oraliq
birikmalar
nazariyasining
asosida
yotadi.
Avvaliga
katalizator
ta‟sirlashyotgan moddalarning biri bilan fazaviy oraliq birikma hosil qiladi, u esa
keyinchalik boshqa moddalar bilan ta‟sirlashadi va bunda katalizator kimyoviy
o„zgarmagan holda ajralib chiqadi, deb taxmin qilingan.
Keyinroq geterogen
katalizda fazaviy birikmalar emas, balki o„zgaruvchan tarkibli sirt birikmalari hosil
bo„lishi haqidagi taxminlar rivojlantirildi.
Oraliq birikmalar nazariyasidan kelib chiqadigan ayrim xulosalar ko„p marta
tajribada tasdiqlangan. Ushbu nazariya katalitik jarayonlarning tajriba natijalari
bilan mos keladigan kinetik tenglamalarini asoslab beradi. Moddalarning turli
reaksiyalardagi katalitik xossalarini oldindan aytib berish imkoniyati borligi oraliq
birikmalar nazariyasining amaliy jixatdan juda muhim tomonidir. Ushbu nazariya
asosida qanday moddalar orasida ma‟lum jarayon uchun faol bo„lgan katalizatorlarni
qidirish kerak ekanligini aytib berish mumkin. Masalan,
kislorod bilan beqaror
birikmalar hosil qila oladigan, ya‟ni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnasha
oladigan moddalar oksidlanish reaksiyalarida faol katalizator bo„lishi kerakligi
ko„rinib turibdi. Bunday talablarga o„zgaruvchan valentli metall oksidlari javob
beradi va ular oksidlanish jarayonlarida katalizator sifatida keng qo„llaniladi.
Gidratlash reaksiyalarining katalizatorlarini beqaror gidritlar hosil qilishga qodir
bo„lgan moddalar orasidan qidirish zarur (nikel, palladiy kabi metallarga o„xshash).
Ammiak sintezi reaksiyasida azotning reaksion qobiliyati eng kam bo„lganligi
sababli, ma‟lum barqarorlikka ega bo„lgan nitridlarni
hosil qiluvchi moddalar
katalizatorlik vazifasini bajaradi. Shunday qilib, oraliq birikmalar nazariyasi
ammiak sintezining katalizatorlarini metallar orasidan qidirish kerakligini ko„rsatib
beradi. Lekin magniy va kalsiy kabi metallarni katalizator sifatida qo„llab
bo„lmaydi, chunki ular juda ham barqaror nitridlarni hosil qiladi.
Qalay va vismut kabi metallar ham katalizator sifatida yaramaydi, chunki ular
nitridlar hosil qilmaydi (past haroratlarda). Xuddi shunday,
oraliq birikmalar
nazariyasidan foydalanib, xlorlash jarayonlarining kataliztorlari bo„lib ayrim
metallarning xloridlari (
AlCl
3
, FeCl
3
va boshqalar) xizmat qilishi mumkin.
Lekin oraliq birikmalar nazariyasi ko„pgina tajribaviy dalillarni tushuntira
olmadi. Qator ishlarda umumiy katalitik jarayon
taxmin qilinayotgan oraliq
mahsulot hosil bo„lish tezligidan ancha tezroq borishi ko„rsatilgan. Oraliq
birikmalar nazariyasi katalizator faolligi uning olinish usuliga bog„liq ekanligini,
begona aralashmalar mavjudligining ta‟sirini va boshqa ko„pgina dalillarni
tushuntira olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: