Yirik toshli gruntlar tasnifi. Grunt tipining nomi u yoki bu yiriklikdagi zarralarning umumiy massasidagi nisbiy miqdori bo‘yicha aniqlanadi. Yirik toshli grunt to‘ldirgichida (2 mm dan katta zarrachalar olib tashlanganidan so‘ng qolgan zarralar orasida) qumli zarralar quruq grunt umumiy massasining 40% dan ortiqroq, changsimon yoki loyli zarralar – 30% dan ko‘proq bo‘lsa, yirik toshli grunt nomiga to‘ldirgich nomi qo‘shiladi (masalan, qumli, changsimon yoki loyli to‘ldirgichdan iborat shag‘alli grunt).
Namlik darajasiga qarab yirik zarrachali gruntlarning quyidagicha farqlanadi:
Kam namlangan gruntlar . . . . . . 0r≤0,5
Nam gruntlar . . . . . . . . . . . . 0,5r≤0,8
Suvga to‘yingan gruntlar . . . . . . 0,8r≤1,0
Do'stlaringiz bilan baham: |