Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilishni ta‘minlash
Aholini evakuatsiya qilishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maq-ludida ta’minotning quyidagi turlari rejalashtiriladi va amalga oshiriladi: tibbiyot, jamoat tartibini saqlash va transport, yo‘l hara-kili xavfsizligini ta’minlash, muhandislik, moddiy-texnikaviy, aloqa xabarlash, kuzatuv ta’minotlari. Texnogen tusdagi halokatlar va tabiiy ofatlar hududlaridan aholi ko‘chirishga mo‘ljallangan transport vositalari bilan ta‘minlasli, huko‘chirishda tashisb ishlarini bajarishga mo‘ljallangan transport vositalarini tayyorlash, taqsimlash va ishlatishni qamrab oladigan ladbirlar majmuyidir.
Hudud fuqaro muhofazasi bosblig‘iga shu hududda yashovchi aholining xususiy foydalanishida bo‘lgan avtomobillaridan favqulodda vaziyatlar sharoitida foydalanish huquqi berilgan bo‘lib, shu naqliyot egalarining roziligi asosida ular guruh (otryad)larga birlashadi. Xususiy foydalanishdagi transport vositalari oldindan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
Evakuatsiya tadbirlarida qatnashisb, moddiy ta‘minlanish, shuningdek, shu davrda ijtimoiy ahamiyati bor transportlardan aholini muhofaza qilish yuzasidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishdagi xarajatlar qoplanishi xususida avtomobil transport! egalari bilan kelishuv majburiyati tuziladi. Xususiy avtotransport vositalarini ular ro‘yxatga olingan joydagi Davlat avtomobil nazorati (DAN) idoralari saflariga birlashtiradi. O‘zini-o‘zi boshqarish mahalliy tashkilotlari ko‘chirish, tashish ishlarida qatnashgani uchun avtotransport egalarini moddiy-ma’naviy rag‘batlantirishni nazarda tutishlari kerak.
Aholini evakuatsiya qilishni tibbiy ta’minlash sog‘liqni saqlash muassasalarining ko‘chirilayotgan aholi sog‘lig‘ini saqlashga, ko‘chirish mobaynida xastalanib qolganlarga va jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishga, shuningdek, yuqumli I kasalliklar tarqalib ketishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, ! davolash, sanitariya-gigiyenik va yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Evakuatsiya qilinayotgan aholini tibbiy ta’minlash hududiy-ishlab chiqarish tamoyilida amalga oshiriladi. Tibbiy ta’minlashga mazkur hududning tegishli sog‘liqni saqlash rahbarlari boshchilik qiladi.
Jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
— xizmatdagi guruhlar ko‘chirishlar, o‘tkazishda qutqaruv va boshqa qutqaruv tadbirlari o‘tkazish bilan band bo‘lmagan transportda va piyoda fuqarolarni o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutadigan qattiq tartibni (avtomobil shoh yo‘llarini va piyodalar ko‘chalarni to‘sib qo‘yishini) amalga oshirishi;
evakuatsiya qilinayotganlarni Uisliishga mo‘ljallangan transport vositalari texnik holatini oralatib tankib nazorat qilish;
odamlarni FVyuzbergan hududlardanjudatezolibketishni ta’minlash maqsadida to‘xtovsiz o‘tadigan transportlarni safarbar qllishda evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazishga mas’ul mansabdorlarga (Zarurat bo‘lganda) yordam berish.
Evakuatsiya qilinadigan aholi yig‘iladigan joylarda, ko‘chirish yo‘nalishlarida va joylashish manzillarida muhandislik kichik obyektlarini jihozlash yo‘li bilan aholini ko‘chirish uchun kerakli sharoit yaratish muhandislik ta’minotining maqsadi hisoblanadi. Muhandislik ta’minotida bajariladigan ishlar hajmi va tavsifi ko‘chirish sharoiti, turi va ko‘lamiga, qanday kuch va vositalarborligiga hamdajalb qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining mablag‘lari. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lar ekan, ularni bartaraf etishda ma’lum kuchlardan tashqari etarli vosita va mablag‘lardan ham foydalaniladi. Ular tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va moddiy resurslar majmuidan iboratdir.
«Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 26-moddasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralari oldindan, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda Shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratilishi belgilab berilgan.
Moliyaviy va moddiy resurslar zahiralarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
FVDTning asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratishdan iborat. FVDTning har bir darajasi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralariga ega bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |