Sho‘rlangan gruntlar. Sho‘rlangan gruntlar Qozog‘iston, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Ukraina va shimoliy dengiz bo‘yi hududlarida keng tarqalgan.
Sho‘rlangan gruntlarga ma’lum miqdorda oson va o‘rtacha oson eriydigan tuzlarga ega bo‘lgan yirik toshli, qumli va changsimon – loyli gruntlar kiradi.
Natriy, kaliy va magniyning xlorli, oksidlangan va karbonatli tuzlari (galit NaCl, soda NaCO3, mirabilit NaSO4 v b.) oson eriydigan tuzlar, kalsiy sulfati (gips) CaSO4 · 2H2O, angidrit CaSO4, kalsit CaCO3 va boshqalar – o‘rtacha oson eriydigan tuzlar hisoblanadi.
Sho‘rlangan gruntlar ustida qurilish qilishning asosiy xavfi siziluvchi suvlar bilan birga tuzlarning yuzaga chiqishi (kimyoviy suffoziya), grunt teksturasining buzilishi va buning natijasida notekis o‘ta cho‘kishlar rivojlanishi bilan bog‘liq. Siziluvchi suv yuviluvchi sho‘r eritmasiga aylanadi va metall bilan betonga nisbatan agressivlik kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |