Men KBI 75 guruh talabasi Murodov Abror 2015 yil 25 iyundan 1 avgustgacha ATB Xalq bank Qashqadaryo viloyati amaliyot bo`limida malakaviy amaliyot o’tadim.
O’zbekiston Respublikkasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 343-sonli Qarori 1-ilovasi 5.1.-bandiga muofiq kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2015-yil 22-iyundan 2013-yil 1-avgustgacha DT “Xalq bank” Qashqadaryo viloyati amaliyot bo`limida malakaviy amaliyotni o’tadim.
Malakaviy amaliyot kunlarida Toshkent Moliya institutining “Bank hisobi va audit” kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan malakaviy amaliyot dasturi asosida amaliyotimni olib bordim:
Bankning tashkiliy tuzilishi, har bir bo’limlarning ish faoliyatiga tavsif
O’zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki hozirgi kunda mamlakatimizdagi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan ko’ptarmoqli yirik bank sanaladi. U Respublikamiz aholisining deyarli barcha qatlamlari bilan o’zining qator xizmatlari orqali chambarchas bog’lik bo’lish bilan birga, kredit muassasalari hamda korxona va tashkilotlarning bank-moliya xizmati bozoridagi ishonchli hamkorga aylanmoqda.
Uning tarixi 1875 yilda Toshkentda birinchi jamg’arma kassasi ochilishidan boshlanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 4 oktyabrdagi № 386-sonli Qaroriga muvofiq O’zjamg’armabank Davlat tijorat Xalq bankiga aylantirilgan. 1995 yil 22 oktabrda Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq faoliyat yurita boshladi. 1995 yil 31 noyabrda xalqaro volyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun Bosh litsenziyaga ega bo’ldi.
Bugungi kunda Davlat tijorat Xalq banki eng yirik va universal banklardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Jamg’arma kassalar fondi bilan hamkorlik qiladi. Bu hamkorlikdan asosiy maqsad mijozlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko’rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, germaniyaning yetakchi moliya institutlarida xodimlar malakasini oshirishdan iborat.
Ayni paytda Xalq bankining 14-ta hududiy, 184-ta tuman va shahar filiallari, 240 dan ortiq minibank hamda 3,5 mingdan ziyod shoxobcha va maxsus kassalarida 12 mingdan ortiq mutaxasis kadrlar mijozga xizmat qilmoqda.
Xalq banki O’zbekistonda birinchilar qatorida (2009 yildan boshlab) xalqaro reyting kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi. Bugungi kunda «Standard and Poors» xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan Xalq bankiga «B+» — Barqaror darajasida reyting belgilangan. Bank shuningdek «Ahbor-Reyting» milliy reyting agentligidan milliy shkala bo’yicha uzA — Ijobiy darajasida kredit layoqatligi reyting darajasiga ega (oxirgi marta 2013 yil dekabr oyida yangilangan).
Davlat tijorat Xalq banki Qarshi shahar filialining tarkibiy tuzilishi 8 ta bo’lim, 35 nafar xodimdan tashkil topgan.
Bank buxgalteriya bo’limining tuzilishi va faoliyati, buxgalteriya xodimlarining vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi, mijozlarga hisob raqam ochilishi bilan tanishdim. Unga ko’ra quyidagilarni ma’lum qilaman:
Banklarda buxgalteriya bo’limining faoliyati “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1834-sonli yo’riqnoma asosida amlga oshirilar ekan. Unga ko’ra quyidagilar bilan yaqindan tanishib chiqdim:
Do'stlaringiz bilan baham: |