Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Sidechain 
(
biror-bir kanalning yoki qurilmaning qandaydir 
ko’rsatgichlarini boshqa bir qurilma yoki signal vositasida boshqarish usuli

texnologiyasining ommaviy ravishda tadbiq etilgan xolda institutsional investorlar 
xuddi entuziastlar kabi bitkoinga butkul ishonib qolishlari mumkin bo’ladi va 
natijada ular bitkoinning kursi oshishiga ishqiboz bo’lib qoladilar va xuddi shu 
yo’sinda o’ynaydilar. Bu xolda esa bitkoinning ehtimoliy narxi 100 ming 
dollargacha ko’tarilishi mumkin bo’ladi. Bitkoinning kelajagi to’g’risida 
al’ternativ pessimistic bashoratlar ham mavjud. Masalan, amerikalik iqtisodchi 
Djefri Sakks ning 
Boston Globe
da yozishicha bitkoin o’ziga xos moliyaviy 
puffak bo’lib, uning kursi insonlar ishonchiga va tezda boyib ketishga bo’lgan 
ishtiyoqiga bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, davlat hech qachon pul emissiyasiga 
bo’lgan nazoratni qo’ldan chiqarishga rozi bo’lmaydi va kriptovalyutalar bozorini 
boshqarish bo’yicha faol tadbirlarni amalga oshira boshlaydi. Morgan Stanley 
banki analitigi Djeyms 
Fasett Business Insider
nashriyotiga bergan intervyusida
“… 
agar kriptovalyutadan to’lov vositasi sifatida foydalanishning imkoni 
bo’lmasa, uning hech kimga keragi bo’lmay qoladi va narxi ham keskin tushib 
ketadi. Davlat organlari ham xuddi shuni amalga oshirish istagidalar
” degan fikr 
bildirgan. Xozirgi paytda kriptovalyutalar yordamida mablag’ ishlab olishning bir 
qancha usullari bo’lib, ular ichida ommaviyrog’i – bitkoinlarni naqd pulga 
sotishdir. Rossiyada bir guruh insonlar ushbu operatsiya orqali 500 million rublni 
naqdlashtirganlar. 2017 yilda ba’zi bir Rossiylik fuqarolar bitkoin sotib olish 
uchun kvartiralarini ham sotganlar. Xatto lo’lilar ham bitkoinga o’xshash 
tangalarni naqd pulga sotayotganlari kuzatilgan. Dindorlarning fikrlaricha, 
kriptovalyuta iqtisodiyotda foyiz mexanizmining amal qilishi tufayli, pul 
massasining real material resurslardan ajralib qolishining yana bir turidir. Ammo 
yahudiylar o’zlarining kriptovalyutalarini chiqarishga ulgurdilar. 2017 yil iyun 
oyida 
Bitcoen
deb nomlangan yahudiy kriptovalyutasi amalga kirdi. Yahudiylar 
jamoasining fikrisha, bu kriptovalyuta spekulyativ operatsiyalar uchun emas, balki 
butun jahon yahudiylarining hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun 


326 
yaratilgan. Ushbu yangi kriptovalyuta faqatgina yahudiy jamoasi tomonidan 
boshqariladi, ammo uni istalgan inson sotib olishi mumkin.
2017 yilda jahonda ilk bitkoin milliarderlari ham paydo bo’lishdi. Ular 
egizak aka-ukalar Tayler va Kameron Uinklvosslardir. Ular 2013 yilda har biri 120 
dollardan bo’lgan bitkoinlardan 11 million dollarlik sotib olishdi va shundan so’ng 
kriptovalyutaning narxi 100 barobarga o’sdi. Natijada aka-ukalar bir yumalab 
milliarderga aylanishdi. Ammo ular o’z bitkoinlarini sotmasliklarini bildirdilar. 
Ular bitkoinni “
oltinning yaxshiroq ko’rinishi
” deb hisoblashlarini aytib, bitkoin 
narxi 2018 yilda 40 ming dollargacha ko’tarilishini bashorat qilishmoqda. 2018 yil 
boshida bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 millard dollarga yetdi.Bunday katta 
miqdordagi o’sishga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, CME va CBOE 
chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha f’yucherslar va optsionlar ishga 
tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda esa kriptovalyutalar tan olinib, 
ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa bir davlatlarda esa qonuniy baza 
ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning raqamli analogini chiqarayotgan 
tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi bitfinex bilan kelishgan xolda 
ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. 
Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o’yinchilari, avtomobil ishlab 
chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta-sekin kriptobozorga kirib 
kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning Vontobel banki ham 
bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi. Yaponiyada esa bitkoin 
rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda ham kriptovalyutalar 
boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga oshmoqda. AQSH 
bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari ham 
kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va 
Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning
kursi o’sishini ta’minlab, uning jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. 
Bitkoinlarni ishlatish ruhsat etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, 
Ekvador, V’etnam va Qirg’izistonni kiritish mumkin. 


327 
Ko’pchilik moliyaviy analitiklarning fikrlaricha va Saxo Bank bashoratiga 
ko’ra, 2018 yilda bitkoinning narxi 60 ming dollarga yetadi va uning bozor 
kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan ham oshib ketadi. Ammo Saxo Bank ning 
valyuta strategi Djon Xardining fikricha bu vaqtga kelib, Rossiya va Xitoyning 
ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga ta’qiq qo’yishi natijasida 2019 yillarda 
bitkoinning narxi ancha tushib ketishi mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga 
kelib 1000 dollar atrofida stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki 
boshqa soha mutaxassislari ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan 
qaramoqdalar. Masalan, TechCrunch ning habar berishicha, xakerlar NiceHash 
kriptobirjasini buzib, undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga 
erishdilar. Natijada 5 mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya 
davlati “

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish