Гулистон давлат университети “ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашда маҳаллий археологик материалларнинг роли”


Dalvarzintepa Kushon davlatining poytaxti



Download 1,55 Mb.
bet72/78
Sana25.02.2022
Hajmi1,55 Mb.
#272502
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
КОНФЕРЕНЦИЯ материали

Dalvarzintepa Kushon davlatining poytaxti
Narzullayev B. GulDU talabasi.

Dalvarzintepa- shahrining shakllanishida muhim o`rin tutgan Kushon davlati tarixi davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo`lgan davlat hisoblanadi. Bu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo`lib, bulardan biri Amudaryo bo`yidagi Tarimta (Termiz) bo`lsa, ikkinchisi esa Chag`onrut (Surxondaryo) bo`yidagi Dalvarzin shahri bo`lgan. Dalvarzintepa - Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidan 10 km shimoli-sharqda joylashgan, maydoni 47 gektarni tashkil etib, 2 qisimdan iborat qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 metr) bilan o`rab olingan shoh saroyi qal’asi va shaharning o`zidan iborat. Shahar ham mudofaning istehkomli tizimida ega bo`lib, bu yerda aslzodalar, hunarmantlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan1.


O`zbekiston san`atshunoslik ilmiy tadqiqot insititutining san`atshunoslik ekspedidsiyasi Dalvarzintepada 1962-yil daslabki tekshiruv ishlarini va 1968-yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlari olib boradi. Dushanba shahrida “Kushonlar davrida Markaziy Osiyo” mavzusida o`tgan xalqaro simponzim (1968)da ekspedidsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o`rganish natijasida) asosida Kushon Podsholigining daslabki poytaxti Dalvarzin o`rnida bo`lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. avv. II asr oxri I asrlarda hozirgi Dalvarzin o`rnida kichik manzilgoh paydo bo`lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Mil.avv.I asr oxiri va milodning boshlarida Shimoliy Baqtirya hududida Dalvarzindan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayt etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan Shoh ko`chalar, shuningdek, tor ko`chalar bo`lgan. Kengligi 12 metrga yaqin Shoh Ko`chalarda biri Badavlat fuqorolarning uylaridan ikkitasiga (DT-5 va DT-6 borib taqaladigan badavlat fuqorolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo`rg`on) yaqin yerda hunarmand va kulolarning uylari joylashgan. Dalvarzining shimoli-g`arbiy qismida Kushon ma`budalaridan biriga bag`ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etiladigan daxma topilgan. Asosiy shoh ko`chalar biri o`tgan shahar markazida Budda, majmuasi-ulug`vor haykallari bo`lgan ibodatxona qad ko`targan. Milodiy 4 asr boshlarida Kushon podsholigi Eftallar tomonidan zabt etilgandan keyin Davan vayron qilinib hozir faqat uning bir qismigina (qal`a (hisor) shoh saroyi o`rnida) saqlanib qolgan. Dalvarzintepada mahalliy va xorijiy qadimshunoslar qariyb 50 yildan buyon arxeologok tadqiqotlar olib borib, bu yerda qadimgi shaharlar zodagonlarning uylari, diniy inshootlar, shaharning buddaviylik ibodatxonalari, mudofaa istehkomlarini atroflicha o`rgangan. Dalvarzintepada yaqinda topilgan Bino va sag`ana qoldig`i bo`lib, uning eng pastki qatlamida odamlar yotgan holda Xumga ko`milgan ekan. O`rta qatlamda avval daxmada tozalangan odam suyaklari qayd qilingan. Demak, o`rta qatlamda ko`milgan odamlar Zardushtiylarning odatiga binoan ko`milganlar. Yuqori qatlam odamlar bir-birlari ustiga ko`milgan. Mazkur sag`analar mil.avv.II-I asrlarda qurilgan bo`lib, undan Kushonlar davrida ham foydalanganlar. Bu yerdagi qazish ishlariga rahbarlik qilgan arxeologik E.V.Retveladzening fikricha, mazkur sag`analar bir urug`ga qarashli bo`lganligini aytadi. G.A.Pugachenkovaning fikricha, Kushonlarning Ilk Poytaxti hozirgi Sho`rchi tumanidagi Dalvarzintepa xarobalari o`rnida bo`lgan.” Bu shahar Xitoy yilnomalarida “Xodzo” nomi bilan ma’lum “deb takidlab o`tadi.
Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida yaqinidagi Dalvarzintepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari o`zining ilmiy ahamiyati jihatdan Xolchayon, Ayritom, Qoratepadan qolishmaydi.
Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Bu tadqiqotlar va o`rganishlar davomida topilgan ashyolar tariximiz naqadar boy ekanidan dalolat beradi. Tarixiy eksponatlar orasida ham moddiy, ham madaniy jihatdan qimmatlisi Dalvarzintepa xazinasidir.
1972-yil Dalvarzin shaharchasidan olib borilgan arxeologik qazilma ishlari mobaynida eramizning I asriga tegishli Dalvarzin tepasida tarixdagi eng yirik 36 kg ga yaqin oltin buyumlar qazilmasi topilgan. Dalvarzin xazinasi o`zining ilmiy ahamiyatiga ko`ra mashhur hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasidan qolishmaydi. Kushonlarning qimmatbaho buyumlari butun Markaziy Osiyo chegarasida ilk bor topilganligi bilan birga, arxeologik qatlamiga ko`ra juda nafisdir.
Mamlakatimizning boy o`tmishida so`zlovchi bu yodgorliklar joriy yilda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar, Dalvarzintepa dunyo aholisini maftun etadigan arxeologik turizm maskaniga aylantirishga xizmat qilmoqda.



Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish