1. Buxgaletriya hisobining qanday uslublari mavjud?
1.Xujjatlashtirish
2.Inventarizatsiyalashtirish
3.Baxolash
4.Kalkulyatsiyalash
5.Buxgalteriya xisobi schyotlari
6.Ikki yoqlama yozuv
7.Buxgalteriya balansi
8.Xisobot
2. Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
uzluksizlik;
xo'jalik muomalalari, aktivlar va passivlami pulda baholash;
aniqlik;
hisoblash;
oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
mazmunning shakldan ustunligi;
ko'rsatkichlaming qiyoslanuvchanligi;
moliyaviy hisobotning betarafligi;
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
- aktivlar va majburiyatlaming haqiqiy baholanishi.
3. Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat?
Reja
Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘llarini izlash.
Nazorat
Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda mo‘ljallanganini kuzatish, ya’ni xatti-harakatlar mo‘ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.
Axborot
Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashni bildiradi. Bu funksiya qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona
4. Buxgalteriya hisobining qanday obyektlari mavjud?
“Korxonalarning xo‘jalik materiallari va pul mablag‘lari; xo‘jalik mablag‘larini kelar manbalari; xo‘jalik jarayonlari; korxonalarning xo‘jalik-huquqiy aloqalari; xo‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir.
5. Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat?
Aktiv
Passiv
6. Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy ma’lumot manbalari.
Korxona faoliyatidagi hisob kitoblar
7. Buxgalteriya balansining aktiv qismida nimalar aks ettiriladi?
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir.
8. Buxgalteriya balansining passiv qismida nimalar aks ettiriladi?
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
9. Balans turlariga ta’rif bering.
Aktiv:
Uzoq muddatli
Joriy muddat
Passiv:
O’z mablag’lari hisobidan, xususiy kapital
Majburiyatlar
10. Jarayonlar natijasida balansdagi o‘zgarishlar qanday aks ettiriladi?
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi.
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o’zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
To’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |