144
5. Odatda matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni
yechish usullari ham shu bobda ko‘rilgan usullarga bog‘langan holda beriladi, ya’ni muayyan
bo‘limining masalalari qanday yechilishi haqida ko‘rsatma beriladi.
6. Bundan tashqari, darslikdagi masalalar sof matematik masalaning tavsifidan iborat
bo‘lib, odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo‘ladi.
Bizning darsliklarda PISA topshiriqlariga o`xshash masalalar juda kam yoki umuman yo‘q.
Masalalarda ko‘rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi axborot berilib, ularda juda
ko‘p yangi matnli ma’lumotlarning borligi – masalani tushunish
va uni yechishni yana
og‘irlashtiradi.
O‘qituvchilar mazkur topshiriqlardan darsning mavzusini mustahkamlash, takrorlash yoki
hayotiy vaziyatlarda tadbiq qilish bosqichlarida hamda darsdan tashqari to`garak va faklug’atativ
mashg`ulotlarida foydalanishlari mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir PISA topshirig‘ini
o‘rganayotgan vaqtda oldin unga oid tayanch bilimlarni faollashtirish, o‘quvchilarni bu
topshiriqlarni yechishga tayyorlash lozim bo‘ladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga nafaqat chuqur nazariy bilim beriladi,
balki ularda amaliy faoliyatida zarur bo`ladigan ko‘nikma va malakalar ham shakllantiriladi.
Bundan tashqari ularni amaliy ishlarda yuzaga kelgan masalalarni hal etishda matematik usul va
vositalardan mustaqil ravishda foydalanishga o‘rgatish ham o‘ta muhim hisoblanadi.
O‘quvchilarni an’anaviy usullarda o‘qitishda bunday vazifalarni amalga oshirish ancha
mushkul ish. Buni ilmiy-uslubiy jurnallarda e’lon qilinayotgan maqolalar va o‘qitishning yangi
metodlarini izlab topish borasidagi izlanishlar ham ko‘rsatib turibdi. Chunki an’anaviy
o‘qitishning mohiyati o‘quvchilarga faqat ma’lumot berishdan iborat. Bunda asosan tushuntirish-
namoyish metodi ustunlik qiladi. Bu hol esa o‘quvchilarga ilgari olgan bilimlaridan kasbiy ta’lim
fanlarini o‘rganish va ixtisoslikka oid masalalarni
yechishda foydalanish, shuningdek, amaliy
faoliyatida faollik ko‘rsatishlariga katta imkon bermaydi.
Ushbu maqola orqali fan sirlarini o‘rganishlari uchun matematika fani mutaxassislariga
quyidagi kompetentlik shakllangan bo‘lishi lozim deb o‘ylayman:
-
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tarbiyalash, mustaqil ishlash
malakasini hosil qilishga
yordam beruvchi vosita va metodlardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi;
-
fanni o‘zlashtirish uchun tayyor bilimlarni bermasdan, balki fikrlashga undovchi
muammoli vaziyatlarni yarata olishi;
-
matematikadan
turli
mavzularni
o‘rganishda
doimo
aniq
misollar
orqali
ko‘rgazmalilikdan
foydalanishni bilishi;
-
matematikaning boshqa fanlardan farqli go‘zal jihatlarini mavzuga kirishdan oldin
topishga va ochishga o‘quvchining tafakkuri orqali tasavvurini shakllanishiga erishishi;
-
o‘quvchilar o‘qituvchining o‘z fani, shu darsining mavzusi bilan astoydil
shugullanayotganini sezdirishi va o‘ziga ergashtira olishni bilishi;
-
sinfda e’tiborsizlar va zerikuvchilar bo‘lmasligi, matematikani «quruq va qiziqarlimas»
(ko‘plarga shunday tuyuladi) fandan qiziqarli va jozibali fanga aylantirish uchun har bir darsni
turli xil metodlardan foydalanib
tashkil eta olishni bilishi;
-
mavzuni amaliyot, hayot bilan bog‘lash, ko‘plab misollarni tevarak atrofdan izlab topish
va uni o‘quvchining o‘zi yechishiga erishishi uchun yo‘naltiruvchi savollarni qo‘ya bilishi lozim.
Matematika tafakkur va tasavvurni rivojlantirib, aqlni tartibga soladi. Uning amaliy tadbiq
qilinish sohasi juda katta. Siz qaysi fanni o‘rganmang, qaysi oliy o‘quv yurtiga kirmang, qaysi
sohada ishlamang, agar siz o‘sha yerda iz qoldirishni istasangiz, bu fanni bilishingiz zarur.