Mavzu: Tuproqni tadqiq qilishda roentgen-spektroskopiya usullaridan foydalanish.
Reja
1.Tuproqning kimyoviy analizida qo'llaniladigan sifat va miqdoriy usullar.
2. Kimyoviy analizda qo'llaniladigan avtomatlashtirilgan, masofadan turib
kuzatishlar olib borish imkoniyatlari mavjud usullari to'g'risida tushuncha.
3. Tuproqni tadqiq qilishning zamonaviy usullari
Tuproqning kimyoviy analizida qo'llaniladigan usullar
Miqdoriy tahlil, uning tortma va hajmiy usullari. Tekshirilayotgan modda
tarkibidagi ayrim elementlar yoki ularning birikmalari miqdorini aniqlash maqsadida kimyoviy miqdoriy tahlil o'tkaziladi. Miqdoriy tahlilda ham odatda sifat tahlilidagi elementlar yoki ularning alohida kimyoviy birikmalarini aniqlashda qo'llanadigan reaktsiyalardan foydalaniladi. Miqdoriy tahlil o'z navbatida og'irlik, hajmiy va gaz tahlillariga bo'linadi. Agar element yoki birikmaning
miqdori kimyoviy reaktsiya mahsulotlarining massasi bo'yicha aniqlanadigan bo'lsa, bunda biz og'irlik (gravimetrik) tahlili bo'yicha ish ko'rgan bo'lamiz. Bordi-yu, miqdoriy tahlil reaktsiyada hosil bo'ladigan gaz yoki gazlar aralashmasidan biror reagent yutadigan gazning hajmini aniqlashga asoslangan bo'lsa, bu usul gaz tahlili deb yuritiladi.
I. Gravimetrik usulda - olingan natijani etalon yoki standart bilan solishtiris talaba
qilinmaydigan absolyut usul. Bu usulning kamchiligi ko'p miqdordagi
namunalar tahlilida jarayonning uzoq davom etishi hisoblanadi.Tortma (gravimetrik) tahlilning tortish usuli aniqlanadigan modda yoki birikmalarning
miqdori tarozilarda aniq tortish yo'li bilan topiladi. Aniqlanadiganqismning massasi quyidagicha topilishi mumkin
-tahlil qilinadigan material tarkibidagi boshqa barcha moddalar
chiqarib yuborilgandan keyin uni tarozida tortish;
-tahlil qilinayotgan modda tarkibidagi aniqlanadigan qism chiqarib yuborilgandan
keyin qolgan qoldiqni tortish;
-tekshiriladigan eritmadan o'zaro kimyoviy ta'sir natijasida hosil bo'ladigan cho'kma (element, ion)ning massasini tortish. Laboratoriyalarimizda ko'pincha moddalarni cho'ktirish yo'li bilananiqlanadi va bu jarayon bir necha bosqichdan iborat bo'ladi:
1. Aniqlanayotgan modda cho'kma holiga keltiriladi (cho'ktirish usuli).
2. Cho'kma eritmadan fil`trlash yoki sentrifugalash yo'li bilan ajratib olinadi.
3. Cho'kma sirtiga yutilgan aralashmalar yuvib tashlanadi.
4. Cho'kmadagi ortiqcha suvlarni chiqarib tashlash uchun past temperaturada quritish yoki yuqori temperaturada boshqa shaklga keltirishuchun qizdiriladi.
5. Hosil qilingan modda tortib olinadi va ko'rsatkichi hisoblab topiladi.
Gravimetrik usulda tuproqning quyidagi komponentlarini aniqlash mumkin : Si, Al, Fe, Mn, Ti, Ca, Mg, P, SO42-, CaCO3 po CO2, C po CO2, gigroskopik namlik. Nisbiy xatolik taxminan 10 – 1013 ni tashkil etadi. Tuproqlarningkimyoviy tahlilida tortma tahlilning barcha xillaridan foydalaniladi.
Hajmiy tahlil ma'lum kontsentratsiyali eritmaning aniqlanadigan
modda bilan kimyoviy reaktsiyasi vaqtida sarf bo'lgan hajmini o'lchashga asoslangan. Hajmiy tahlilda reaktiv bilan tekshiriladigan modda orasidagi o'zaro kimyoviy ta'sirning tamom bo'lish payti - ekvivalent nuqtani aniqlash muhimdir. Shuning uchun hajmiy miqdoriy tahlil yakunini aniq payqash mumkin bo'lgan (masalan, reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning rangi o'zgaradigan) qaytmas reaktsiyalardan yoki indikatorlardan foydalaniladi. Indikatorlar
sifatida tahlil qilinadigan eritmaga oldindan ozroq miqdorda qo'shiladigan va reaktsiya nihoyasida, ya'ni ekvivalent nuqta qaror topganda, rangi o'zgaradigan moddalar ishlatiladi.Hajmiy tahlilda titrlash usulidan keng foydalaniladi. Bundatitrlangan eritma aralashtirib turilgan holda tahlil qilinayotgan (indikator qo'shilgan) eritmaga byuretkadan avval oz-oz hajmda, so'ngra ekvivalent nuqta barqaror bo'lguncha tomchilatib qo'shib boriladi.Reaktsiya uchun sarf bo'lgan reaktiv miqdori (mg)
Do'stlaringiz bilan baham: |