Qadimiy Xorazm qadamjolari va ziyoratgohlari
Ochilov I. GuDU talabasi
Xorazm- qadimgi Buyuk Ipaky o’ling chorrahasida joylashgan. O’zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega viloyatlaridan biri hisoblanadi. Xivaning xalqaro miqyosda “Ochiq osmon ostidagi muzey shahar”deya ta’rif etilishi va YUNESKOning ro’yhatiga kiritilgani, Xiva ochiq osmon ostidagi muzey,balki mamlakatimizning turizm bozoridan munosib o’rin egallashida mustahkam zamin yaratdi. Mutаxassislarni tahlillariga, ko’ra qadim Xorazm inshootlari, qad rostlagan binolari turistik ekskursiya resurslarining zichligi hamda ular tarkibidagi tarixiy-me’moriy obyektlar ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatimizda, birinchi o’rinda turadi.Xorazm hududi obidalari neolit davridan boshlab, to XIX asrgacha bo’lgan davrni qamrab olgan bo’lib 254 ta madaniy meros yodgorligi bo’lib,shulardan 18tasi arxeologiya, 132 tasi me’morchilik,66 tasi haykaltaroshlik,6 tasi diqqatga sazovar joylar va 32 tasi muqaddas qadamjolardir1. Xorazm viloyatida turizm infrastukturasini rivojlantirish,chet el sarmoyasini jalb qilish zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish,yangi turtistik yo’nalishlarni ishlab chiqish, kabi bir qator masalalar dolzarb hisoblanadi. Turizm tashkiloti sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo’nalishlarni ishlab chiqqan:
-ananaviy yo’nalishlar: Urganch – Xiva – Yangiariq - Bog’ot - Xazorasp yo’nalishlari viloyatimizning eng qadimiy yodgorliklari va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog’liq:
-arxeologik turizm yo’nalishlari:mazkur yo’nalishdagi o’lkamiz tarixiga oid o’zida uzoq o’tmishning sir–sanoatlarini yashirgan eng qadimiy arxeologik yodgorlikla bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi;
-diniy turizm yo’nalishlari: Urganch – Xiva – Shovot - kabi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq:
-ekologik turizm yo’nalishlari: Orolbo’yi ekologik rayoni,qal’alar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga tashrif buyurish bilan bog’liq:
Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi G’oybu qishlog’ida “Ulli hovli” deb ataluvchi majmua bor loydan tiklangan qariyb 100 ta xonadan iborat1.
XVII asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar,turkman madaniyati oid osori-atiqalar, ularni o’rab turgan qo’rg’on saqlanib qolgan.Ushbu qo’rg’on yaqin yillargacha qarovsiz yotar, hovlini ichkarisi-yu tashqarisi yulg’unzorga aylangan.Hozirgi kunda qayta tiklash ishlari borilgan va konturuksiya qilinmoqda. Qal’ajik qal’a eramizdan avvalgi II-I asrlarda qandaydir sabab bilan tashlab chiqib ketishi natijasida qal’a bo’shab qoladi.Eramizning VI-VII asrlarida qal’ajik qal’asi va uni atroflari o’zlashtirildi. Cho’l bag’ridagi sho’rko’l, uning mo’tadil iqlimi va tuprog’i ko’p dardlarga davo sanalgani uchun bu yer hozirda sayyohlar e’tiboridadir. Qal’ajik qal’asining janubi qismi ko’l atrofida dam olish majmuasida yozning iyul va avgust oylarida aholi dam olishi va tibbiy muolaja olishlari uchun uning janubiy qismida sho’r ko’lda cho’milib qal’a bag’ridagi qumga ko’milishadi. Bu yerdagi sho’r ko’lda cho’milish mutaxassislar tomonidan ko’pgina teri kasalliklari, oyoq, qo’l shamollash va boshqa kasalliklarga davo bo’lishi takidlab o’tganlar.4
Xiva shahrida “Ichan qal’ada” joylashgan. Polvonlar piri, shoir, tengsiz pahvalon, po’stindo’z, hunarmand va faylasuf Pahlavon Mahmud Xivada tug’ilgan. Eron, Hindiston va Pokiston xalqlari pirni kurash tushuvchi polvonlarning piri deb tan olishgan. Islom dinining tasavvuf oqimining yetakchi namoyondasi bo’lgan. “Piryovali” taxalluslari bilan she’r yozgan5. Hindistonga borib kurash tushgan, Eron shohini bosh polvonini kurash tushib yengib asirlikdagi xorazmlik yurtdoshlarini qullikdan ozod etib yurtiga qaytargan faylasuf polvondir. Xivadagi musulmonlar uchun yana bir ziyoratgoh Pahlavon Mahmud maqbarasi hisoblanadi. Majmua XIX asrning eng yaxshi me’moriy yodgorliklaridan biri bo’lib,an’anaviy Xorazm uslubida ishlangan. Xalq orasida yengilmas qahramon va tabib sifatida tanilgan XIII asrning shoiri va hunarmandi Pahlavon Mahmudning dahmasi ham shu yerda joylashgan. Dastlab maqbaraning binosi kichikroq bo’lgan, lekin bu joy ziyoratchilar orasida mashhur bo’lib ketganidan so’ng, xonaqoh va masjidlar barpo etilgan. Binoni sirlangan plitalar va tilla suvi yuritilgan. Maqbara 3ta qismdan iborat: qabrxona, xonaqo, yo’lak. Maqbaraning g’arbiy qismida joylashgan xonaga Pahlavon Mahmud dafn etilgan.Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan eshik o’natilgani aytib o’tilgan.Xorazmga kelib, Xivani ko’rmaslik va Xivaga kelib, Polvon Pirni ziyorat qilmaslik, daryo bo’yiga kelib, suvsiz qaytish kabidir.
Vayangan bobo ziyoratgohi - Xorazm viloyati Shovot tumanining Monoq mahallasida joylashgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarga mansub ziyoratgohdir. Bu hudud o’sha kezlarda gullab yashnagan katta Vayangan qal’asi bo’lgan Vayangan bobo shaharni mudofa qilgan avliyo bo’lgan. Keyinchalik bu shahar dushmanlar tomonidan bosib olinib aholisi yoppasiga qilichdan o’tkazilgan. Shahar o’rnini tekshirgan arxeolog olimlar har qatlamda odam uchrayvergan va qazish ishlarini to’xtatishga majbur bo’lganlar. Muqaddas dinimizda marhumlarni bezovta qilmaslik buyurilgani bunga sabab maqsadida maqbara qurilgan. Maqbara yonida shifobaxsh tuzli kichik ko’l bo’lib odamlar ming dardga deb shifo izlab keladilar bu dargohga. Vayangan bobo ziyoratgohi yil davomida chet ellik va mahalliy sayyohlar bilan gavjumdir, bundan tashqari xorazmda yana “Sir Allouddin pir”, “Uch avliyo bobo”, “Said Mohi Ro’yi Jahon”, “Abdol Bobo” , “ Shayx Muhtor Valiy” ziyoratgohlari ham xorazmning eng qadimiy qadamjolaridan biridir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak hozirgi pandemiya davrida aholimizni vaqtini mazmunli o’tazish va chet ellik sayyohlarni ko’proq jalb qilish yo’llarini topishimiz kerak. Zero hozirgi paytda iqtisodiyotimizni rivojlantirishda turizm katta ahamiyatga ega hisoblanadi, men o’zim shu Xorazm diyorida tug’ilganimdan behad faxrlanaman, nafaqat faxrlanish balki, Xorazm diyorida yana qanchadan-qancha ziyoratgohlar muqaddas joylar bor shularni dunyoga tanitmoqchiman. Hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot ojizlik qilgan hayotdan umidini uzgan odamlar kelib ziyoratgohlarimizda shifo topishmoqda.Xatto chet elliklar masalan, Toshhovuz, Shimkent, Dushanbe va boshqa shaharlardan kelib shifo topib Xorazm diyoriga tasanno aytishmoqda.Ziyoratgohlarga borish bu, shunchaki sayohat emas, bu o’zligini anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo’ldir.Xorazm ahliga asli tarixdan ilohiy kuch qudrat ato etilgan manbalarda keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |