Gomogen va geterogen kataliz nazariyalari


Katalizning multiplet nazariyasi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana24.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#698137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
321270 (1)

Katalizning multiplet nazariyasi
. Birinchi bor Zelinskiy tomonidan aytilgan 
va Balandin tomonidan rivojlantirilgan qarashlarga binoan, faol markaz bo„lib 
kristall panjara tugunlariga joylashgan katalizator sirt qavatidagi bir nechta qo„shni 
atomlar xizmat qiladi. Ushbu atomlarning to„plami multiplet deyiladi. 
Ta‟sirlashayotgan moddalarning molekulalari bitta atomda emas, balki birdaniga 
multiplet tarkibiga kiruvchi bir nechta atomda adsorbilanadi. Bunda 
ta‟sirlashayotgan moddalar molekulalaridagi valent bog„lar deformasiyalanadi va 
ta‟sirlashayotgan sirt bilan kimyoviy sorbilangan multiplet kompleks hosil bo„ladi. 
Uning parchalanishi reaksiya mahsulotlari hosil bo„lishiga olib keladi. 
Multiplet adsorbilanish faqat katalizator kristall panjarasining qo„shni 
atomlari orasidagi masofa ta‟sirlashayotgan moddalar moleku-lasining uzunligiga 
mos kelgandagina hosil bo„lishi mumkin (geometrik mos kelish prinsipi). Faqat shu 
holdagina molekula multipletdagi ikkita qo„shni atomlarga kimyoviy sorbilanishi va 
natijada undagi kimyoviy bog„ning deformasiyalanishiga olib kelishi mumkin. Agar 
katalitik jarayonda murak-kab molekula qatnashsa, multipletda uning kimyoviy 
bog„larni tutgan (reaksiya natijasida uzilib va yangidan hosil bo„lib turgan) bir 
qismigina adsorbilanishi kerak. Molekulaning indeks guruhi deyiladigan ushbu 
qismi multipletdagi atomlarning shakliga va ular orasidagi masofaga geometrik 
jihatdan mos kelishi kerak. 
Multipletning strukturasiga bog„liq ravishda bitta molekulaning o„zi turlicha 
adsorbilanishi mumkin va shuning uchun reaksiya turli mahsulotlar hosil bo„lishi 
bilan boradi. Masalan, katalizatorga bog„liq ravishda spirtlar degidratlanishi 
mumkin. Multiplet nazariyaga binoan katalizatorning selektiv ta‟sirlanishi shu bilan 
tushuntiriladi. 


Katalitik reaksiya amalga oshishi uchun geometrik mos kelishdan tashqari
hosil bo„layotgan multiplet kompleksning ma‟lum mustahkamligi ham zarur. 
Multiplet nazariya organik birikmalar orasidagi ko„pgina reaksiyalarda o„zini 
oqlaydi. Ammo ushbu nazariya barcha hollar uchun umumiy emas, xususan, uni 
oksidlanish katalizi jarayonlariga qo„llab bo„lmaydi. 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish