, Sanitariya – epidemiologiya markazi, Seysmologiya instituti, Davlat geologik xavfli hodisalarni kuzatish markazi va boshqalar) o‘rni alohida ahamiyatga ega.

Respublikamiz hududida sodir bo‘lishi bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va zarar keltiruvchi omillarni imkon darajasida kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llash nihoyatda muhimdir. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish esa asosan barcha hududiy va funksional quyi tizimlarni tayyorgarlik darajasi, kuch va vositalar bilan to‘liq ta’minlashiga va o‘zaro yakdillik bilan hamkorlik qilishga bog‘liq. Bular esa O‘zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarda, ularning oldini olish davlat tizimi va shu tizim tarkibidagi barcha muassasa va tashqilotlarning to‘la qonli faoliyat ko‘rsatishi bilan belgilanadi. Ya’ni davlat tizimi mukammal va doimiy ravishda ishlab turishi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday kulfat, ofatlarni oldini olishga imkoniyat berishi mumkin.

Davlat tizimi tuzilishi, undagi jalb etilishi rejalashtirilgan kuch va vositalar bo‘yicha boshqa davlatlarda tuzilgan fuqaro muhofazasi sohasidagi xizmat tizimlaridan ajralib tursa ham, lekin har bir fuqarosi hayoti xavfsizligini ta’minlash, moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlab qolishda muhim vazifalarni bajarishda alohida o‘ringa ega.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish