Guruh talabasi Murodov Abror


Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo’yicha quyidagi asosiy talablar qo’yiladi va men bu talablar bilan tanishib chiqdim, unga ko’ra



Download 0,73 Mb.
bet5/19
Sana13.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#547808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ABU 1

Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo’yicha quyidagi asosiy talablar qo’yiladi va men bu talablar bilan tanishib chiqdim, unga ko’ra:
Ish kunining birinchi yarmida (bu vaqt operatsiya kuni deyiladi) bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob-pul hujjatlari shu kunning o’zida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan hisob-kitob-pul hujjatlari, keyingi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
*operatsiya kuni davomida mijozlardan hisob-kitob-pul hujjatlarini bevosita buxgalteriya xodimlarining o’zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kunidan tashqari vaqtda hujjatlar bankka maxsus qurilmalar (qutilar) orqali topshirilishi mumkin. Ulardagi hujjatlar kamida har soatda bir marta olinadi;
*operatsiyalar hajmini tartibga solib turish uchun har bir bankda doimiy ravishda bankka katta miqdorda to’lov hujjatlari taqdim etib turadigan asosiy mijozlardan hujjatlarni qabul qilish jadvali belgilanadi;
*jismoniy shaxslarning (turli badallarni topshiruvchi fuqarolarning, omonatchilarning) hisob-kitob va kassa operatsiyalari ushbu operatsiyalarni bajaruvchi buxgalteriya xodimlari tomonidan operatsiya kuni davomida amalga oshiriladi;
*barcha hisob-kitob-pul hujjatlari bo’yicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshiriladigan to’lovlar, jumladan byudjetga ajratmalar va ish haqi uchun to’lovlar faqat ushbu hisobvaraqlarda mablag’ bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib, har bir bankda mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlar aylanishi jadvali tuzilgan. Unda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hisob-kitob-kassa xizmatlari ko’rsatishning aniq vaqti (oralig’i) hamda hujjatlarga qayta ishlov beriladigan bo’limlardan ular o’tadigan vaqt ko’rsatilgan. Mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlar aylanishi jadvalini bank rahbari tasdiqlagan.


Bankda Bosh kitob (jamlama hisob) va yordamchi kitob ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqdim. Unga ko’ra quyidagilarni o’rgandim:
Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning hisobi har bir turdagi mablag’lar va qimmatliklar bo’yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarda (varaqchalar, kitoblar, daftarlarda) yuritiladi. Bunda ularning maqsadi, shuningdek hisobvaraq egalari ko’rsatiladi.
Hisobvaraqlarning paqami 20 xonali bo’lib, ulapni paqamlash tartibi ishlab chiqilgan.
Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari birlamchi hujjatlar asosida dasturiy yo’l bilan ikki nusxada tayyorlanadi. Ikkinchi nusxa shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma bo’lib xizmat qiladi va mijozga berish yoki jo’natish uchun mo’ljallanadi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan hisob-kitob-pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraqqa quyidagi rekvizitlar yoziladi:
*shaxsiy hisobvaraqning nomi;
*chiqish shaklining paqami;
*shaxsiy hisobvaraqning tartib paqami (ya’ni mashina qo’ygan paqam);
*shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bankning kodi va nomi;
*mijoz shaxsiy hisobvarag’ining paqami va uning nomi;
*hisobvaraqqa xizmat ko’rsatuvchi buxgalterning paqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;
*ishlov berish sanasi;
*hisobvaraqdagi so’nggi harakat sanasi;
*kun boshidagi qoldiq summasi;
*kun oxiridagi qoldiq summasi;
*buxgaltepiya yozuvlapining tartibi bo’yicha paqami;
*hujjat paqami;
*hisob-kitob shakli yoki operatsiya turi (toifasi);
*vakil bankning FO bo’yicha paqami;
*debet bo’yicha aylanmalap summasi;
*kredit bo’yicha aylanmalap summasi;
*debet bo’yicha aylanmaning umumiy summasi;
*kredit bo’yicha aylanmaning umumiy summasi.
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko’chirmalar kompyuter yordamida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda imzolar va bank shtamplari bilan rasmiylashtirilmaydi.
Bosh kitob (jamlama hisob) balans hisobvaraqlari bo’yicha yordamchi kitob (tahliliy hisob) hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar to’plami hisoblanadi.
Quyidagilar Bosh kitob (jamlama hisob) materiallari hisoblanar ekan:
* hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balanslari;
* balans hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalap va qoldiqlar haqidagi jamlama ma’lumotlar;
* oylik, choraklik va yillik saldo aylanma qaydnomalari;
* kassaning kirim va chiqimi bo’yicha kassa daftarlapi;
* mahalliy byudjetlarga ajratmalar qaydnomasi.
Kassa daftarlapi dasturiy yo’l bilan kassa kirimi va chiqimi bo’yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun daftar bo’yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan keyin, birinchi nusxalar yopdamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig’majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivlash uchun mas’ul bo’lgan xodimga bepiladi.
Har kuni dasturiy yo’l bilan oborotlar va hisobvaraqlar qoldiqlari to’g’risidagi jamlama ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining nomerlari, hisobvaraqlar nomlari, debet va kredit bo’yicha kiruvchi qoldiqlar hamda oborotlar, har bir hisobvaraq nomeri bo’yicha chiquvchi qoldiq ko’rsatilar ekan:
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi hamma yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o’tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to’g’ri o’tkazilganligi tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar debet va kredit bo’yicha hujjatlardagi yozuvlar summalarini bank ichida kelib tushgan hujjatlar bilan, shuningdek boshqa banklardan kelgan elektron to’lov hujjatlari bilan bandma-band solishtirish orqali tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiqlar ularni o’tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasidagi qoldiqlar bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik saldo qaydnomasi bo’yicha hamda quyidagilarni taqqoslash yo’li bilan tekshiriladi:
- hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bankning bir kunlik balansi axborot tegishli shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha o’tkazilganidan keyin tuziladi. Kundalik balans to’g’ri tuzilganligi aktiv va passivlarning (majburiyatlar + kapital) qoldiqlar bo’yicha yakunlari tengligi orqali, "Ko’zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari qoldiqlarining yakuni to’g’riligi esa, u o’tgan kundagi balans yakuniga balans tuzilayotgan kundagi kredit oborotlarini qo’shish va debet oborotlari ayirish orqali nazorat qilinadi. Balans aktivi balans passiviga (majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari qoldiqlari) teng.
Balans bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
Banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari mijozlarga normal xizmat ko’rsatilishi, balans o’z vaqtida tuzilishi hamda hujjatlar aylanishi qoidalarga amal qilgan holda tashkil etilishi uchun shaxsan javob beradilar. Shu bois, ish kuni oxirida balans bo’lmasa yoki ish kuni mobaynida mijozlarga xizmat ko’rsatish izdan chiqsa, bank bu haqda, shuningdek yo’l qo’yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida yuqori bankiga xabar qilishi shart.
Banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan muddatda xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha bo’lgan choralar ko’riladi.

Mijozlarga bank hisob varaqlarini ochish tartibi bilan ham tanishib chiqdim. Unga ko’ra:


Bankda mijozlarga hisob varaq ochish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 27 aprelda 1948-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009 yil 16 martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan №697sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida”gi Nizom asosida milliy valyutada hisob-kitob, kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha barcha turdagi xizmatlarni ko’rsatadi.
Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
b) jamg’arma depozit hisobvaraqlari;
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
g) ssuda hisobvaraqlari;
d) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy hisobvarag’ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash yuridik shaxsning asosiy hisobvarag’idan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblar tez va sifatli, mijozlarning manfaatlari va istaklarini hisobga olgan holda qulay va engil amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiyalarning qo’llanishi va Bank xodimlarining yuksak malakasi bank ishini yuritishning xalqaro standartlariga mos va hisob-kitob, kassa xizmatining eng yaxshi sifatda badarilishini kafolatlaydi. Bank har bir mijozga xususiy yondashuv usulida xizmat ko’rsatadi, xizmat ko’rsatishning yuksak sifatini hamda to’lovlarning kam vaqt sarflab tezda o’tkazilishini ta’minlaydi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish