GOMOGEN VA GETEROGEN KATALIZ NAZARIYALARI
seminarning maqsadi: Kataliz va katalizatorlarlar
to„g„risida umumiy tushunchalarni hamda katalitik
reaksiyalarning mehanizmlarini o„zlashtirish
NAZARIY QISM
“Kataliz” atamasi fanga 1836 yilda Berselius tomonidan kiritilgan. Turli
moddalar ta‟sirida reaksiya tezligini oshirishni kataliz deb atashdi. Katalitik
reaksiyalar tabiatda juda keng tarqalgan bo„lib, kimyoviy texnologiyada
va hayotda
katta ahamiyatga ega. Buning isboti sifatida tirik organizmlarda boruvchi barcha
biokimyoviy jarayonlarning tezligi alohida biologik katalizatorlar – fermentlar bilan
boshqarilishini misol qilishimiz mumkin. Ko„p kimyoviy ishlab chiqarishlarda ham
katalitik jarayonlardan foydalaniladi. Avval oddiy deb hisoblangan ko„pgina
reaksiyalar aslida ta‟sirlashayotgan moddalarning tarkibida bo„lgan katali-
zatorlarning kam miqdori bilan tezlashtiriladi. Ko„p hollarda kimyoviy reaksiyalar
reaksion aralashmaning tarkibida juda kam miqdorda bo„lgan
suv bilan
tezlashtirilishi aniqlangan. Ayrim hollarda reaksiya olib borilayotgan idishning o„zi
katalizator vazifasini bajarishi mumkin. Katalitik jarayonlar qator o„ziga xos
xususiyatlarga ega. Ulardan biri katalizator miqdori bilan substrat orasida
stexiometrik nisbatlarning mavjud emasligi. Jarayon davomida katalizator
sarflanmaydi va kimyoviy jihatdan o„zgarmaydi.
Lekin amalda turli yonaki
jarayonlarning borishi tufayli katalizator, albatta, sarflanadi.
Katalizator qator reaksiyalarning muvozanat konstantasiga ta‟sir qilmasligini
termodinamik nuqtai nazardan ko„rsatish mumkin. Katalizator yangi reaksiyalarni
keltirib chiqarmaydi, u faqat termodinamik jihatdan ruxsat etilgan reaksiyalarning
tezligini oshiradi va sistemaning muvozanat holatiga yetish uchun talab qilingan
vaqtni kamaytiradi. Katalizator ishtirokida reaksiyaning
tezlik konstantasi ortadi,
muvozanat konstantasi esa, o„zgarmaydi. Demak katalizator to„g„ri va teskari
reaksiyalarni bir xil tezlashtiradi.
Katalizatorlarning yana bir o„ziga xosligi ularning
tanlovchanligi bilan
bog„liq. Universal katalizatorlar mavjud emas, har bir reaksiya uchun o„zining
maxsus katalizatori talab qilinadi. Kataliz to„g„risidagi ta‟limotning asoschilaridan
biri Ostvald aytganidek, katalizator ta‟sirlashayotgan moddalarga xuddi kalit qulfga
tushgandek mos kelishi kerak. Hozirgi vaqtgacha u yoki bu jarayonda qanday
moddani samarali katalizator sifatida ishlatish mumkinligini
avvaldan aytish
mumkin emas. Bu masala hozir ham empirik ravishda yechiladi va ma‟lum bir
reaksiya uchun optimal bo„lgan katalizatorni tanlash ko„p vaqtni talab qiladi.
Masalan, ammiakni sintezi uchun katalizator qidirilganda 20 mingdan ko„proq
moddalar sinab ko„rilgan va katalizator sifatida tanlangan temir eng samarali
ekanligini hozir ham ta‟kidlab bo„lmaydi. Aksincha, texnikada qo„llanilayotgan
katalizatorlar mukammallikdan juda uzoqdir. Sintetik
katalizatorlar bilan
fermentlarning katalitik xossalarini solishti-rishning o„zigina shunday xulosaga olib
keladi, chunki fermentlarning xossalari tabiatning uzoq vaqt evolyusiyasi jarayonida
mukammalashgani uchun, ularning katalitik faolligi mineral katalizatorlarning
faolligidan o„n ming martagacha ortiqdir.
Sun‟iy tayyorlangan katalizatorlarning faolligi yetarli darajada bo„lmaganligi
sababli, ko„p reaksiyalarni yuqori haroratlarda olib borishga to„g„ri keladi, bu esa
texnologik jarayonlarni qiyinlashtiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi.
Termodinamik hisoblarning ko„rsatishicha, elementlardan ammiakni sintez qilish
xona haroratida borishi mumkin. Ammo ushbu reaksiyani quyi haroratlarda yetarli
darajada tezlashtiruvchi katalizator hozirgacha topilmagan.
Shu sababli ammiak