Naqd pulsiz hisob kitoblar bilan tanishdim.
Pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulli va naqd pulsiz pul aylanishiga bo’linadi.
Chakana savdo va aholiga pullik xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, maishiy xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi va xizmatchilarga ish xaqqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlarga badallar to’lash, uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun olingan kreditlarni qaytarish va boshqa to’lovlar kiradi. Naqd pul aylanishi umumiy pul oborotining taxminan 10 foizini tashkil etadi.
Xalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqadan ikkinchi hisob varaqga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi
Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi xududida naqd pulsiz hisob-kitoblar “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi 2002 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va Adliya Vazirligi tomonidan 15 aprel 2002 yil 1122-son bilan ro’yxatga olingan Nizom asosida olib boriladi. “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida”gi Konunlari va Markaziy bankning O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan nizom bilan tanishib chiqdim unga ko’ra quyidagilarni o’rgandim:
O`zbekiston Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob kitoblarni quyidagi shakllari mavjud:
-To`lov topshiriqnomasi
-Akkreditiv bo`yicha hisob kitoblar
-Inkasso bilan hisob kitoblar
-Chek bilan hisob kitoblar
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi:
-To`lov topshiriqnomasi
-To`lov talabnomasi
- Memorial order
- Inkasso topshiriqnomasi
- Akkreditivga ariza
- Bank hisob kitob cheki
- Plastik kartochka bilan hisob kitoblar
To’lov topshiriqnomalari o’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi
To’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish haqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir.To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib bankka topshiriladi.
“Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi yangi Nizomga asosan to’lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno
To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq. To’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi.
Topshiriqnoma nusxalarining xar biri quyidagicha ishlatiladi:
-birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan, bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan xolda to’lovni oluvchi korxona vakiliga shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirma bilan beriladi;
-uchinchi nusxa operatsiya bajarilgan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi
Lekin xar doim ham bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir xudud tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir xudud ichidagi yoki boshqa xududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan xizmat ko’rsatilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi:
-birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan xolda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi bank bo’limining muhr izi tushirilgan, bank mas’ul ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va topshiriqnomani qabul qilish sanansi ko’rsatilgan xolda to’lovchi korxona vakiliga beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |