Адабиётлар:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёёвнинг Ўзбекистон Миллий
университетида Олий таълим ва илмий-тадқиқот муассасалари раҳбарлари, академиклар,
олимлар, ёш тадқиқотчилар билан учрашуви ҳақида// « Халқ сўзи» , 2019 йил 24 май.
2.
Муслимов Н.А., Шарипов Ш.С., Қўйсинов О.А. Меҳнат таълими ўқитиш
методикаси, касб танлашга йўллаш. Дарслик. – Т.: ТДПУ, 2014.
3.
Ўқитишнинг интерфаол усуллари ва тақдимот кўникмалари.-Тошкент:
Минтақавий сиёсат жамғармаси, 2007.
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA “O'ZBEKISTON TARIXI”NI O'QITISH
METODIKASI SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB
MASALALARI
Ю.Ҳайдаров –
Бухоро вилоят ХТХҚТУМОХМ кафедра мудири
Annotasiya: Maqolada malaka oshirish tizimida tinglovchilarga «O'zbekiston tarixi»ni
o'qitishni o'rgatish sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari tahlil etilgan.
Jonajon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida xalq ta'limi
tizimini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yangi O'zbekistonni barpo etishga
kirishganlarining sarchashmalaridayoq, eng avvalo xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarur,
deb hisobladilar. Buning uchun ta'lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish,
mamlakatimizda ta'lim sifatini jahon standartlariga moslashtirish, raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash uchun xorijiy mamlakatlarning eng ilg'or tajribalaridan foydalanishni ustuvor vazifa
sifatida belgilab berdilar.
Yurtboshimiz ta'lim sohasidagi islohotlarning bosh maqsadiga to'xtalib: «Biz ta'lim va
tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini
bugungi
zamon
talablari
asosida
takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»,-deb ta'kidladilar.
31
Bu davrga kelib mamlakatimiz ta'lim tizimida yechimini kutayotgan bir qator muammolar
mavjud edi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida O'zbekiston tarixini o'qitish sifati va samaradorligi
ham bugungi kun talablariga to'la javob bermas edi. Malaka oshirish tizimida fanlarni o'qitish
jarayonlarida ham bu dolzarb masala o'z yechimini to'liq topmayotgan edi.
Bu jarayonlarni tahliliy o'rgangan Yurtboshimiz quyidagicha xulosaga kelgan edilar: “-
Zamonaviy o'quv reja,uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus
fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter
dasturlarini chuqur o'rgatish vazifalari hali sifatli va to'liq holda yechilgani yo'q”.
32
31
(Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild,
"O'zbekiston", 2017, 124-bet).
32
(Shavkat Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T;"O'zbekiston", 2017, 45-46-betlar).
132
Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, O'zbekiston tarixini o'quvchilar ongi va qalbiga
singdirishda ko'zlangan maqsadga erisha olganimiz yo'q. Haligacha mavjud eski qoliplardan to'la
chiqa olganimiz yo'q.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida “O'zbekiston tarixini” o'rgatish, haqqoniy, ilmiy
isbotlangan tarixiy bilimlarni tinglovchilarga yetkazish, ularning bu sohadagi bilim va
malakalarini oshirish uchun malaka oshirish tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-
o'qituvchilarning quyidagilarga rioya etilishi talab etiladi:
- Sobiq sho'ro tuzumi davridagi kodifikatsiya qilingan “rasmiy tarix” ma'lumotlarini berish,
tarix faniga musta'bid tuzum kiritgan paradigmalaridan butunlay vos kechish;
- Sho'ro tuzumi davrida o'rnatilgan O'zbekiston tarixiga selektiv munosabatda bo'lish
(Kerakli shaxslar, voqealar, davrlarni saralab olib, ular asosiga butun tarixni bayon qilish) dan
vos kechish;
- Haqqoniy, ilmiy isbotlangan, mafkuradan holi tarixni yoritish;
- Tariximizda buyuk hodisotlar qatorida tariximizning qora sahifalari ham borligini tahliliy
tushuntirib berish;
- O'zbek davlatchilik tarixini yorqin misollar bilan tushuntirish zarur. Negaki, o'zbek
davlatchiligining qadimiyligi, uning an'analaridan ko'plab xalqlar foydalanganligi tarixdan
ma'lum. Umumiy o'rta ta'lim maktablari darsliklarida qadimgi davlatlar haqida ma'lumot
berilsada, o'zbek davlatchiligining jahon svilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi haqida
gapirilmaydi. O'zbek davlatchiligi tarixini mukammal yoritish uchun tarix fanlari doktori,
professor Azamat Ziyoning 2000 yilda nashr etilgan “O'zbek davlatchiligi tarixi” kitobidan
foydalanish yaxshi samara beradi;
- O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi, O'rta Osiyoda etnognetik jarayonlar, etnomadaniy
rivojlanish masalalari ham yangicha tarixiy tafakkur asosida o'rgatilishi lozim. Bunda akademik
Ahmadali Asqarovning 2015 yilda nashr etilgan “O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi”
monografiyasidan foydalanish keng imkoniyat yaratadi;
- Qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari ham umumiy
o'rta ta'lim maktablari darsliklarida yetarlicha yoritilmagan. Bu masalani to'laroq yoritish uchun
A.Sagdullayevning “Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda” qo'llanmasidan foydalanish
mumkin; - XVII-XIX-asrlardagi iqtisodiy taraqqiyotdagi tanazzul sabablarini ochib berish lozim;
- Xonliklar davri tarixini o'rgatishda hukmdorlarning boshqaruv jarayonidagi ijobiy va
salbiy jihatlarini qiyosiy tahlil asosida tushuntirish usulidan foydalanish lozim. Bunda tarix
fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning 2011-yilda nashr etilgan “Nasrullohhon”
tariximizni yangicha yondashuv asosida tahliliy o'rganilgan tadqiqotlar yordam beradi;
- Jadidlarning yurt taraqqiyoti uchun qo'shgan buyuk hissasini yanada kengroq yoritish
ham bugungi kunda» O'zbekiston tarixi»ni o'qitish oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir;
- Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan O'zbekiston teleradiokompaniyasining
«O'zbekiston tarixi» telekanalida berilayotgan ma'lumotlardan unumli foydalanib borish ham
yaxshi natija beradi;
- Davlatimiz rahbari o'z vaqtida ta'kidlaganlaridek, tarix darslarida zamonamiz
qahramonlari haqida ma'lumot berish, o'quvchilarning yurt taqdiriga dahldorlik hissini
kuchaytirishga yordam beradi.
Malaka oshirish tizimida bu vazifalarni amalga oshirish, Yurtboshimiz O'zbekiston tarixini
o'qitish sifati va samaradorligini oshirish oldiga qo'yayotgan dolzarb vazifalarni bajarishga
xizmat qiladi. Buning uchun “Tarix fanini o'qitish metodikasi” modulini o'tish jarayonida
133
(ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda) innavotsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalangan
holda o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish talab etiladi.
“Tushunchalar tahlili”, “Xulosalash” (“Rezyume”), “Swot tahlil”, “Insert”, “Kichik
guruhlarda ishlash” va boshqa metod hamda texnologiyalaridan foydalanish orqali O'zbekiston
tarixini o'qitish sifati va samaradorligini oshirish borasida ko'zlangan maqsadga erishish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda “O'zbekiston tarixi” fanini o'qitish sifati va
samaradorligini zamon talablari darajasiga ko'tarishda berilgan tavsiya va maslahatlardan unumli
foydalanish orqali ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Bu vazifani bajarishda malaka
oshirish tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilardan yuksak bilim va malaka talab
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |