Guruh talabasi Murodov Abror


Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi. E



Download 0,73 Mb.
bet9/19
Sana13.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#547808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
ABU 1

Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi. Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat - bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun 001-shakldagi naqd pul qo’yish e’lonlari bo’yicha, boshqa turdagi bir martalik to’lovlarni qabul qilish esa belgilangan 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali ko’rsatilgan 004-shakldagi kvitantsiyani berish bilan amalga oshiriladi.
Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o’zi 3 qismdan iborat:

  1. Badalnomaning o’zi.

  2. Order.

  3. Kvitansiya.

Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko’rsatkichlar to’ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag’i nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to’liq ko’rsatilishi va imzo qo’yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uning uchala qismi bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatiladi. Pul qabul qilish uchun bank­da kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi.
Kassirning stoli ustida pul qo’yuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bo’lmasligi kerak. Kassir ilgari qabul qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan bo’lishi kerakki, mijozga pul qayta sanalayotganligini kuzatib turishga imkon bo’lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali, ko’rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular bir-biriga mos bo’lsa, kassir kvitansiya, badalnoma va unga tegishli bo’lgan orderga imzo qo’yadi, kvitansiyaga bank muhrini bosib, pul topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitansiya mijozga undan pulni qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo’lib hisoblanadi. Badalnomalarni o’zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo’lgan orderni kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga qaytaradi.
Lekin ba’zan shunday hollar ham bo’ladiki, mijoz topshirgan pul summasi kirim kassa hujjatlarida ko’rsatilgan summa bilan to’g’ri kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim kassa hujjatida ko’rsatilgan summa o’zaro mos kelmasa, topshiruvchiga hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitansiyasining orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o’chirib, badalning yangi summasini yozib qo’yadi, shundan so’ng yangi olin­gan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo’natadi. Kvitansiyalar yo’riqnomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo’q qilinadi.
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo’lsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga operatsiya xodimlariga qaytaradi. Kvitansiyalarda qanday sabablarga ko’ra pul topshirilmagani ko’rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar o’chiriladi, kirim hujjatlari yo’q qilinadi.
Kassirlar o’zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya’ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma’lumotnomani tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma’lumotno­mani kassir imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa aylanmalarini ope­ratsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma’lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan so’ng topshiradi. Kassa mudiri esa qabul qilingan pul summasini kassirning ma’lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 - shakldagi daftarga yozib qo’yadi, ma’lumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma’lumotnoma tekshirilgandan so’ng bosh buxgalter yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanib, bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo’yiladi, kvitantsiya naqd pulni topshirgan mijozlarga, orderlar esa — buxgalteriya xodimlariga beriladi. Bank xodimlaridan naqd pul qabul qilib olinganda, kvitantsiya o’rniga kirim kassa orderlarining kassir tomonidan imzolangan va kirim kassasi kassirining muhri qo’yilgan nusxalari beriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan kommunal to’lovlarni (isitish, issiq suv, ichimlik suv, oqova, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun) qabul qilish vaqtida har bir xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan to’lov blankalaridan foydalaniladi.
Barcha bir martalik to’lovlar 002-Sh-TX-shakldagi blankalar yordamida amalga oshiriladi. Blanka xabarnomasining birinchi qismi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qo’yiladi, ikkinchi qismi esa mijozga beriladi. Jismoniy shaxslar soliq to’lovlarini to’lashda, maxsus to’lov blankasidan foydalanishlari lozim. To’lov blankasi uch qismdan — xabarnoma, patta va kirim orderidan iborat. Kirim orderi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, patta soliqlarni to’lagan jismoniy shaxslarga beriladi va xabarnoma tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasi xodimlari (mutaxassislari)ga ularning so’rovlariga muvofiq taqdim qilinadi».
Mijozlar bank hisobvaraqlariga naqd pul qo’yishlaridan avval buxgalteriya xodimlari hujjatlarni ko’rsatib o’tilgan tartibda oldindan tekshirib chiqadilar va rasmiylashtiradilar. Shundan so’ng kirim kassa jurnaliga imzo qo’ydirib, hujjatlar kassaga topshiriladi.
Agar mijoz pulni bank kassasiga bir necha hisobvaraqlar bo’yicha bir necha kirim hujjatlari asosida topshirsa, bu holda kassir pulni har bir hujjat bo’yicha alohida qabul qilib oladi.
Kassirning stoli ustida pul qo’yuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul bo’lmasligi kerak. Kassir tomonidan ilgari qabul qilib olingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi shart. Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlanishi kerakki, unda mijozga pulning qayta sanalayotganligini kuzatib turish imkoni yaratilgan bo’lsin.
Pulni qabul qilib olganidan so’ng, kassir kirim hujjatida ko’rsatilgan summani qayta sanalganda chiqqan summa bilan solishtiradi. Ular mos kelgan taqdirda kassir 001-shakldagi naqd pul qo’yish e’loniga, kvitantsiyaga va unga tegishli bo’lgan order (kirim kassa orderlari)ga imzo qo’yib, kvitantsiya (kirim kassa orderi nusxasi)ga muhr bosadi va uni pul topshirgan shaxsga beradi. Shundan so’ng e’lonning orderini va kirim kassa orderlarining nusxalarini kassir mas’ul ijrochiga yoki kirim kassa jurnalini yurituvchi xodimga yuboradi va naqd pul qo’yish e’lonini o’zida olib qoladi.
Agar mijoz topshirgan naqd pul summasi hujjatda ko’rsatilgan summa bilan o’zaro mos kelmasa, mijozga hujjatni qaytadan to’ldirish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va uning orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib qo’yadi.
Kirim hujjatlari buxgalteriya xodimiga beriladi. Buxgalteriya xodimi kassa jurnalidagi dastlabki ko’rsatilgan summani o’chiradi va qo’yilgan pulning yangi summasini yozib, qaytadan qabul qilib olgan hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni kassaga jo’natadi. Ishdan chiqqan 004-shakldagi kvitantsiyalar ko’rsatilgan tartibda saqlanadi, kirim hujjatlari esa yo’q qilinadi.
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo’lsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitantsiyalar bilan birga buxgalteriya xodimlariga qaytaradi. Pulning topshirilmaganlik sabablari aniqlanganidan so’ng, kvitantsiyalarda qanday sabablarga ko’ra uning topshirilmaganligi ko’rsatilib, hujjatga bank rahbari, bosh buxgalter yoki ularning o’rinbosarlari imzo qo’yadilar.
Bunday hollarda kassa jurnallaridagi yozuvlar o’chirilib, kirim hujjatlari yo’q qilinadi va 004-shakldagi kvitantsiya buxgalteriya xodimlariga qaytarilib, ular tomonidan kvitantsiya daftarchalarining muqovasiga yopishtirib qo’yiladi.
Kassir kassa mudiridan qabul qilib olgan va topshirgan pul summalarini har kuni o’zining 155-shakldagi kitobiga yozib borishi shart.
Bank amaliyot kuni oxirida qabul qilib olingan hujjatlar asosida kirim kassasining har bir kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilib olgan pul summasi bilan solishtiradi. Ma’lumotnoma kassir tomonidan imzolanadi va unda ko’rsatilgan kassa aylanmalarini buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan solishtiradi. Solishtirish kassirning 109-shakldagi ma’lumotnomaga buxgalteriya xodimining imzosi qo’yilishi va kassirlar tomonidan esa buxgalteriyaning kirim kassa jurnallariga imzo qo’yilishi bilan rasmiylashtiriladi. Kirim (chiqim) kassa jurnalini yuritish buxgalteriya xodimlaridan biriga yuklatiladi.
Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 155-shakldagi kitobga imzo qo’ydirib topshiradi.
Kassa mudiri qabul qilib olgan pul summasini kassirning ma’lumotnomasi bilan solishtiradi va qabul qilingan summani o’zining 155-shakldagi kitobiga yozib, ma’lumotnomaga imzo qo’yadi hamda uni 004-shakldagi kvitantsiya blankalaridan to’g’ri foydalanilayotganligini tekshirish uchun bosh buxgalterga beradi. Ma’lumotnoma tekshirib bo’linganidan so’ng, u bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va shu kunning kassa hujjatlariga tikib qo’yish uchun maxsus ajratilgan xodimga beriladi.
To’liq bog’lam va dastani shakllantirish uchun etmaydigan pullar kun oxirida, kassa mudirining ko’rsatmasiga binoan aylanma kassasi kassirlaridan biriga 155-shakldagi kitobga imzo qo’ydirgan holda birlashtirish uchun beriladi.
Zarurat tug’ilgan taqdirda, kirim kassalariga kelib tushgan pullar kassa mudiriga bank amaliyot kuni mobaynida 155-shakldagi kitobga imzo qo’ydirgan holda bir necha marta berilishi mumkin.
Bunday hollarda, kassir pulni berishdan avval, haqiqatda tushgan pulni qabul qilib olingan kirim kassa hujjatlaridagi pulning umumiy summasiga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bank amaliyot kuni yakunlanishiga qadar tushgan barcha naqd pullar, o’sha ish kunining o’zidayoq aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansi bo’yicha tegishli hisobvaraqqa o’tkazilishi lozim.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish