Guruh talabasi Murodov Abror


Buxgalteriya xodimining vazifalari quyidagilar



Download 0,73 Mb.
bet4/19
Sana13.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#547808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ABU 1

Buxgalteriya xodimining vazifalari quyidagilar:
1. Buxgalteriya xodimi tomonidan yuritiladigan hisobvaraqlar bo’yicha bank mijozlari va xodimlaridan qabul qilingan hisob-kitob-pul hujjatlariga tegishli ishlov berish.
Taqdim etilgan hujjatlar bo’yicha naqd pul mablag’lari yoki boshqa boyliklarning o’tkazilishi yohud berilishi mumkinligini bu mablag’lar olinishi kerak bo’lgan hisobvaraqning ahvoliga qarab tekshirish (mazkur hisobvaraqqa qo’yilgan da’volar hamda to’lovlarning belgilangan tartibini hisobga olgan holda depozit hisobvarag’idagi bo’sh mablag’ qoldiqlari etarli yoki etarli emasligi tekshiriladi).
2. Kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi hamda ular kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligi, shuningdek mazkur mijozning ustavi (nizomi)da ko’zda tutilgan faoliyat turiga muvofiqligi nuqtai nazaridan tekshirish.
Xususan, hujjat matnida to’lovlar maqsadi ko’rsatilgani (istisno etiladigan holatlardan tashqari), operatsiya hisobvaraqlarning debeti bo’yicha ham, krediti bo’yicha ham mijoz faoliyati xarakteriga hamda mazkur hisobvaraq maqsadiga mos kelishi tekshiriladi;
- tovarlar va xizmatlar haqini to’lash uchun yozilgan to’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari va hisob-kitob cheklarida tovar-transport hujjatlarining yoki ular o’rnini bosuvchi boshqa hujjatlarning nomerlari hamda ulardagi summalar ko’rsatilganligi tekshiriladi;
- to’lov topshiriqnomalarida davriy to’lovlar bo’yicha hisob-kitob qilish to’g’risidagi bitim sanasi qayd etilgani, ssudalar berish va ssuda hisobvaraqlarini tartibga solish bilan bog’liq hujjatlarda bank rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ijozat ustxatlari borligi tekshiriladi.
3. Akkreditivlar bilan hisob-kitob qilinayotganda barcha hujjatlarning akkreditivlar shartlariga mosligini tekshirish. Cheklar, to’lov va inkasso topshiriqnomalari, to’lov talabnomalari va ularga ilova qilingan tovar-transport hujjatlari yohud ularning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda bu hujjatlar belgilangan shakldagi blanklarda tuzilganini, ularning ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari to’g’ri to’ldirilganligini tekshirish;
- raqam va so’z bilan yozilgan summalarda tuzatish va qo’shimcha raqam kiritish alomatlari yo’qligi, qo’shimcha raqam yozilmasligi uchun cheklardagi bo’sh o’rinlarga chiziq tortilganligi;
- hujjatning qo’shimcha nusxalarining birinchi nusxasiga mos kelishi, hujjatda belgilangan tartibda imzolar va muhr izi borligi, ularning oldindan berilgan namunalarga mosligi;
- to’lanishi lozim bo’lgan taqdim etilgan cheklar nomerlarining imzolar namunalari qo’yilgan varaqchalardagi qayd etilgan nomerlarga yoki mazkur mijozga berilgan chek daftarchalari qayd etish varaqchasiga to’g’ri kelishi;
- egasi ko’rsatilgan cheklar yoki chiqim orderida oluvchining pasportini ko’rsatgani to’g’risidagi yozuvning to’g’riligi, pul va boshqa qimmatliklar olingani to’g’risida egasi ko’rsatilgan cheklardagi chiqim kassa orderlaridagi va boshqa hujjatlardagi tilxatning mavjudligi hamda bu yozilgan tilxatlarning haqiqiyligi.
4. Mijozlarning ish haqi to’g’risidagi taqdim etgan ma’lumotnomalari to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Mablag’lar belgilangan hajm doirasida berilishini nazorat qilish, ish haqi to’lash uchun berilgan mablag’lar hisobini yuritish. Mijozlarga ish haqi jadval bo’yicha to’lanish muddatlariga rioya etilishini, ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlar, shuningdek davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar summalari o’tkazilishini nazorat qilish.
5. Ma’lum bir operatsiyalarni boshlab bergan buxgalteriyaning boshqa xodimlari imzolarini, zarur bo’lgan hollarda tegishli nazoratchi xodimlarning ulardan kelayotgan hujjatlardagi imzolarini oldindan belgilangan namunalarga solishtirish, shuningdek, ularda shaxsiy hisobvaraqlarning raqamlari qonuniy ravishda o’zgartirilganligini va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish. Buxgalteriyaning boshqa xodimlaridan kelib tushgan hujjatlarning shakllari bajarilayotgan operatsiyalar turiga mos kelishini, xususan mazkur operatsiyalarni hisobvaraqlar krediti bo’yicha rasmiylashtirish qoidalarida ko’zda tutilmagan buxgalteriya yozuvlari uchun ma’lumotnomalar tegishli hujjatlarning ( ya’ni to’lov talabnomalari, to’lov topshiriqnomalari, kirim-chiqim orderlari va shu kabilar) nusxalari o’rniga be-rilmayotganini tekshirish.
6. Kassadan kelgan kirim hujjatlaridagi kassirlar imzolarini namunalarga qarab tekshirish.
7. Mijozlarga o’rnatilgan tartibda berilgan naqd pul va hisob-kitob cheklari raqamlarini tegishli varaqchalarda qayd etish va ularning amal qilish muddatlarini tekshirish.
8. Ijro uchun qabul qilingan va ijrochining o’zi tuzgan hujjatlarni imzolash.
9. "Ko’zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlarida hisobga olinadigan hisob-kitob-pul hujjatlari varaqchalarini yuritish.
10. Mijozlarning hisobvaraqlaridan ularga qo’yilgan (talabnomalar) da’volar summalarini amaldagi qonunchilikka binoan to’lov navbatiga rioya etgan holda belgilangan muddatlarda chiqarib olish.
11. Xizmat ko’rsatiladigan mijozlar bo’yicha inkasso hujjatlari kartotekalarini yuritish.
12. Oldindan aktseptlanib, inkasso tartibida to’lab beriladigan hujjatlar summalarining to’lanish muddatlarini, shuningdek zarur hollarda xalqaro hisob-kitoblarda qo’llaniladigan hujjatlarda valyutalash muddatlarini belgilash.
13. Xorijiy banklar va mijozlarning topshiriqnomalariga binoan bajariladigan valyuta operatsiyalari uchun vositachilik haqi, xalqaro telegraf va pochta jo’natmalari uchun qilinadigan harajatlar o’rnini qoplash summalari, shuningdek hujjatlar haqini to’lash yoki qarzlarni qaytarish muddatlari kechikkan uchun penyalar hamda foizlar summalarini hisoblash.
14. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar to’g’riligini tekshirish. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlar to’g’ri aks ettirilgani hisobvaraq debeti bo’yicha bu yozuvlar uchun asos bo’lgan asl nusxadagi hujjatlarga qarab, kredit bo’yicha esa, kelib tushgan hujjatlarning elektron nusxalariga qarab tekshiriladi.
15. Hisobvaraqdagi mablag’lar to’g’risidagi ko’chirmalar bilan birga beriladigan ilovalarni rasmiylashtirish, abonent qutilari orqali bevosita mijozlarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko’chirmalar berish yoki ularni mijozlarga jo’natish uchun ekspeditsiya bo’limiga topshirish.
16. ikkinchi tartibli talab qilib olinadigan (sub) hisobvaraqlaridagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda asosiy hisobvaraqqa o’tkazish.
17. Joriy oydagi shaxsiy hisobvaraqlar ma’lumotlarini yig’ish va saqlash hamda ularni joriy arxivga o’z vaqtida topshirish.
18. Bajarilgan operatsiyalar bo’yicha belgilangan hisobotlarni tuzish.
19. Mijozlar va boshqa banklarning bajarilayotgan operatsiyalarga hamda mazkur bankda xizmat ko’rsatilayotgan mijozlarga doir xatlari va reklamatsiyalarini ijro etish.
20. Hujjatlar aylanish jadvaliga hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish jadvaliga rioya etilishi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish