Hamda mudofaa vazirligi buxoro davlat universiteti


Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi



Download 3,35 Mb.
bet46/55
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#287190
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
ЧКБТ маруза

Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga zahiradagi moliyaviy jamg‘armasi va favqulodda vaziyatlarni tugatish chog‘ida birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun davlat zahirasi tarkibida yig‘iladigan moddiy resurslar zahiralari - respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan;

idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zahirasi, vazirliklar va idoralar mablag‘lari hisobidan;

  • mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zahirasi - mahalliy byudjet mablag‘lari xisobidan ob’ektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zahirasi - korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;

Qizil Yarim oy Jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zahiralari tizimlari.

Moliyaviy va moddiy resurslar zahirasi moddiy boyliklar (xom ashyo, tovar va tayyor mahsulot)iga O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalar korporatsiya, konsern, assotsiatsiya va kompaniyalari, xalq xo‘jaligi ob’ektlarini yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar chog‘ida muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan moddiy boyliklarning alohida jamg‘armasi hisoblanadi.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari nomenklaturasi va hajmlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-sonli qaroriga asosan moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zahira jamg‘armalarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirish borish Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatilgan.

Vazirlik (idora), assotsiatsiya va konsern, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va hokimiyatlar davlat zahirasidan moddiy boyliklarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining qarori asosida olib turishlari mumkin. Bunda davlat zahirasidan olinadigan moddiy boyliklar shu turdagi (soha, marka, o‘lcham) xom ashyo va materiallar miqdorining 30% dan oshmasligi kerak. Olib turilgan moddiy boyliklar davlat zahirasiga 3 oy muddat ichida qaytarilishi lozim. Korxona (tashkilot)larda davlat zaxirasini o‘z vaqtida to‘plash, aniqlash, yangilash va almashtirish uchun javobgarlik vazirlik (idora), assotsiatsiya va konsernlariga, shuningdek tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga yuklatiladi.

Moddiy boyliklarning saqlanayotgan zaxiralari hajmi shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi:

1-guruh - favqulodda vaziyatda zarar ko‘rgan aholiga dstlabki yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan birinchi navbatda zarur bo‘lgan moddiy boyliklar;

2-guruh - yuzaga kelgan vaziyatda aholi hayot faoliyatini ta’minlash va favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatish uchun mo‘ljallangan moddiy boyliklar.

Birinchi guruh tarkibida dastlabki 3-5 kecha-kunduz davomida shikastlangan aholini vaqtinchalik joylashtirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar; barcha turdagi palatkalar va modullar; harakatdagi elektrostansiyalar va elektrokabel mahsulotlari; to‘shaklar, turli adyollar va yostiqlar; issiq ustki kiyim va poyafzallar; isitish pechlari; telefon va radio aloqa apparatlari va uskunalari; shoshilinch va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar va tibbiy uskunalar zahiralari; xalq xo‘jaligi ob’ektlari tuzilmalari (mexanizatsiya guruxi, sanitar drujinalar, avariya-qutqaruv va boshqa- guruhlar) poyafzal, asbob-uskunalar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ikkinchi guruh tarkibida birinchi navbatdagi ishlarni bajarish va sanitar-epidemiologik sharoitni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari; degazatsiya, dezaktivatsiya va dekatizatsiya tadbirlarini o‘tkazish uchun material va uskunalar; aholi hayot faoliyatini ta’minlash maqsadida jabrlangan aholiga yordam berish uchun 10 kecha-kunduzga etadigan oziq-ovqat maqsulotlari; fuqaro muhofazasi maqsadlarida ishlatiladigan avtotransport, muhandislik texnikasi va mehanizmlar uchun yoqilg‘i-moylash materiallari bo‘lishi kerak.

Moddiy resurslar zahiralari hajmini to‘g‘ri aniqlash uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, assotsiatsiya va kompaniyalarning idoraviy obyektlari joylashgan favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari) va hokimiyatlar bilan birgalikda bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, shuningdek shu obyektlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq texnogen xususiyatli yirik avariya va halokatlarning oldini olish va tugatish uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarning hisob-kitobini qilishni tavsiya etadi. Hisob-kitoblar shu obyektniig va yaqin atrofda yashovchi aholining bo‘lishi mumkin bo‘lgan sanitar va o‘lim ko‘rsatkichlari bashoratini o‘zida ko‘rsatishi kerak. Shuningdek xarajatlar smetasida moddiy boyliklar zahirasini yaratish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori ham ko‘zda tutilishi kerak.

Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy jamg‘armalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, sharq xalqlari turmush madaniyati singib ketgan odatlardan biri shuki, mobodo biror qo‘shnida noxush vaziyat sodir bo‘lgudek bo‘lsa atrofdagilar bor imkoniyatidan kelib chiqib, kimdir moddiy yordamni, kimdir moliyaviy yordamni ko‘rsatadi. Bunday hollar Vatanimiz hududidagi Shoximardon, Parkent, Pop va boshqa joylarda sodir bo‘lgan.

Aholining ko‘rsatayottan beg‘araz yordamidan tashqari Halqaro jamg‘armalar, uyushmalar ham moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, Vatanimiz poytaxtidagi 1999 yil 16 fevral voqealarida aziyat chekkan xalqimizga tafaqat hukumat, tashkilotlar tomonidan, balki aholining :naxsiy yordamlarinikg ham o‘rni katta bo‘ldi.

Bunday holatlarda ba’zi xorijiy davlatlar ham chetda turmaydi. Masalan, Turkiyadagi zilzila hodisasida O‘zbekistondan borgan qutqaruvchilar oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechakdan tashqari 200 ming AQSH dollari hisobida moliyaviy yordam berishdi, Bu tadbirlar xalqlar o‘rtasida jipslikni, o‘zaro hurmatni yuzaga keltiradi,

Kuch va vositalardan foydalanish tartibi. Muayyan hududda FVDT kuch va vositalaridan foydalanish tartibi ularning strukturasi va favqulodda vaziyat miqyosiga qarab belgilanadi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ular balansida turadigan avariya ob’ektlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, agar bu birlashmalarning qutqaruvchilarida attestatsiya tartibida tasdiqlangan tegishli tayyorgarlik mavjud bo‘lsa, jamoat birlashmalari ishtirok etishlari mumkin,

Fuqaro muhofazasi harbiy qismlari va shayligi oshirilgan tuzilmalari kuchlar guruhlarining o‘zagi hisoblanadi.

Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar (Q va BSHI) butunlay tugagunicha uzluksiz olib borilishini, kuchlar ko‘paytirila borishini, qutqaruv ishlari fronti kengaya borshini ta’minlash uchun, shuningdek kuch va vositalarni - almashtirib turish uchun fuqaro muhofazasi kuchlari guruhlari bitta yoki ikkita eshelondan va rezervdan iborat bo‘lishi mumkin. Guruhda qancha eshelon bo‘lishi qutqaruv hodimlarining hajmi va bajarilish sharoitiga, qancha kuchlar mavjudligiga ularning shahardan tashqari zonadagi joylashtirilishiga va favqulodda vaziyat zonasida vazifalarni bajarishga shaylanib olish vaqtiga qarab belgilanadi.

Eshelonlar ikkita bo‘lsa, guruhning birinchi esheloni qutqaruv ishlarini darhol yo‘lga qo‘yib yuborishga va yuqori sur’atda olib borishga mo‘ljallangan bo‘ladi. SHu maqsadda birinchi eshelonga favqulodda vaziyat zonasiga qisqa vaqtda etib bora oladigan hamda ishga kirishib oladigan eng harakatchan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va zamonaviy texnika bilan jihozlangan kuchlar kiritiladi.

Ikkinchi eshelon tarkibiga birinchi eshelon tarkibiga kirmagan kuchlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirligining kechroq ishga tushiriladigan kuchlari, ishini davom ettiradigan ob’ektlarning tuzilmalari kiritiladi.

Eshelonlar tarkibiga kirgan kuchlar smenalarga bo‘linadi. Smenalar soni, ularning tarkibi qancha kuch va vositalar mavjudligiga, ularning imkoniyatiga, ish ob’ektlaridagi sharoitga, bo‘lajak ishlar hajmiga, transport imkoniyatlariga, kommunikatsiyalar mavjudligiga hamda kuch va vositalarning favqulodda vaziyat zonasiga etib borish vaqtiga qarab belgilanadi.

Rezervlar Q va BSHI o‘tkazish davomida to‘satdan paydo bo‘ladigan vazifalarni hal etish uchun hamda ishlarni tugallash muddatini qisqartirish, kuchlarni almashtirish, shuningdek kuch va vositalarning yangi ish hududlari (obyektlari)ga o‘tkazish maqsadida eng muhim hududlar va obyektlardagi ishlarni kuchaytirish uchun mo‘ljallanadi.

Rezervlar tarkibiga toifalanmagan ob’ektlar va uzoq hududlarning tuzilmalari, eshelonlar tarkibiga kirmagan harbiylashgan tuzilmalar, hamkorlik rejalariga muvofiq qo‘shnilar ajratadigan fuqaro muhofazasi kuchlari kiritiladi.

Favqulodda vaziyat ko‘lami uni mavjud kuch va vositalar yordamida cheklab olib va tugatib bo‘lmaydigan bo‘lsa, unda yordam berishi mumkin bo‘lgan yoki bunday favqulodda vaziyatni tugatishga rahbarlik qilishni o‘z zimmasiga ola oladigan yuqori rahbar organga murojat qilinadi. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha, tarmoqlar va obyektlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash har bir darajada tegishli byudjetlar, vazirliklar (idoralar) va obyektlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday sharoitda, turli xususiyatga mansub bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzaga kelgudek bo‘lsa, shu joyda favqulodda vaziyatni bartaraf etish komissiyasi tuziladi. Ayrim hollarda favqulodda vaziyatni va uning oqibatlarini tutatish uchun Hukumat komissiyasi tuzilishi mumkin.

Korxona miqyosida komissiyaga korxona rahbari raislik qiladi. Favqulodda vaziyatni bartaraf etilguncha komissiyaning yo‘riqnomalari asosida kuchlar harakatga keladi va mablag‘lar sarf qilinadi. Juda kam holatlarda, agar favqulodda vaziyat ko‘lami respublika yoki transchegaraviy miqyosda bo‘lsa komissiyaga Prezident yoki bosh Vazir raislik qiladi. Favkulotda vaziyatlar davlat tizimining kuchlari Favkulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat kilish davlat tizimi (FVDT) ning kuchlari - bu tinchlik va harbiy davrdagi favkulotda vaziyatlarda aholini va hududlarni mudofaa kilish funksiyasiga ega bo‘lgan barcha davlat, mahalliy, obyekt kurilmalari va bo‘linmalarining majumidir.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish