Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Hulosa va takliflar 
Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan 
bog’liq bir qancha taklif va mulohazalarni yoritib o’tamiz. Pullarni har kim va har 
kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi degan savolga ko’pchilik insonlar to’g’ri 
javob bera olmaydilar. Pulni absolyut ko’pchilik qandaydir intuitiv ravishda 
tushunadi va bu ularning pullar bilan foydalanishiga unchalik xalaqit bermaydi. 
Ammo, 

Pul o’zi nima?

Nimaga uning bunaqa ko’plab turlari mavjud va ularning xususiyatlari 
qanday?

Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq ko’rinishlari bormi va qaysi birlari 
yaxshiroq


Kriptovalyutalardan real pul sifatida foydalanish maqsadga muvofiqmi 
yoki yo’qmi?

Kriptovalyuta va tokenlarning o’ziga va qiymatiga davlat kafolat bera 
oladimi? 
kabi bir qancha savollarni mutaxassislardan boshqa insonlar to’liq 
tushunmaydilar va ularga bu kerak ham emas. Ularni ko’proq “
Pullarni qanday 
qilib ko’proq topish va saqlash mumkin?”
degan savol qiziqtiradi xolos. Agarda 
tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida pullarni chiqarish va uni 


332 
boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari shug’ullanadilar. Bunday 
yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, albatta. Agarda bunday 
salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab 
ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’lib hisoblanadi. Shuni ham 
aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni 
tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham, 
internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va shunga o’xshash 
boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi shunday hodisa 
kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda, kriptovalyutalar 
iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida 
paydo bo’lgan. Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan (
halqdan
) chiqqan 
innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (
davlat organlarining
) bunga hech qanday 
aloqasi yo’q. Ya’ni, kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq tomonidan 
ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim hisoblanadi.
Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va uning 
rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida pul 
muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq 
etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman 
bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon 
ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, 
kelishuni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham 
olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu 
siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan 
qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy 
tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi.
Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi 
aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu 
esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga 
surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi 
blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi. 


333 
Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng 
miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob 
tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, 
shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va 
boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn 
texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini 
ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta, 
yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi.
Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga 
o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va 
kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik 
bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi 
kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini 
qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal 
qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday 
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini 
minimallashtirish va qanday qilib bu Yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy 
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu 
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan 
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq 
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham 
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy 
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u 
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini 
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt 
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga 
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq 
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar 
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol 
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (
Fintex
) industriyasi blokcheynni 


334 
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha 
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng 
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati 
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir 
(
adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang
). Biz ham sizni bu 
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga 
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Oxirgi hulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, o’zbek milliy valyutasi – so’mni 
ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali 
ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish 
mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal 
qilish imkonini berar edi. Shu jumladan
:

Joriy bank operatsiyalarining shaffofligini va tezkorligini oshirish; 

Davlat sektori samaradorligini va uning ishlash tezligini oshirish; 

Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish yoki uni nazorat ostiga 
olish; 

Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi 
samarador kurashish; 

Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik 
xolatlariga qarshi samarador kurashish; 

Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga Yangi innovatsion 
imkoniyatlar yaratish; 

Kriptovalyutalar va ICO mexanizmlari yordamida halqaro valyuta-kredit 
resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish; 

Iqtisodiyotga bo’lgan dollar va boshqa valyutalar bosimini kamaytirish va 
shu asosda so’mning raqobatbardoshligini oshirish; 

ICO vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy 
shaxslar uchun Yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga 
tushirib yuborish; 

Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish; 


335 

Kriptovalyuta, ICO va blokcheyn infratuzilmalarini yaratish orqali Yangi ish 
o’rinlarini hosil qilish va zamonaviy information texnologiyalarni 
respublikamizga jalb qilish; 

Innovatsion jarayonlarni jadallashtirish; 

Ichki moliyaviy resurslarni ishlatishda mobillilikni ta’minlash va boshqalar. 
Yana bir imkoniyat sifatida 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish